|
O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi
|
bet | 22/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgSilikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdorining alyuminiy va temir oksidlari miqdoriga foiz hisobidagi nisbatini ko'rsatadi:
Awallari klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli) moduldan foydalanilgan. Bu modul birikkan kalsiy oksid miqdorini kislota oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi.
Zamonaviy sement kiinkerlarining bosh moduli BM-1,7-2,4. Biroq gidravlik modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli emas edi. Shuning uchun yana ikkita modul: silikat (qumtuproq) va giltuproq (alyuminat)lar kiritildi.
Silikat modul (n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy hamda temir oksidlar yig'indilarga nisbatini ko'rsatadi.
Xomashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma vaqt C3S va C2S holida birikavermaydi, shu tufayli birikkan qumtuproq miqdori kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiO2 umumiy va erkin holda qolgan SiO2 erkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun silikat modul quyidagicha yoziladi:
n sementdagi silikat minerallari eruvchan minerallar (klinkeming alyumoferrit, alyuminat qismlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlaydi.
Oddiy portlandsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7-3,5; sulfatga chidamli portlandsement uchun esa 1,7 - 4.
Giltuproq (alyuminat) modul p alyuminiy oksid miqdorining temir oksid miqdoriga nisbatini ifodalaydi: p klinkerdagi uch kalsiy alyuminatning temir oksid bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.
Giltuproq modul qiymati oddiy portlandsementlar uchun 1 - 3. Silikat modul katta qiymatga ega bo'lganda ham xomashyo aralashmasini qovushtirib pishirish qiyinlashadi. Hosil bo'lgan sement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq keyinchalik uning mustahkamligi yuqori bo`ladi. Alyuminat moduli kichik qiymatga ega bo'lganda portlandsementlar minerallashgan tuzlar ta'siriga chidamli bo`ladi.
p katta qiymatga ega bo'lganda esa sementlar tez tishlashadi va qotadi, ammo oxirgi mustahkamlik ko'rsatkichi past bo`ladi.
Silikat modul katta boisa, klinkerda C3A va C4AF kam, ammo C3S va C2S ko'p, giltuproq modul katta bo`lsa, klinkerda C3A juda ko'p, biroq C4AF kam bo`ladi.
|
| |