O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 24- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.07.2024
Hajmi0,84 Mb.
#266987
1   2   3   4
Bog'liq
Begulov O.U

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
24-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.11.2023
va ularning elektron variantlaridan, shuningdek ma’lumot olishning internet tizimidan 
foydalaniladi. Aynan ushbu fanni o‘rganishda mashg‘ulotlarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, fan mazmuniga tegishli 
o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish. “Algoritmlarni loyihalash” fanini yaxshi 
o‘zlashtirish uchun uni bayon etish chog‘ida turli pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish ko‘zda tutiladi. Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va 
mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini va uy vazifalarini bajarish 
chog‘ida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga 
e’tibor beriladi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonlarini 
tashkillashtirish professor-o`qituvchilarning vazifalardan biridir. Dars jarayoniga 
pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali talabalarning fanga doir mavzularni 
o`zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi. 
Hozirgi kunda turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar mavjud bo’lib, ular ta’lim 
jarayonlarida turli maqsadlarda qo’llanib kelinmoqda. Shulardan pedagogik 
texnologiyalarda keng foydalanilayotgan usullaridan biri klaster usulidir. 
Ushbu metod o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini 
kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. 
Biron-bir mavzuni chuqur o’rganishdan oldin o’quvchilarning fikrlash faoliyatini 
jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga 
biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan 
pedagogik strategiyadir [3-4]. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan 
tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. 
«Klaster» so’zi g’ujm, bog’lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, 
anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash 
mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga olib borish strategiyasi 
bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. 
Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan 
oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh 
uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. 
Axborot–kommunikatsiya texnologiyalari sohasini jadal sur’atlar bilan 
rivojlantirish ta’lim jarayonlarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ta’lim 
jarayonlarini sifatli tashkil etishda muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Dars 
jarayonida fan mavzusini o’tish uchun turli dasturiy vositalar orqali tayyorlash muhim. 
Klaster usuliga o`xshash usullardan biri Xminddir. Bu dasturdan foydalanilganda 
mavzuga doir asosiy tushunchalar turli diagrammalarga joylashtiriladi. Bu dasturni 
qo`llash orqali juda qiyin mavzularni ham oz kuch va oz vaqt sarflab tushuntirish 
mumkin bo`ladi. Dastur juda oddiy hamda foydalanish uchun qulay. Bu dasturdan 
foydalanilganda murakkab mavzularni ham ko`rgazmali tarzda namoyish qiliganligi 
sababli talabalar mavzuga doir tushunchalarni va zarur ma’lumotlarni mantiqiy yoki 



Download 0,84 Mb.
1   2   3   4




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 24- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish