• Kalit so`zlar
  • Ключевые слова
  • O’zbekistonda inklyuziv ta’lim islohotlari va ularning ahamiyati mamatova Aziza B’riboyevna




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana05.04.2024
    Hajmi0.94 Mb.
    #188334
      1   2
    Bog'liq
    o zbekistonda inklyuziv ta lim islohotlari va ularning ahamiyati
    gidravlik-ekskavatorlarni-rivojlanishini-tahlil-qilish, inklyuziv-ta-limning-tashkil-etilishi-va-uning-istiqbollari, Islomov Umidjonga Dasturlash2dan 2-amaliy mashg\'ulot


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    664 
    O’ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING 
    AHAMIYATI 
    Mamatova Aziza B’riboyevna 
    Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti Logopediya 
    kafedrasi o’qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7378156
    Annotatsiya. Maqolada yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, 
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
    konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.
    Kalit so`zlar: ta’lim, ta’lim shakllari, inklyuziv ta’lim, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy 
    siyosat.
    РЕФОРМЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И ИХ 
    ЗНАЧЕНИЕ 
    Аннотация. В статье анализируются реформы в системе образования нашей 
    страны и их значение, вопросы развития инклюзивного образования, педагогическая 
    сущность концепции развития инклюзивного образования в системе народного 
    образования. 
    Ключевые слова: образование, формы обучения, инклюзивное образование, 
    педагогический анализ, методика, социальная политика. 
    REFORMS OF INCLUSIVE EDUCATION IN UZBEKISTAN AND THEIR 
    SIGNIFICANCE 
    Abstract. The article analyzes the reforms in the education system of the country and 
    their importance, issues of raising inclusive education, the pedagogical significance of the 
    concept of development of inclusive education in the public education system.
    Keywords: education, forms of education, inclusive education, pedagogical analysis, 
    method, social policy.
    Hech о‘ylab kо‘rganmisiz, biz har kuni yurgan yо‘llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz 
    har kuni kо‘rgan gо‘zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, kо‘ra olmaydi, 
    chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning kо‘zlari ojiz, quloqlari 
    eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomomlama sog‘lom bо‘lib voyaga yetishi, hamma qatori 
    jamiki gо‘zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta’sirid u bundan 
    bebahra qolgan.
    Turli xildagi sabablarga kо‘ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bо‘lib qolgan bolalarni 
    jamiyatdan alohida etiborsiz holda tashlab qо‘yib bо‘lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli 
    imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korrksion 
    yordamga muhtoj.
    Nogiron bolalar bilan korreksion ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish, 
    ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, о‘z-о‘ziga xizmat qila oladigan 
    va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng 
    dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta’biri bilan 
    aytganda “Har qanday halqning ma’naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bо‘lgan 
    e’tibori bilan ham belgilanadi” [1] 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    665 
    Shuning uchun ham bu vazifalarni tо‘laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj 
    bо‘lgan bolalarni huquqlarini qо‘llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqiyosida 
    “Inklyuziv ta’lim” siyosat darajasiga kо‘tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning 
    1989 yilgi “Bolalar huquqlari tо‘g‘risida Konvensiya”si, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka 
    bayonoti va Ish rejasi (1994yil) kabilarda о‘z aksini topgan. Biroq juda kо‘p hollara maxsus 
    yordamga muhtoj bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga asosiy sababalar birinchi 
    navbatda ota-onalarning farzandiga bо‘lgan e’tiborining sustligi bо‘lsa, keyingi galda bu bolani 
    о‘qitish uchun ta’lim muassasalarining о‘sha hududda yо‘qligi yoki juda uzoqda 
    joylashganligidir. Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola uchun juda ayanchli holdir. 
    Chunki bu bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma’lumki 
    bola ta’lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi 
    yanada og‘irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning о‘z о‘ziga xizmat qilish 
    malakalri shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi qiyinlashadi. Bir sо‘z bilan aytganda 
    u “nogiron” bо‘lib qolaveradi. О‘z navbatida jamiyatda nogironlarning kо‘payishi shu jamiyat 
    taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga 
    muhtoj bо‘lagan bolalarning haq-huquqlarini tо‘laligicha ta’minlash maqsadida ham inklyuziv 
    ta’limni joriy etish masalalari keng tus olmoqda.
    Inklyuziv ta’limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda 
    orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bо‘lgan bolalardan “nogiron” degan 
    tamg‘ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlililikni ta’minlash, 
    jamiyatga tо‘laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini 
    ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari tizimida о‘qitishdan iborat. 
    Bu maqsadlarni amalga oshirish О‘zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat 
    darajasiga kо‘tarildi. Natijada inklyuziv ta’limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, 
    rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta’lim tajribalari о‘rganib chiqildi va ularga 
    asoslangan holda yangi tahrirdagi “Ta’lim tо‘risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Inklyuzi ta’lim” 
