• Romansementning tishlashish muddatlari
  • Romansementning ishlatilishi.
  • Mavzu: Portlandsement
  • Romansementning mayda tuyilishi




    Download 207,97 Kb.
    bet17/36
    Sana30.05.2024
    Hajmi207,97 Kb.
    #257837
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
    Bog'liq
    O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.org

    Romansementning mayda tuyilishi. Romansement iioji boricha mayda tuyilishi kerak, chunki qanchalik mayda bo'lsa, shunchalik mustahkam chiqadi. Standartda romansementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021 raqamli elakda ko'pi bilan 5% va 009 raqamli elakda ko'pi bilan 25% (og'irlik hisobida) qoldiq qolishi kerak. Lekin bu dag'al tuyish hisoblanadi. Yanada maydaroq, masalan, 009 raqamli elakda 10 - 15% qoldiq qoladigan qilib tuyilsa, sement markasini 1,5 - 2 baravar oshirish mumkin bo'ladi. To'g'ri, bir qator hollarda sementni yanada maydalash iqtisodiy ihatdan maqsadga muvofiq bo`lmaydi, chunki maydalash uchun energiyaning sarfi juda oshib ketadi.

    Romansementning tishlashish muddatlari. Romansement suv bilan qorilgandan kamida 15 daqiqa o'tgandan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 24 soatda butunlay tishlashib bo'lishi kerak.
    Romansement qotayotganida hajman qanchalik tekis o'zgarishi bo'yicha sinab ko'rilishi lozim. Sement xamirdan standartga ko'ra asosan kulcha holida yasalgan namunalari sinaladi. Nam havo sharoitida 7 kun saqlangandan so'ng namunalar qaynaganida va suv bug'ida ham yorilmasligi zarur.


    Romansementning ishlatilishi. Romansement yer usti va ostida zo'riqishi kam konstruksiyalar uchun beton ishlash va devor qurish hamda suvash ishlarida ishlatiladi. Romansementni suv ta'sirida ishlaydigan konstruksiyalar qurishda ham ishlatishga ruxsat etiladi. Ammo buning uchun dastlabki 7 kunligida suv ta'siridan saqlash kerak bo'ladi.
    Romansement unchalik mustahkam bo`lmagani uchun temir-beton konstruksiyalarida ishlatilmaydi.
    Yig'ma qurilishda romansementdan II va III klass binoiari uchun devorbop beton toshlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
    Romansement asosan mahalliy qurilishlarga mo'ljallangan. U gidravlik bog'lovchi moddalar nomenklaturasini kengaytirishga yordam beradi va bir qator beton konstruksiyalar ishlab chiqarishda portlandsement o'rnida ishlatiladi.


    Mavzu: Portlandsement

    Download 207,97 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




    Download 207,97 Kb.