-rasm. Raqamli iqtisodiyotning na’munaviy tuzilmasi [5]




Download 259,01 Kb.
bet4/6
Sana11.12.2023
Hajmi259,01 Kb.
#116333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola

2-rasm. Raqamli iqtisodiyotning na’munaviy tuzilmasi [5]
Raqamli iqtisod, noyob funksiyaning ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik iqtisodga xos bo‘lgan cheklovlarni yengishga imkon beradi:
1.Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to‘siqlari yo‘q: nusxa ko‘chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.
2.Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi.Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.
3.Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo‘lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi oqibatida milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik tizimini yaratish lozim. Instituisonal yondashish nuqtai nazaridan “Milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik tizimi” tushunchasi murakkab siyosiy-huquqiy, tashkiliy, texnik, ijtimoiy-madaniy tizim bo‘lib, u milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlovchi obyekt va subyektlar majmuasidan iborat, bu raqamli iqtisodiyot subyektlarining milliy manfaatlarini, amaldagi milliy qonunchilikni yetarli darajada himoya qilish uchun foydalanilishi mumkin. Bu esa davlat siyosati, milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik, norasmiy norma va ijtimoiy xulq-qoidalarini tartibga tushiruvchi me’yoriy-huquqiy tizimni yaratish kerakligini bildiradi.
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlariga elektron tijorat, "Elektron hukumat" tizimi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, xizmat ko‘rsatish sohalarida "aqlli" (smart) texnologiyalarni joriy etish, "Aqlli shahar", "Xavfsiz shahar"ni yaratish shuningdek, “Buyumlar Internet”dan keng foydalanish va boshqalar kiradi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xolda, odatda turli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: raqamli iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi, AKT sanoatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi, Internet tezligi, uning mamlakat hududini qamrab olishi va aholi foydalanishi uchun qulayligi, elektron tijoratning rivojlanish darajasi, "Elektron hukumat" tizimidagi davlat xizmatlari ulushi, AKT sohasidagi mutaxassislar bilan tashkilotlarning ta’minlanishi va boshqalar. Bundan tashqari, mamlakatda axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasini baholaydigan xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega.
Raqamli iqtisodiyotni tatbiq etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi hamda Inson taraqqiyoti indeksida belgilangan prinsip va hisoblash metodikasiga asoslangan holda mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish indeksini yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
AKT sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning oshishi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakat YaIMning ortishiga eng asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa muammolar mavjud: mamlakatning chekka hududlarida kafolatli elektr energiyasining mavjud emasligi, internet tezligining yuqori emasligi kabi raqamli infratuzilmaning to‘liq shakllanmaganligi; masofaviy xizmatlarga nisbatan aholi ishonchining pastligi; aholi malaka darajasining raqamli tizimga o‘tishga tayyor emasligi va boshqalar; raqobat kuchli bo‘lmaganligi va monopol davlat tashkilotlarning pinxona qarshiligi kabilar hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot juda ko‘p afzalliklarga ega. Bu to‘lovlarning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ochadi. Onlayn xizmat ko‘rsatish xarajatlari an’anaviy iqtisodiyotga qaraganda ancha past va xizmatlarning o‘zlari ham ijtimoiy ham tijorat jihatidan ancha arzonroqdir. Taklif etilayotgan mahsulot iste’molchining yangi istaklari yoki ehtiyojlarini qondirish uchun darhol o‘zgartirilishi mumkin. Raqamli iqtisod har xil axborot, ta’lim, ilmiy sohadagi yangiliklarni tez, sifatli va qulay tarzda taqdim etadi.
O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkichlarning aksariyati bo‘yicha 2016 yildan buyon sezilarli yutuqlarga erishdi. Shunday qilib, "axborot-kommunikatsiya" sohasida xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 2016 yildan boshlab 2 baravarga oshib, 4,4 dan 8,8 trln. so‘mgacha, "axborot-kommunikatsiya" iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 2 baravarga o‘sib, 6,3 dan 12,9 trln. so‘mgacha oshdi.
2016-2020 yillar mobaynida "axborot-kommunikatsiya" faoliyat turi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 4 baravarga ko‘payishi (1,2 trln. so‘mdan 4,8 trln. so‘mgacha), shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2,5 baravarga ko‘payishi (0,8 trln. so‘mdan 2,0 trln. so‘mgacha) AKT sohasining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi[9].
Global kiberxavfsizlik indeksi ham Xalqaro telekommunikatsiya tashkiloti tomonidan tuziladi va hukumatning beshta sohadagi majburiyatlari darajasini baholaydi: huquqiy chora-tadbirlar, texnik chora-tadbirlar, tashkiliy chora-tadbirlar, salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik. O‘zbekiston 2016 yildan buyon ushbu reytingda 0,1471dan 0,666ga o‘z ko‘rsatkichini yaxshilab, 175 mamlakat orasida 93-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi. Mobil aloqa Indeksi xalqaro mobil aloqa operatorlari Assotsiatsiyasi (yoki "GSMA Assotsiatsiyasi") tomonidan tuziladi, unga O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari ham a’zo bulib kirgan. Indeks mobil Internetning rivojlanish va foydalanish darajasini ko‘rsatadi. Indeks 170 dan ortiq mamlakatlardagi ko‘rsatkichlarni mobil internetni joriy etishga yordam beradigan asosiy omillar: infratuzilma, qulaylik, iste’molchilarning tayyorligi, kontent va xizmatlarga nisbatan o‘lchaydi.

Download 259,01 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 259,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Raqamli iqtisodiyotning na’munaviy tuzilmasi [5]

Download 259,01 Kb.