|
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirish yo‘nalishlari begimqulov Javohir, o‘qituvchi Guliston davlat universiteti Annotatsiya
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,31 Kb. | | #229620 |
Bog'liq 5-sho‘ba. Begimqulov J
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Begimqulov Javohir, o‘qituvchi
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada yangi iqtisodiy hodisalarni o‘rganish va hisobga olish, xususan, raqamli iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotning nisbatan mustaqil qismi sifatida ajratish katta qiziqish uyg‘otadi, chunki iqtisodiyotni boshqarish sifati va tezligini oshirish, biznes yuritish qoidalari va huquqiy maydoniga tuzatishlar kiritish, raqamli texnologiyalar – taassurotlar iqtisodiyoti, MICE-industriya, Smart-shahar va shunga o‘xshashlar asosida innovatsion mahsulotlar, servislar va hizmatlar hosil qilishga imkon berish masalalariga qaratilgan.
Kalit so’zlar: MICE-industriya, Smart-shahar, raqamli iqtisodiyot, Hard Ware, Soft Ware, innovatsiya, biznes yuritish, globalizatsiya.
Аннотация:
Ключевые слова:
Abstract:
Key words:
Dunyoning eng yirik kompaniyalari allaqachondan buyon turli axborot texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda. Biroq platforma joriy qilish hali biznesni raqamli qilib qo‘ymaydi. Oddiy texnologik platformaning raqamli iqtisodiyot platformasidan farqi nimada?Birinchidan, raqamli iqtisodiyot platformalari tarmoq yoki sanoatning ko‘plab qatnashchilari uchun maksimal darajada qulay o‘zaro aloqalar yaratishi ko‘zda tutgan. Hozirgi kunda to‘laligicha qaror topgan ommaviy platformalarga misol keltirish qiyin, lekin kelajak aynan shunday yechimlar ortidadir.
Ikkinchidan, yanada muhimrog‘i, raqamli iqtisodiyot platformalari to‘laqonli (yend-to-yend) biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishi lozim.Raqamli iqtisodiyot to‘liqplatformasiuch qismdan iborat bo‘lishi kerak: bular iste’molchi ekotizimlari, ishlab chiqaruvchi ekotizimlari va kommunikativ o‘zak.
Iste’molchi ekotizimifunksiyasi – platformadan foydalanuvchining barcha ehtiyojalri va muhtojliklarini qondirish, uning qulayligini va funksionalligini ta’minlashdir. Ishlab chiqaruvchining ekotizim funksiyasi – biznes yuritishni yengillashtirgan va unga kirish bo‘sag‘asini pasaytirgan holda yordamchi funksiyalar bajarishini ta’minlashi lozim. Platforma o‘zagiiste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha funksionalni ham amalga oshirib, zaruriy texnologik bazis va infratuzilma ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Milliy iqtisodiyotlarning yangi raqamli iqtisodiyotning tomon rivojlanishi bu sohada nazariy tadqiqotlar va bahs-munozalarning kengayishini talab qiladi. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining texnoraqamli platformasini yaratishga qaratilgan oliy boshqaruv organlarining amaliy dasturiy harakatlari ham yangi iqtisodiyotga o‘tish uchun katta hissa qo‘shishi mumkin.Raqamli iqtisodiyotning mohiyatga oid tomoni, ya’ni, raqamli texnologiyalardagi inqilobiy o‘zgarishlar, internetning aloqasining zamonaviylashishiva uning jadal rivojlanishi hamda Hard Ware va Soft Ware sohalardagi innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Raqamli iqtisodiyotning mazmunga oid tomoni esa birinchi navbatda, ta’lim tizimi islohoti va inson hayotining barchatomonlarini «raqamlashtirish» danamoyonbo‘ladi. Masalan, sanoat dizaynini kompyuterlashtirish va ishlab chiqarishda konstruktorlik tayyorgarligini modellashtirish kabi innovatsiyalar paydo bo‘lishimurakkablik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar, masalan, stanoklar, avtomobillar, poezdlar, samolyotlar, binolar va boshqalarni loyihasiniyaratishni osonlashtiradi va ish siklinisezilarli darajada qisqartiradi. Mamlakatimizda yangi raqamli texnologiyalarning (ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqalar) paydo bo‘lishi va hayotga joriy qilinishi milliy iqtisodiyot uchun juda ko‘p sonli ijobiy samaralar va natijalarga olib kelishi mumkin: mehnat unumdorligining ortishi; kapitallashuvning ortishi; turmush sifatining yaxshilanishi; yangi bozorlar shakllantirilishi; resurslarni (aktivlar, kapital, vakolatlar) utilizatsiya qilish samaradorligining ortishi; raqobatbardoshlikning o‘sishi; havfsizlikning o‘sishi; xalq farovonligining ortishi.
Hozirgi paytgacha, globallashuv jarayoni yakun topmagan ekan, barcha sanab o‘tilgan samaralar shunga olib keladiki, birinchi bo‘lib yangi texnologiyani o‘zlashtirgan mamlakat xalqaro bozorlarda ustunlikni qo‘lgan kiritadi va bu navbatdagi «bozor bo‘lagini bo‘lib olish»ga olib keladi. Alohida olingan mamlakat nuqtai-nazaridan bu darhaqiqat yangi texnologiya joriy qilinishi bilan asoslanadigan iqtisodiy o‘sish sifatida talqin qilinishi mumkin. Lekin jahon iqtisodiyoti ko‘lamida o‘sish joriy qilingan texnologiyaning «qo‘shimcha» kapitallashuvi bilan (siqib chiqarilgan texnologiya kapitallashuvini chiqarib tashlagan holda) chegaralangan.
Agarda ular sotuv salohiyatini yana bir bor o‘stirishga tayyor bo‘lishmasa, hech qanady texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot ekstensiv rivojlanish modelini hayotga qaytara olmaydi. Shu munosabat bilantan olish kerakki, raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar rivojlanishi na O‘zbekiston uchun, va na butun dunyo uchun har qanday falokatdan qutqaradigan vosita bo‘la olmaydi. Har bir alohida mamlakat uchun bu zaruriy chora bo‘lib, raqobatbardosh darajada qolishga, jahon iqtisodiyotidagi ulushlar paritetini qayta ko‘rib chiqishga va suverenitetni asrashga imkon beradi.
Hozirgi paytda mamlakatizdagi va xorijdagi ko‘plab mutaxassislar va iqtisodchilar yangi iqtisodiyotning, jumladan, uning namoyon bo‘lish shakllaridan biri – raqamli iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish holatiga uzil-kesil tavsif berishga va uni tushunib yetishga harakat qilmoqdalar. Ko‘plab tadqiqotchilarsubyektiv munosabat prizmasi orqalizamonaviy iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy – obyektiv va subyektiv nuqtai-nazardan bu hodisani o‘zicha tushunish va idrok qilishga harakat qilmoqda. Obyektiv jihatdan esa buko‘proq zamonaviy iqtisodiyotdagi yangi jihatlar, tomonlar, belgilar, tendensiyalar va qonuniyatlar namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Yangi iqtisodiy hodisalarni o‘rganish va hisobga olish, xususan, raqamli iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotning nisbatan mustaqil qismi sifatida ajratish katta qiziqish uyg‘otadi, chunki iqtisodiyotni boshqarish sifati va tezligini oshirish, biznes yuritish qoidalari va huquqiy maydoniga tuzatishlar kiritish, raqamli texnologiyalar – taassurotlar iqtisodiyoti, MICE-industriya, Smart-shahar va shunga o‘xshashlar asosida innovatsion mahsulotlar, servislar va hizmatlar hosil qilishga imkon beradi.
Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiatiraqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi. Shunday qilib, agar yangi iqtisodiyot – postindustrial iqtisodiyot namoyon bo‘lishining qonuniy shakli bo‘lsa, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishining evolyusion shakllaridan biri. Demak, «shaklning shakli» sifatida raqamli iqtisodiyot nafaqat yangi iqtisodiyot alomatlari to‘plamiga, balki raqamli iqtisodiyotning sifat jihatidan aniqligini tavsiflaydigan bir qator ajratib turuvchi tomonlarga ega. «Industrial» iqtisodiyotda o‘ringa ega bo‘lmagan yangi qonuniyatlar va tendensiyalar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqlikda va uyg‘unlikda o‘zini yangicha namoyon etadigan an’anaviy iqtisodiy qoidalarning yangicha mazmuniga e’tibor qaratadi.
Fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish ta’siri ostidabozor iqtisodiyoti qoidalarida, biznes yuritish qoidalarida, an’anaviy iqtisodiy qoidalar va qonuniyatlarning yangicha namoyon bo‘lishida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, elektron tarmoqlar, kompyuterlar va dasturiy mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, elektron mahsulot va hizmatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi yangi iqtisodiyotda quyidagi tushunchalar mazmuni, nisbati va ahamiyatini tubdan o‘zgartiradi: moddiy (buyum holidagi) va nomoddiy (buyum holida bo‘lmagan), jug‘rofiy masofa, zamon va makon, iste’mol qiymati (foydalilik) vaqiymat, sifat va son, raqobat va iste’molchilarning afzal ko‘rishi (afzallik), vositachilik va logistika, inson kapital va biznes axloqi, bitimlar va samaradorlikni baholash, xaridorlar va sotuvchilar xulq-atvori, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yangi munosabatlari, marketing texnologiyalari va sotuv. Ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQShda internet-kompaniyalarva internet-firmalar jadal rivojlanishi bilaniqtisodiyotning barcha sohalariga kirib boradigan va butun iqtisodiyot ko‘rinishini o‘zgartiradigan internet-hizmatalr, mahsulotlar, servislar, provayderlar hizmatlari va boshqalarning yangi bozori shakllanadi. Shu sababli bizningcha, internet-iqtisodiy va raqamli iqtisodiyotni tor ma’noda – internet-kompaniyalar va firmalarning raqamli texnologiyalari, mahsulot va hizmatlari yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha munosabatlar yig‘indisi sifatida hamda keng ma’noda - asosan uchinchi, to‘rtinchi texnologik ukladga mos keladigan «industrial» iqtisodiyot bilan taqqoslaganda bir qator ajralib turadigan belgilarga ega bo‘lgan va texnologiyalar raqamli formatidan foydalaniladigan global elektron tarmoq sharoitlarida faoliyat yuritadigan har qanday tarmoqlar korxonalari iqtisodiyoti sifatida yangi iqtisodiyotni farqlay olish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi birinchi navbatda, nafaqat inqilobiy texnologik o‘zgarishlar bilan, balki yangi iqtisodiyotning evolyusiya qonuniyatlari bilan ham belgilanadi, zamonaviy menejmentni yangicha boshqaruv tamoyillari va biznesni yuritish qoidalarini hisobga olishga yo‘naltiradi, mahsulot sifati va mehnat unumdorligining o‘sishiga hizmat qiladi, iqtisodiy sikldagi salbiy tomonlarni bartaraf qiladi, inflyasiya va ishsizlikni pasaytiradi, globallashuv sharoitlarida iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy jarayonlar globallashuvijahon elektron tarmog‘ining shakllanishi bilan bog‘liq iqtisodiyotning turli sohalari integratsiyasi kuchayishi tufayli zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishi asosiy tendensiya va tamoyillariga aylanadi. Yangi iqtisodiyotning ushbu qonuniyatibir tomondan, global biznes uchun keng imkoniyatlar ta’minlaydi, boshqa tomondan esa – firmalar va kompaniyalarning iste’molchilar oldidagi javobgarligini tubdan oshiradi. Iste’molchilar qandaydir kompaniya mahsulotidan qoniqmaganligi zudlik bilan va keng ommaga ma’lum bo‘lib qoladi va ijtimoiy javobgarlik hissini paydo qiladi.Iqtisodiyotning globallashuvi, raqamli iqtisodiyotda esa zamon va makonning «yo‘q bo‘lishi» ko‘plab ishlab chiqarish omillari va, birinchi navbatda, vaqt omili qiymatining o‘zgarishiga olib keladi. Vaqt, ijtimoiy ishlab chiqarish toifasi sifatida, doimoishlab chiqarishning qiymat bahosini belgilab bergan. Biroq hozirgi sharoitlardavaqt «narxi» qiyoslab bo‘lmaydigan darajada o‘sadi. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida «bir lahzalik» aloqalar dunyosida vaqt (uni tejash va bitimlar tezligi)katta, aytish mumkinki, strategik ustunlik ta’minlab bera olmaydi.
