• Ikkinchidan
  • O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirish yo‘nalishlari begimqulov Javohir, o‘qituvchi Guliston davlat universiteti Annotatsiya




    Download 32,31 Kb.
    bet2/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi32,31 Kb.
    #229620
    1   2
    Bog'liq
    5-sho‘ba. Begimqulov J

    Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq yo‘nalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Ya’ni global iqtisodga integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina o‘sish tramplini bo‘lishi mumkin, fundamenti noto‘g‘ri prinsiplarga qurilgan iqtisod uchun integratsiyalashuv iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘la olmaydi. O‘zbekistonning global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy model bilan bog‘liq. O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajagi doimo o‘zgarishlarga tobe xomashyo mahsulotlari eksportchisi bo‘lib qolish yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning qon tomiri bo‘lgan global ta’minot zanjiriga qo‘shilishiga bog‘liq.
    Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi. Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e’tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi.
    Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga ta’sirini kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bog‘liq. Buning sababi gipergloballashuvning asosiy qismlari bo‘lmish xalqaro savdo va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida g‘oliblar bilan birga mag‘lub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish o‘rinlari yo‘qolishi sababli qashshoqlashishda ko‘rinadi. Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni ijtimoiy himoyalashga tayyor bo‘lishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish ko‘pchilik davlatlarga qimmatga tushganidan hukumat o‘rnak olishi va tartibga solinmagan kapital oqimlari harakatidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qo‘yishi lozim.
    Hozirgi dunyoda ish beruvchilarning o‘ziga zarur mutaxassislarni topa olmasligi odatiy holga aylanmoqda, negaki, bozorda bunday mutaxassislarni o‘zi yo‘q. Kompaniyalar kerakli malakasi va tajribasi yo‘q insonlarni ishga olib, keyin ularni qayta o‘qitish uchun sarmoya sarflashga majbur. Shunga qaramay, davlat ko‘nikma va malakalariga talab bo‘lmagan yoki mehnat bozorida ortiqcha bo‘lgan mutaxassislar ta’limi uchun moliyalashda davom etmoqda. Ta’lim muassasalari ish beruvchilarning hozirgi talab-ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlaguncha, talaba o‘qishni bitirib ulgurmay mazkur talablar yanada o‘zgarib ketmoqda.
    Shunday bo‘lsada, yetarli ish tajribasiga ega inson uning malaka va ko‘nikmalari o‘z dolzarbligini yo‘qotib, mehnat bozorida uning malakasi va tajribasiga talabni keskin kamayib ketishi xavfi ostida. Yangi, ehtiyojtalab ko‘nikmalarni o‘rganishga esa u qodir emas yoki uning istagi yo‘q. Kadrlar bo‘shlig‘i deb atalmish bu muammo har bir mamlakatda mavjud.
    Kadrlar bo‘shlig‘i sharoitida ish beruvchilar ko‘pincha malakasi zarur talablarga taxminan mos keluvchi xodimlarni ishga yollashga majburdirlar. Aksariyat xodimlar o‘zlarining malakalariga muvofiq ish o‘rinlari yo‘qligidan har qanday ishga rozi bo‘ladilar. Shu tariqa ular mos malaka va tajribaga ega nomzodning ish o‘rnini egallaydi. Kvalifikatsion (malaka) o‘rasi deb atalmish bu muammo kadrlar bo‘shlig‘i muammosiga nisbatan kamroq ko‘zga tashlanadi, negaki, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hamda vujudga kelgan yuzaki bandlik mazkur muammoni birmuncha yashiradi. BCG Consulting bahosiga ko‘ra, bugunga kelib, kvalifikatsion o‘ra muammosi yer yuzining qariyb 1,3 miliardga yaqin aholisiga bevosita tegishlidir. Bu esa jahon iqtisodiyotida qo‘ldan boy berilgan mehnat samaradorligi shaklida yashirin soliqning 6 foiziga to‘g‘ri keladi.
    XX asr boshlaridagi texnologik o‘zgarishlar va sanoat inqilobi hamda XX asr oxirlaridagi raqamli inqilob kadrlar tayyorlash tizimiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Avvaliga savodsizlikni tugatish vazifasi ko‘ndalang qo‘yildi, so‘ngra iqtisodiyotning asosiy sektorlari ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi darajada ta’lim sifatini oshirishga zarurat tug‘ildi. O‘rta va oliy ta’lim hech bo‘lmaganda bitta kasbga almashishi mumkin bo‘lgan universal valyutaga aylandi. O‘sha vaqtlarda bitta kasb butun umrga yetardi. Sekin-asta ta’lim olish jarayoni uzaydi, sifatli ta’lim esa tobora qimmatlasha bordi. So‘nggi yarim asr mobaynida o‘rtacha ta’lim davomiyligi dunyoda 2,5 marotabaga o‘sdi, to‘rt yillik byudjet ta’limi oxirgi 30 yil ichida uch barobarga ortdi.
    XXI asr kelishi bilan dunyoda o‘zgarishlar yanada tezroq sur’atda ro‘y bera boshladi. Muntazam yuzaga kelayotgan yangi texnologiyalar va biznesning yangi turlari yangi-yangi ixtisoslik va mutaxassisliklarga talabni oshirmoqda. Kadrlar tayyorlashning eski tizimi mehnat bozori talablariga javob bera olmayapti. Sababi, bu kasb-hunar turlari doimo o‘zgarib yangilanyapti. Agar XX asr o‘rtalarida texnik bilimlar eskiradigan davr o‘n yilni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu muddat ikki-besh yilgacha qisqargan. Kvalifikatsion o‘ra (bo‘shliq) biz XX asr o‘rtalarida, butkul boshqa iqtisodiy va ijtimoiy kontekst sharoitlarida amalga oshirilgan inson kapitalini rivojlantirishda davom etayotganligimiz bois vujudga keladi.
    Ommaviy standartlashtirish – umrbo‘yiga bir xil ta’lim va bitta kasb hozirgi dunyoda ish bermaydi. Jadal o‘zgarayotgan texnologiyalar va iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitlarida insondan uddaburro fikrlash, tezkor va doimo o‘rganish ko‘nikmalari hamda harakatchanlik talab etiladi.
    Hisobot mualliflari kvalifikatsion o‘ra muammosini faqat iste’dodlarni rivojlantirish jarayonining barcha ishtirokchilari: davlat, ta’lim tizimi, biznes va shaxsan har bir inson hamjihatligidagina hal qilish mumkinligini ta’kidlaydilar.
    Kelajak raqamlarda:
    • 2030 yilga kelib butun dunyo aholisi 13 foizga o‘sishi kutilmoqda
    • Avtomatlashtirish va raqamlashtirish tufayli 2035 yilga kelib bandlikning 1/3 qismi o‘zgaradi
    • Global ishchi kuchining 85 foizi – past va o‘rta malakali ishchilar
    • Bugungi kunda barcha ish hajmining 14 foizi avtomatlashtirilishi mumkin
    Biz kelajak to‘g‘risida birmuncha olis istiqbolda keladigan taraqqiyotning mukammal yangi bosqichi sifatida mulohaza yuritishga ko‘nikkanmiz. Biroq bugun barcha sohalarda – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy, texnologik tarmoqlardagi o‘zgarishlarning tezligi va teranligi – misli ko‘rilmagan sur’atlarga yetdi. Bu o‘zgarishlar kelajak trendlari emas. Ular bugungi kunda mehnat bozorini turli tezlikda, turli ko‘lamda va turli teranlik darajasida, hamma yerda, qolaversa, butun dunyoda o‘zgartirmoqda. Mehnat bozorini o‘zgartirish megatrendlar ta’siri ostida sodir bo‘lmoqda. Bunday megatrendlar inson hayotining barcha jabhalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgarishlarni anglatadi. Hisobot mualliflari mazkur megatrendlarning quyidagi uch guruhiga alohida urg‘u beradilar: texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy guruhlari.
    Texnologiyalar taraqqiyotining jadal suratlari va doimiy bozor o‘zgarishlari sharoitlarida iqtisodiyotning o‘sishi uchun inson kapitalining muvofiq dinamikasi va sifatini oshirishni ta’minlash zarur. Aholi boshiga YaIM yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlarda yuqori malakali mutaxassislar ulushi dunyoda eng yuqori – 22 dan 45 foizgacha (dunyoda o‘rtacha ko‘rsatkich – 15%) sanaladi. Bir tarafdan, bu qonuniylik shundan dalolat beradiki, inson kapitalini rivojlantirmay turib kelgusida texnikaviy taraqqiyotga erishish, ijtimoiy-demografik muammolar va tegishli madaniy o‘zgarishlarni hal qilish mumkin emas. Boshqa tarafdan, ma’lumki, iqtisodiyotda yuqori malakali va mos kadrlar o‘z o‘zidan paydo bo‘lmaydi. XXI asrda jahon iqtisodiyoti ishchi kuchi sifati va malakalarining xilma-xilligiga yangi talab-ehtiyojlarni shakllantirmoqda. Ammo ta’lim tizimida mehnat bozorining yangi talablariga moslashish muayyan vaqt talab qiladi.
    Raqamli va yangi iqtisodiyotning yetakchi tendensiyalaridan biri sifatida ishlab chiqarish va mahsulotlarning moddiy tarkibiy qismlari «yo‘qolishi», buyum holida bo‘lmagan tarkibiy qismlar bilan almashtirilishini hisoblash qabul qilingan. Bu yerda, eng avvalo, ishlab chiqarish harajatlarida axborot-raqamli tarkibiy qismlar roli va ahamiyatining o‘sish tendensiyasi ko‘zda tutiladi. Axborot olish, raqamli qayta ishlash vauzatishmahsulotlarni va hatto ba’zida an’anaviy pullarni jismoniy, analogli harakatlantirishdan ko‘ra tobora muhimroq bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, kompaniyalar va firmalar qimmati, ularning raqobatbardoshligitobora ko‘proq moddiy mulk bilan emas, balki nomoddiy mulk: firmaning raqobatchilardan strategik ustunligini ta’minlaydigan odamlarning bilimlari, inson kapitali, g‘oyalar, sun’iy intellekt vaasosiy intellektual mulkningstrategik yig‘indisi (g‘oyalar, innovatsion raqamli texnologiyalarga ega bo‘lish) bilan belgilanmoqda.
    Raqamli iqtisodiyotda xalq farovonligini strategik rejalashtirishda asosiy yo‘nalishlar quyidagilar hisoblanadi:

