|
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlari
|
bet | 2/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 259,01 Kb. | | #116333 |
Bog'liq MaqolaКлючевые слова: цифровая экономика, цифровая индустрия, электронное правительство, стратегический план, цифровой сектор, цифровые знания, индекс мобильной связи.
Kirish
Raqamlashtirish dunyo iqtisodiyotining iqtisodiy o‘sishida hal qiluvchi omil bo‘lib kelmoqda. Alohida raqamli texnologiyalarni joriy etishdan global va milliy iqtisodiyot doirasida raqamli ekotizimni qurishga o‘tish mavjud. Ushbu tendensiya barcha mamlakatlarda - davlat hokimiyati organlari, biznes, o‘quv muassasalari, sanoat korxonalari va moliyaviy institutlarning raqamlashtirish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlik zarurligini aks ettiradi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish nafaqat alohida iqtisodiy tizimlar uchun, balki butun davlat uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Raqamlashtirish jarayoni to‘rtinchi sanoat inqilobiga va oltinchi texnologik tartibga o‘tishdagi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish allaqachon ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy qismiga aylandi va yaqin kelajakda o‘zbekistonliklarning raqobatbardoshligi va turmush darajasini oshirib, ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi uchun institutsional asosga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va tarmoq darajasida katta ishlar amalga oshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-sonli Farmoni, 2018 yil 21 noyabrda “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4022-sonli, 2019 yil 18 mayda “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4321-sonli, 2020 yil 5 oktabrda “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmon va Qarorlari qabul qilindi.
|
| |