    deb nomlanib, “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
    xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga 
    bо‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan”ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi. [2] 
    Inklyuziv ta’lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor 
    vazifasi sifatida qaralib, PQ-4860-sonli “Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim-
    tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 
    Vazirar mahkamisining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid 
    normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 638-sonli qarorida о‘z aksini topdi.
    Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta’limning barcha jihatlari, joriy etish yо‘llari, 
    maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohatlar “Umimiy o’rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv 
    ta’limni tashkil etish tartibi to’grisida”gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida 
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida 
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha 
    “YO‘L XARITASI”DA belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida kо‘zga kо‘rinarli ishlar 
    amalga oshirilmoqda.
    Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar 
    kutilmoqda: 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    666 
    - alohida ta‟lim ehtiyojlari bo’lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga 
    integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
    -alohida 
    ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi 
    mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
    -davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish 
    mexanizmlari yaratiladi;
    -inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek 
    o’quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga 
    erishiladi. [4] 
    Konsepsiya amaliy natijalariga muvofiq Respublika miqyosida o’tgan 2021-2022 va joriy 
    2022-2023 o‘quv yilidan 130 dan ortiq umumiy o’rta ta’lim maktablarida inklyuziv va 
    boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etildi. 
    Inklyuziv ta’limning amaliy natijalarini o’rganish masadida Toshken shahar Uchtepa 
    tumani 109-sonli, Chilonzor tumani 163-sonli, Sergeli tumani 55-sonli, Olmazor tumani 134-
    sonli, 
    Samarqand 
    viloyati 
    Samarqand 
    shahar 
    81-sonli, 
    Yunusobod 
    tumani 
    70-sonli, 
    Shayxontoxur tumani 324-sonli, 
    Yakkasaroy tumani 135-sonli, 
    Samarqand viloyati Samarqand 
    shahar 
    81-sonli 
    davlat 
    umumta’lim 
    maktablaridagi 
    inklyuziv ta’limning joriy etilish 
    holati o‘rganildi. Sergeli tumani 
    55-umumiy 
    o‘rta 
    ta’lim 
    maktabiga Sergeli tumani XTB 
    buyrug‘i asosida 6 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limga jalb etilgan. Ushbu 
    ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha barcha meyoriy hujjatlar yuritilgan. O‘qituvchiar bilan olib 
    borilgan suhbat va savolnomalar asosida inklyuziv sinflar o‘qituvchilari uchun o‘quv tarbiya 
    jarayonini tashkil etish bo‘yicha metodik ta’minot zarurligi, bu borada o‘qituvchilar malakasini 
    oshirishga juda katta zaruriyat mavjudligi, dars jarayonini kuzatish asnosida inklyuziv sinflarda 
    o‘quvchilar sonini kamaytirishga katta ehtiyoj borligi aniqlandi.
    Bayon etilgan qiyinchiliklar bilan bir qatorda 55-UO‘TMda inklyuziv talimni joriy 
    etishda ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga ham erishilgan. 1-“a” sinf o‘quvchisi koxlear implant 
    Uralov Azizbek Oybek o‘g‘li umumta’lim dasturi talablarini yaxshi o‘zlashtirmoqda. Boshqalar 
    bilan bemalol og‘zaki muloqotga kirishadi.
    Uchtepa tumani 109-UO‘TMga tuman XTBning qarori bilan 2 nafar koxlear implant o‘quvchilar 
    2021-2022 o’quv yilida 1-sinfga qabul qilingan bo‘lib o’quv-tarbiya jarayonida yutuqlar 
    talaygina.
    Chilonzor tumani 163-UO‘TMning 1-sinfida tajriba-sinov tariqasida imkoniyati 
    cheklangan 2 nafar o‘quvchi inklyuziv ta’limga jalb etilgan. Olmazor tumani 134-UO‘TMning 
    1-sinfi tuman XTBning buyrug‘iga ko‘ra 8 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar imklyuziv 
    ta’limga jalb etilgan bo‘lib, 2 nafar koxlear implant o‘quvchilar Mustafoyev Sirojiddin 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    667 
    Chorshanbi o‘g‘li, Fayzullayev Foziljon Sirojiddin o‘g‘li maktab dasturini yaxshi 
    o‘zlashtirmoqda. Sog‘lom tengdoshlari bilan og‘zaki muloqotga kirishadi. Yunsobod tumani 70- 
    sonli umumiy o’rta ta’lim maktatabining 1-sinfiga ham uch nafar Abdusattorova Xolida Sanjar 
    qizi, Hamidova Sabina Xurshidovna, Abdumajidova Dinara Dilmurod qizi kabi alohida ehtiyojli
    o’quvchi qabul qilingan bo’lib uzoq yillik tajribaga ega maktab direktori Qodirova Barno 
    Mirvaliyevnaning alohida yordami va alohida ehtiyojli bolalarga nisbatan g’amxo’rligi sinf 
    o’qituvchilarining mahorat va tajribasi sababli inklyuziv o’quv- tarbiya jarayonida ko’zga 
    ko’rinarli yutuqlagrga erishilga. Masalan, 1-a inklyuziv sinf o’quvchisi koxlear implant 
    Abdusattorova Xolida Sanjar qizining nutqi birmuncha yaxshi rivojlangan bo’lib, boshqalar bilan 
    og’zaki muloqotga kirisholadi, o’quv dasturini yaxshi o’zlashtirmoqda.
    Shayxontoxur tumani 324-umumiy o’rta ta’lim maktabi inklyuziv talimni tashkil etish 
    bo’yicha boy tajribaga ega bo’lib hozirda 20 nafar alohida ehtiyojli o’quvchi mavjud. Ulardan 6 
    nafari boshlang’ich sinflarda 14 nafari yuqori sinflarda ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Inklyuziv 
    sinflarda o’quv tarbiya jarayoni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan. Ammo ushbu 
    inklyuziv maktablar o’qituvchilari uchun ham metodik qo’llanmalarning yetishmasligi asosiy 
    mummo ekanligi aniqlandi.