    • xalqning turmush darajasini oshirish maqsadli tavsiflarini shakllantirish;

    • xalq farovonligi maqsadlarini amalga oshirishga ajratiladigan resurslarni tadqiq etish;

    • iste’mol fondi hajmi va strukturasining istiqboldagi dinamikasini tadqiq etish;

    • aholi daromadlari strukturasi va hajmi ko‘rsatkichlarini shakllantirish;

    • iste’mol ijtimoiy fondlari shakllantirish jarayonlarini tadqiq etish;

    • noishlab chiqarish sohasining rivojlanish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

    • noishlab chiqarish kapital qo‘yilmalarini amalga oshirish jarayonlarini modellashtirish;

    • noishlab chiqarish fondlari hajmi va strukturasi dinamikasini modellashtirish;

    • xalqning turmush darajasini o‘stirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni baholash;

    • xalqning turmush darajasi rivojlanishini umumiy strategik rejalashtirish va uni xalq xo‘jaligi strategik rejasining boshqa bo‘limlari bilan muvofiqlashtirish;

    • xalqning turmush darajasini oshirish rejalarini bajarish jarayonlarini baholash va ularning bajarilishini rag‘batlantiradigan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

    • strategik reja sifatini sistematik baholash va uning bajarilishini nazorat qilish.

