|
O‘zbekistonda koronavirus (covid-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar bo‘yicha brifing
|
bet | 1/4 | Sana | 03.02.2021 | Hajmi | 20,21 Kb. | | #13088 |
O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar bo‘yicha BRIFING
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.
Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Matbuot qotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.
1. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga ham keng polosali optik tolali aloqa kabellari yotqizilmoqdami yoki vatinchalik to‘xtatilganmi?
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stragegiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” (2020 yil 2 martdagi PF–5953-sonli)gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga ham keng polosali optik tolali aloqa kabellarini yotqizish va aholini tezkor internet bilan ta’minlash ishlari belgilangan chora-tadbirlar asosida izchil amalga oshirildi. Bir zumga ham ishlar to‘xtatilgani yo‘q.
Hususan, 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi belgilangan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 490 ming portga teng Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi, natijada ularning umumiy soni 2,5 mln.ga yetkazildi.
Telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 7,8 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oshdi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.
"2019 yil va 2020 yilning 6 oyi mobaynida 10 316 ta ijtimoiy soha ob’ektlarigacha 8,3 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi natijasida 5 095 ta maktablar, 3 226 ta maktabgacha ta’lim va 1 995 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarini tezkor Internetga ulash imkoniyati yaratildi".
Bu borada investorlar va mahalliy tadbirkorlar ham faol qatnashayotgani e’tiborga molik. Masalan, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida koreyalik hamkorlar bilan birgalikda loyiha qiymati 11 mln. dollarga teng optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. U yerda yiliga 50 ming km. optik tolali kabel tayyorlash quvvati yaratildi.
Bu esa, o‘z navbatida, internet tezligining oshishida muhim omilga aylandi. Gap shundaki, “Ookla” kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo‘yicha 2020 yil iyun oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va ushbu Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston keskin o‘sishni namoyon etdi.
Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilishi kuzatildi. Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekiston simli internet tezligi 2,5 barobarga o‘sdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekistonda koronavirus (covid-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar bo‘yicha brifing
|