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni yaratish uchun katta salohiyatga ega, uning asosini insonning asosiy ehtiyojlarini ta’minlaydigan an’anaviy sanoat (sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, transport) tashkil etadi. Yaqin kelajakda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun ular eng so‘nggi texnik yechimlarni, yuqori texnologiyalarni (birinchi navbatda AKT) va belgilangan xususiyatlarga ega nano, bio, kompozit va boshqalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali har tomonlama ishlab chiqilishi kerak) ishlab chiqarish jarayonlarining sanoat asosini yangi sifatini shakllantiradi.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi.
Globalizatsiya - bu tovar va xizmatlarning transchegaraviy savdosi, texnologiyalar va investitsiyalar, odamlar va axborot oqimlari natijasida vujudga kelgan dunyo iqtisodiyoti, madaniyati va aholisining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligini tavsiflash uchun ishlatiladigan tushunchadir.
Globallashuv har bir mamlakatni qiyosiy ustunlik, ya’ni eng kam miqdordagi resurslardan foydalangan holda eng yaxshi ishlab chiqaradigan narsalarga ixtisoslashishga undaydi. Ushbu konsepsiya ishlab chiqarishni samaraliroq qiladi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va tovarlar va xizmatlar narxlarini pasaytiradi, ayniqsa ularni kam daromadli uy xo‘jaliklari uchun qulayroq qiladi.
Globallashuv ko‘p jihatdan iqtisodiyotga borib taqaladi. Yangi texnologiyalar joriy qilinishi va takomillashtirilishi natijasida ishlab chiqarish hajmi va sifati ortdi. Masalan, bir necha yil ilgari umuman mavjud bo‘lmagan texnologiyalar endilikda davlatlarning umumiy YaIM o‘sishiga va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Globallashuvning kuchayishi natijasida mehnat bozoridagi taqsimotda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jahon iqtisodiy forumining oxirgi yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, 2025 yilga kelib, 85 million ishchi o‘rni yo‘q bo‘lishi, ammo o‘rniga 97 million ish joylari yaratilishi ma’lum qilingan.
Xo‘sh, pandemiya sabab tezlashib ketgan texnologiyalar taraqqiyoti va To‘rtinchi sanoat inqilobi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston singari rivojlanayotgan davlatlar texnologik sakrashda ixtirochi bo‘lib, global texnologiya platformalarida faol ishtirok etishi uchun nima qilish kerak.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, respublika zimmasidagi asosiy vazifa texnologik rivojlanish uchun muhim bo‘lgan uch tomon: davlat-sanoat-akademiya (ilmiy tadqiqot markazlari) hamkorligini mustahkamlovchi institutsional muhit yaratishdan iboratdir.
«Uchburchakning asosiy qismi bo‘lmish universitetlar va ulardagi tadqiqot markazlari nafaqat turli sanoatdagi bizneslarni qo‘llab- quvvatlovchi ixtiro manbalari, balki turli innovatsion g‘oyalarga asoslangan startaplar uchun inkubator vazifasini ham o‘taydi. AQSh, Yevropa va Osiyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barchasida startaplar universitet hududida shakllanishi bejiz emas. Buning uchun universitetlarda, albatta, erkin ilmiy muhit mavjud bo‘lishi, professor va talabalarning ilmiy g‘oyalari, mehnatlari qog‘ozda qolib ketmay, amaliyotda qo‘llanishi uchun mustahkam patent tizimi shakllanishi shart», deydi Bekzod Zokirov.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirish yo‘nalishlari begimqulov Javohir, o‘qituvchi Guliston davlat universiteti Annotatsiya
|