|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Anvarova Iroda Anvarovna (3)O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
23-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.10.2023
o‘lchamlari, iste’mol elektr quvvati, narxi, tayyorlash va montaj qilishga sarflanadigan
vaqt aniq belgilangan konlardagi gazning parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Metan-etan aralashmasidan qayta ishlash jarayonida gaz turbinali elektr
stansiyalarida yoqilg‘i sifatida foydalanish orqali elektr energiyasi va issiqlik
energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bunday elektr stansiyasini qurishdan oldin
elektr energiyani amalda mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘iga uzatishni mumkin bo‘lgan
imkoniyati ко‘rib chiqiladi yoki konni ishlatish ehtiyoji uchun foydalaniladi. Gaz
turbinali elektr stansiyasining quvvatini taqriban yoqilg‘i gazining sarfidan kelib chiqib
aniqlanadi. Bundan tashqari yo‘ldosh neft gazlari qaytadan qatlamga haydaladi,
qatlamdan neftni qazib olish ko‘rsatgichini oshiradi. Ko‘kdumaloq konida saykling
jarayonida qatlamga qaytadan bir yilda 3946,326 mln.m
3
haydalsa, bu qiymat 2013
yilgacha 86493,074 mln. m
3
ni tashkil qilgan.
Yo‘ldosh neft gazni utilizatsiya qilish bo‘yicha qurilma maxsus loyiha asosida
kichik yoki yirik yo‘ldosh neft gazini qayta ishlash hajmidan va yo‘ldosh neft gazini
loyihasining iqtisodiy ko‘rsatgichlari qayta ishlangan mahsulotlarni sotish sxemasidan
kelib chiqib aniqlanadi. Shakarbuloq konida gaz porshenli qurilmaning bittasidan
foydalanilganda yoqilg‘i gazining nominal sarfini ko‘rsatgichi 3066 ming. m /yil-ni
tashkil qilgan. Tayyorlab beruvchi zavodning ma’lumotiga muvofiq solishtirma
chiqindilar, azot oksidi - 5,5 g/m , uglerod oksidi - 3,3 g/m ni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mash’ala chiqindi gazlarni tozalash bo‘yicha toza
rivojlanish mexanizmi (TRM) dasturining
loyihasi amalga oshirilganda keyin Shakarbuloq konidan qo‘shimcha chiqadigan
tabiiy gazlarni yonish mahsulotlarining turi quyidagicha: azot oksidi (NO), karbon
oksidi (CO), oltingugurt ikki oksidi (S0
2
).
|
| |