|
Karantin rejimi vaqtida aholi uchun ham telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha qanday qulayliklar yaratilmoqda?
|
bet | 2/4 | Sana | 03.02.2021 | Hajmi | 20,21 Kb. | | #13088 |
2. Karantin rejimi vaqtida aholi uchun ham telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha qanday qulayliklar yaratilmoqda?
Aytish mumkinki, mamlakatimizdagi jami 5 ta mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda 30 dan ortiq simli tarmoqlar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar bugungi kunda mobil operatorlar, internet provayderlari tomonidan aholi uchun ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda.
“O‘zbektelekom” AK o‘zining korporativ mijozlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga oid so‘rovlarni ko‘rib chiqishning onlayn mexanizmini joriy etdi. Endilikda korxona va tashkilotlar Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza yuborishi mumkin. Arizalar avtomatik ravishda qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Raqamli iqtisodiyotning biznes jarayonlari elektron hujjat aylanishidan yuqori darajada foydalanish va buyurtmachilar bilan ishlash uchun onlayn tartibni qo‘llashni nazarda tutadi.
Shuningdek, hisob-kitob muddati kelgan, lekin hisobni to‘ldirish imkoni bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun “Va’da qilingan to‘lov” xizmati joriy etildi. Endilikda, abonent xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish niyatida ekanligini onlayn tarzda ma’lum qilsa, ammo uning hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa billing tizimi xizmatni o‘chirib qo‘ymaydi. Eng asosiysi mazkur xizmat butunlay bepul taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslar karantin vaqtida uy sharoitida o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun qonuniy, qiziqarli va boy mazmunli kontentga ega ivi onlayn kinoteatri xizmatlaridan bepul foydalanish imkonini beruvchi aksiyani joriy etdi.
Jismoniy shaxslar uchun Respublika bo‘ylab ilk marotaba paketli tarif rejalari seriyasi ishga tushirildi. Bunda abonentlar yuqori tezlikdagi Internet hamda telefon aloqasi xizmatlariga bir shartnoma doirasida ulanishlari va bitta hisob raqami orqali hamda arzon narxlarda 2 telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, xizmatlarni boshqarish va onlayn to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan Kompaniya mobil ilovasidan foydalangan mobil aloqa abonentlari uchun qo‘shimcha bonus megabaytlar taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu megabaytlar mobil aloqa abonentlari uchun karantin sharoitida o‘z vaqtlarini yanada maroqli o‘tkazish imkonini beradi.
Mobiuz mobil operatori ham o‘z abonentlar uchun qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratmoqda.
Hususan, 21-31 iyul kunlari abonentlar 2000 MB va 3000 MB maxsus internet-to‘plamlarini odatiy narxidan ikki baravar arzon ulashlari mumkin. Bu tardagi aksiya har oyda o‘tkazilib kelinayotgani e’tiborga loyiq.
Joriy yil 6-avgustgacha esa xohlagan hajmdagi oylik internet-to‘plamlarni faollashtirgan abonentlarga qo‘shimcha ravishda 25% ga ko‘proq trafik bepul taqdim etilmoqda.
Internetdan faol foydalanadiganlar uchun maxsus «Gap Yo‘q» tarif rejasi ishga tushirildi. U bo‘yicha oyiga 35 ming so‘mga abonentlar 8 000 MBga ega bo‘lishmoqda.
Mobiuzning yana bir aksiyasi ko‘p qo‘ng‘iroq qiladigan va SMS-xabarlardan faol foydalanadigan abonentlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 20-sentyabrgacha daqiqalar to‘plamni faollashtirgan abonentlar huddi shunday SMS-to‘plamga bepul ega bo‘lishadi.
3. Bugungi kunda nega ham joyda internet tezligi bir xilda emas, ayniqsa mobil aloqa internet xizmatlarlarida xizmatlar talab darajasida emas.! Karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga qancha mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatildi?
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, karantin vaqtida ham vazirilk tomonidan kuplab ishlar amalga oshirildi.
2020 yil - «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili»ning birinchi yarmida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi o‘rnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 va keng polosali mobil internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.
Eng muhimi, mobil aloqa tarmoqlari qurilmalari respublika miqyosida o‘rnatilmoqda. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryoda 138 ta, Samarqandda 157 ta, Namanganda 128 ta, Toshkent viloyatida 134 ta, Farg‘onada 171 ta, Toshkent shahrida 164 ta, Xorazmda 64 ta, Sirdaryoda 31 ta, Surxondaryoda 76 ta, Navoiyda 34 ta, Jizzaxda 70 ta, Buxoroda 61 ta, Andijonda 117 ta, Qoraqalpog‘istonda 34 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi. Yangi tayanch baza stansiyalarini o‘rnatish ishlari tizimli olib borilmoqda.
Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, respublikada AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan bir vaqtda ikkita mahalliy mobil operatorlar — UZMOBILE va UCELL 5G texnologiyani test sinovidan o‘tkazishni boshlagani shundan dalolat beradi.
4. Pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro pochta jo‘natmalarini tashish uchun havo transportida yuborish va qabul qilish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tsangiz?
Xabaringiz bor, Yurtimizda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqti 16 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi. Shu vaqtlarda pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilgandi.Ushbu kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilgan edi.
Shuni aytishimiz mumkinki hozirgi vaqtda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga yetkazib bermoqda.
Xalqaro pochta jo‘natmalari yuk tashuvchi havo transportida yuborilishi munosabati bilan, yangi “Extra” tarifi asosida qabul qilinmoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.
5. Karantin rejimi joriy yilning 15 avgustigacha uzaytirildi.“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati to‘xtatilmaydimi?
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati epidemiya holatidan kelib chiqqan holda hamda bugungi kunda global muammoga aylangan “Koronavirus COVID-19 pandemiyasi” infeksiyasini jazoni ijro etish muassasalariga kirib kelishini oldini olish maksadida har bir hududdagi jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qabul qilgan qarorlariga asosan pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.
Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan pochta jo‘natmalarini qabul qilayotganligi yoki qabul qilmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha pochta aloqasi ob’ektlarida mavjud bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bilan foydalanuvchilar bevosita tanishish imkoniyatiga egadirlar.
|
| |