    Muayyan vazifalarni hal qilish aholining turmush darajasini oshirishga va ijtimoiy rivojlanish global, mahalliy va maqsadli ko‘rsatkichlariga o‘zgartirilgan strategik maqsadlar asosida erishiladi.Global ko‘rsatkichlar eng avvalo, turmush darajasi konsepsiyalarini ishlab chiqish, noishlab chiqarish sohasi va ijtimoiy rivojlanishning asosiy sohalarini rivojlantirish, shuningdek, xalq farovonligi o‘sishini tavsiflaydigan muhim jamlanma ko‘rsatkichlar dinamikasini bashorat qilishda hisobga olinadi. Lokal maqsadlar moddiy ne’matlar va hizmatlar alohida ko‘rsatkichlarini, noishlab chiqarish sohasini rivojlantirishning turli tarmoq tavsiflarini, xalq farovonligi o‘sishidagi tafovutlarni tavsiflaydigan alohida ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishda hisobga olinadi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari ko‘p jihatdan global elektron tarmoqning kelgusi rivojlanishi, axborot-intellektual va raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va inson kapitali salohiyatini to‘laroq amalga oshirish bilan belgilanadi va asoslanadi. Shu sababliraqamli iqtisodiyot muammolarini o‘rganish iqtisodiyot fani nuqtai-nazaridan ham, turli darajadagi: elektron hukumatdan tortibturli obyektlarni (shahar, transport harakati, uy, kvartira, avtomobil va boshqalar) smart-boshqarish raqamli modellarigacha menejment tizimlari amaliy o‘zgarishi nuqtai-nazaridan ham dolzarb hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, ijtimoiy hayotni raqamlashtirishning ushbu bob doirasidan chetda qolgan eng muhim jihati iqtisodiy va kompyuter havfsizligi muammolari bo‘lib, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bilan butun dunyoda tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston, IT sanoatining rivojlanishi, kapital oqimi, yangi inqilobiy texnologiyalarni rivojlantirish, an’anaviy sanoatni raqamli ravishda o‘zgartirish uchun sharoit yaratish va natijada yangi iqtisodiyotga o‘tish uchun hissa qo‘shadigan raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun juda aniq vazifa turibdi.
    So‘nggi o‘n yil ichida global va mintaqaviy raqamli kun tartibini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan harakatlar amalga oshirildi, ya’ni davlatlararo darajadagi raqamlashtirish jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini birgalikda samarali yechimlari qidirilmoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi bu yo‘nalishdagi aniq bir yetakchidir, uning rahbarlari Yevropada yagona raqamli bozorning (digital single market) shakllanishini umumiy uzoq muddatli maqsad sifatida belgilaydilar.
    Yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotlarini raqamli o‘zgartirish dasturlarini tahlili O‘zbekiston uchun ustuvor deb belgilangan quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatishimizga imkon beradi: Milliy raqamli qonunchilikni yaratish;

    • zamonaviy raqamli loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirish;

    • soliq siyosatini tartibga solish va investitsiya muhitini optimallashtirish;

    • davlat boshqaruvi oshkoraligi va samaradorligi, bandlikni oshirish;

    • kiber-makon xavfsizligini ta’minlash;

    • mehnat unumdorligini oshirish maqsadida kiberfizik tizimlar, sun’iy intellekt, narsalar Interneti, 3D bosib chiqarish asosida sanoatni raqamlashtirish;

    • raqamli qishloq xo‘jaligi (aniq dehqonchilik va raqamli chorvachilik, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqalar);

    • katta ma’lumotlar va 5G aloqasi;

    • aqlli tarmoqlar va energiya tejaydigan kuchli qurilmalar, shu jumladan ko‘chma qurilmalar;

    • aqlli shaharlar, raqamli ta’lim va sog‘liqni saqlash.

    Download 32,31 Kb.
    1   2




    Download 32,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirish yo‘nalishlari begimqulov Javohir, o‘qituvchi Guliston davlat universiteti Annotatsiya

    Download 32,31 Kb.