|
Bugungi kunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali qancha elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda?
|
bet | 4/4 | Sana | 03.02.2021 | Hajmi | 20,21 Kb. | | #13088 |
7. Bugungi kunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali qancha elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda?
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) joriy etilgan. Bugungi kunda Yagona portal orqali 200 tadan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha yil boshidan beri 1,4 mln. ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshdi.
Yagona portalda joriy qilinadigan va takomillashtiriladigan ommabop davlat xizmati ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar soni 230 tadan oshadi.
Jumladan, shifokor qabuliga yozilish, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma olish xizmatlari joriy qilinishi hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlarining takomillashtirilishi rejalashtirilgan.
8. Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari bo‘ladimi? Shu maktab haqida kengroq ma’lumot berib o‘tsangiz?
Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda pandemiya sababli 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari o‘tkazish tartibini aniq belgilash imkoniyati bo‘lmayotganligi sababli, bu yilgi qabul jarayoni keyingi yilga qoldirilishi mumkin!
Agarda ushbu jarayonda o‘zgartirishlar yuzaga kelganda albatta rasmiy ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytimiz orqali ma’lumotlar tarqatiladi.
Ushbu maktabga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.
2019 yil dekabr oyida ushbu o‘quv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan maktabda 680 nafar o‘g‘il-qiz 5 — 11 sinflarda ta’lim olmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfdan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.
Maktabi o‘quvchilariga o‘quv jarayonida olayotgan nazariy bilimlarini IT labaratoriyalardan foydalanib amalda sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan. Ular maktab davridanoq o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar IELTS ingliz tilidan baholash testlarini maktabni o‘zida topshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
* * *
Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar shulardan iborat.
Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha beriladigan barcha savollar uchun Vazirlikning tunu-kun 24 soat ishlaydigan qisqa raqamli 1199 ishonch raqami ishlab turibdi. Fuqarolar mazkur raqam orqali bemalol murojaat qilishlari mumkin!
|
| |