|
Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi
|
bet | 19/36 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 207,97 Kb. | | #257837 |
Bog'liq O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.orgKlinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qo'shiimalar port-landsement xossalarini qisman o'zgartiradi. Uning asosiy sifat ko'rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog'liq.
Portlandsement klinkerining odatda qovushib pishgan holdagi o'lchamlari 10-20 mm dan 50-60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki boiaklar) ko'rinishida olinadi.
Qovushib pishgan klinker o'zining mikrostrukturasiga ko'ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bo'yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning o'zaro nisbatiga qarab baholanadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o'zgarib turadi. Portlandsement klinker ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid - SiO2, A12O3 va Fe2O3 bor. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid - CaO va CO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi; CaO, SiO2, AI2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi.
Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda. sement sifatiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatuvchi oksidlar ham boiishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulfat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandsement tarkibidagi asosiy va qo'shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo`ladi:
CaO - 63 - 67% ; SiO2 - 21 - 24%; Al2O3 - 4 - 8%; Fe2O3 - 2 - 4%; MgO -
0,5 - 5%; SO3 - 0,3 - l%; Na2O va K2O - 0,4 - 1%; TiO2 va Cr2O3 - 0,2 - 0,5%;
P2O5 - 0,1 - 0,3%.
Klinkerning kimyoviy tarkibi 5382 - 65 sonli Davlat standartida berilgan usul bilan aniqlanadi.
1500° C haroratda kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta'sirida so'nish qobiliyatini yuqotmasa ham juda sust so'nadi. Uning so'nish jarayoni qotib qolgan sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holning (sement hajmining notekis o'zgarishi) oldini olish uchun portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan chegaralanadi va 4,5% dan oshmasligi zarur1.
Portlandsementda kaliy va natriy oksidlar bo'lmasa yaxshi, chunki ular portlandsementning tishiashish muddatiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar betonda to'ldirgichlar bilan (to'ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo`lsa) o'zaro kimyoviy ta'sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bo`ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo'ladi. Bu reaksiya atrof-muhit yetarlicha nam bo`lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun sement va to'ldirgichlar tanlanayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim, to'ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanes va boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandsementda ko'p miqdorda ishqoriy metall oksidlar boisa, beton yuzasida sho'r dog'lar hosil bo`lishi mumkin.
Standartga ko'ra, portlandsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda boiishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori boigan portlandsement ishlatish tavsiya etilmaydi. Sementda 4% gacha titan ikki oksid
boisa, u sement sifatiga yomon ta'sir qilmaydi. Ammo TiO2 juda ko'payib ketsa, sementning mustahkamlik ko'rsatkichlari pasayadi.
Fosfor angidrid 1,5-2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni sekinlashadi (sulfat kislota angidridi portlandsement texnik xossalariga qanday ta'sir qilishi haqida quyida gapiriladi).
|
| |