|
Fosfogipsni α-yarimgidratga aylanishi chizmasi
|
bet | 6/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgFosfogipsni α-yarimgidratga aylanishi chizmasi.
Fosfogips
|
Trasportyor
|
Repulpator
|
Nasos
|
To`planadigan sig`im
|
Oraliq sig`im
|
Maxsus sig`im
|
Avtoklav
|
Quvuruo`tkazgich
|
Issiqlik almashtirg`ich
|
Vakuum filtr
|
Quritgich baraban
|
Qabul qilgich bunker
|
Tegirmon
|
Pnevmanasos
|
Tayyor mahsulot ombori
|
Institut tavsiya etgan chizmaga binoan fosfogips tasmali transportyor yordamida pulpa tayyorlash uchun «chan»ga (sig'imga) uzatiladi. Pulpada suyuq va qattiq fazalar nisbati S:Q=4:1. Keyin pulpa markazidan qochirma nasos orqali quyultirgichga yuboriladi. Oqava suvlar kanalizatsiyaga tushiriladi, quyultirilgan pulpa esa (S:Q=1:1) markazdan qochirma nasos yordamida repulpator orqali qabulqilgichga uzatiladi va bu yerda «tashabbuschi» qo'shiladi. Kristallanish jarayonini normal holga keltirish maqsadida kaliy yoki bariy maleinat yoxud dastlabki fosfogips massasining 0,1% miqdorida har ikki modda aralashmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Qabulqilgichdan repulpator orqali markazdan qochirma nasos vositasida quyuq pulpa xom pulpa «chan»iga haydaladi, bu yerdan ventil roslagich va markazdan qochirma nasos yordamida quyuq va xom pulpa aralashmasi ketma-ket o'matilgan avtoklavlar orqali o'tkaziladi, bu avtoklavlarda gips degidratatsiyalanadi. a - yarim gidratli qaynoq pulpa ignani rostlagich hamda issiqlik almashtirgichdan o`tadi va aralashtirgichli qabulqilgich bakida to`planadi. Bu bak bug`dan isiydigan o`rama nay bilan ta`minlangan.
Pulpa harorati 90 - 95o C dan pasaymasligi uchun tasmali suzgichda suziladi. Suzgichdan o`tkazilgan suyuqlik rezuardan bakka yuboriladi, u yerda esa nasos yordamida «shan»ga qaytariladi. Qattiq faza (ya`ni gips) tasmali transportyordan quritgich barabaniga uzatiladi. Qurigan gips bunkerda to`planadi. Shu yo`sinda hosil bo`lgan gips qog`oz qoplarga joylanadi.
Chiqadigan gazlar natriy metasilikat eritmasi yordamida yuvilib, ftorli gazlardan tozalanadi.
Olimlardan P.F. Gordashevskiy va V.V. Ivanitskiylarning (Rossiya) ma`lumotiga ko`ra, fosfogipsdan bunday usulda a - yarim gidrat tayyorlanganda 300-500 markali mahsulot hosil bo`ladi.
|
| |