|
O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi
|
bet | 14/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgGidravlik ohak
Romansement
Odatda tarkibida 6% dan 20% gacha gil aralashma bo'ladigan mergel ohaktoshlarni eritib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada kuydirib, keyin mayda tuyganda hosil bo'ladigan bogiovchi moddaga gidravlik ohak deyiladi.
Gidravlik ohak tuyilgan so'ndirilmagan («tuyilgan so'ndirilmagan ohak») va kukun holigacha so'ndirilgan (mayda tuyilgan so'nmagan zarrachalar aralashmasi bilan) ohak holida ishlab chiqariladi..
Qotish tezligi va mexanik jihatdan qanchalik mustahkamlanishiga qarab, gidravlik ohak ikkiga bo'linadi: kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak.
Ohakning gidravlik darajasi gidravlik (asosiy) modul (m) miqdori bilan aniqlanadi. Gidravlik modul ohak (xomashyo) tarkibidagi kalsiy oksidi va kislota oksidlari (yig'indisi)ning miqdor nisbati bilan ifodalanadi:
m = %CaO (SiO2 +Al2O3 + Fe2O3)
Ohakda faqat havoda qotadigan CaO qanchalik ko'p, ya'ni asosiy modul qanchalik katta bo`lsa, uning gidravlik xossalari shunchalik past bo'ladi, chunki CaO ko'p bo`lsa, ana shunday xossalarga ega boigan boshqa moddalar (kalsiy silikat, alyuminat va ferritlar) kam bo'ladi. Masalan, gidravlik ohak gidravlik modulining miqdori, 1,7-9 ga teng. Gidravlik moduli 1,7-4,5 ga teng boigan ohak kuchli gidravlik ohak, moduli 4,5-9 gacha bo`lgan ohak kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi. Gidravlik modul 9 dan ortiq bo`lsa, ohak amalda gidravlik xossalarga ega bo`lmaydi va u havoda qotadigan ohak hisoblanadi.
Ikki kalsiyli silikat (2CaO • SiO2), ikki kalsiyli ferrit (2CaO • FeO2) va bir kalsiyli alyuminat (CaO • A12O3) kuydirilayotganda hosil bo'ladigan va kuydirish mahsulotini gidravlik xossali qiladigan birikmalardan hisoblanadi. CaO ning SiO2, A12O3 va Fe2O3 larni ko'rsatilgan birikmalar tarzida bog'lay oladigan eng ko'p miqdori 1,7 - 1,8 og'irlik qismini tashkil qiladi. Gidravlik ohakning asosiy moduli odatda bir oz yuqori - 9 gacha, ko'pincha 3-5 bo'ladi, ya'ni gidravlik ohakda CaO ning 9 og'irlik qismiga 1 og'irlik qism kislota oksidlari to'g'ri keladi. Shunday qilib, gidravlik ohak tarkibida, gidravlik biriknialar - kalsiy silikatlar, alyuminatlar va ferritlar bilan birgalikda ozmi-ko'pmi erkin CaO ham bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra, gidravlik ohak ishlab chiqarish xususiyatlari, uning xossalari va ishlatilish sohalari ham har xil.
|
| |