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    668 
    Yakkasaroy tumani 135-davlat umumiy o’rta ta’lim maktabida ham inklyuziv talim holati 
    o’rganildi. Ushbu maktabning 1-sinfiga ikki nafar alohida ehtiyojli bola 2022 yilning sentyabr 
    oyidan komissiya xulosasiga ko’ra kiritilgan bo’lib ular Rudenko |Aleksandr Nikalayevich va 
    Umarov Umarbek Bobirovichlardir.
    Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 81-sonli davlat umumiy ta’lim maktabida ham 
    eksperemental o’rganish ishlari olib borildi. Ushbu maktabning birinchi sinflariga 2022 yilning 
    sentyabr oyida komissiya xulosasiga muvofiq 5 nafar imkoniyati cheklangan o’quvchilar 1-
    sinfga qabul qilingan bo’lib ular koxlear implant Valyayev Emi, RRS tashxisi qo’yilgan 
    Akbarova Anisa, Dauletbayev Abdulaziz, Narzullayev Firdavs, Askarov Otabeklardir.
    1-Z sinf o’qituvchisi Dexkanova Muxayyo Muzaffarovnaning inklyuziv ta’lim ish 
    tajribasi va o’quv jarayoni o’rganilganda bu borada o’qituvchi tomonidan quyiagi
    muvaffaqiyatlarga erishilganligi aniqlandi:
    -Dexkanova Muxayyo Muzaffarovna tomonidan barcha o’quv dasturlari alohida ehtiyojli 
    bolalar 
    uchun 
    moslashtirilib 
    qaytadan tuzilgan; 
    -alohida 
    ehtiyojli bolalarning 
    har 
    biri 
    uchun 
    individual 
    rejalar 
    tuzilgan;
    -har chorakda 
    inklyuziv ta’limdagi 
    alohida 
    ehtiyojli 
    bolalar 
    ozlashtirish 
    ko’rsatgichlari 
    monitoring qilib borilmoqda; 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    669 
    -darsdan keyin va bo’sh vaqtlarda alohida ehtiyojli o’quvchilar uchun individual ish 
    grafigi tuzilgan;
    -alohida ehtiyojli uquvchilar sinfda alohida qadr-qimmat va mavqeyga ega.
    -o’quvchilarning dastur talablarini o’zlashtirishlari yuqori darajada;
    -alohida ehtiyojli o’quvchilarning muloqot ko’nikmalari shakllangan.
    -sinf o’quvchilari o’rtasida do’stona munosabat yaratilgan.
    Respespublikamizda inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda Xalq ta’limi vazirligi va 
    uning huzuridagi Respublika tashxis inklyuziv ta'lim laboratoriyasi xodimlari Sulton Mo’minov, 
    Shoista Axmedova, Gulmira Alimovalar ham munosib jonbozlik ko’rsatmoqdalar.
    Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda inklyuziv ta’limni joriy qilishda kо‘plab muammolar 
    va tо‘siqlar talaygina. Muammolarni va tо‘siqlarni hal etish zaruriyatdir. Chunki jamiyatimizda 
    yashayotgan har bir maxsus yordamga muhtoj bola bizning ham farzandimiz. Alohida ehtiyojli 
    bolalarga “Ular kimning farzandi?” deya savol berish о‘rinsizdir. Zero, ularning kamoloti 
    bizning ham kamolotimiz, ularning fojeasi bizning ham fojeamizdir.

    Download 0.94 Mb.
      1   2




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda inklyuziv ta’lim islohotlari va ularning ahamiyati mamatova Aziza B’riboyevna

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish