|
Yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #248914 |
Bog'liq AYEQ MI
Mavzu:Yo‘llarni ekspluatatsiya qilish korxonalarni istiqbolli rejalarini tuzish.
Reja:
- Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.
- Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari.
- Transport vazirligi huzuridagi 2024-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov ishlari to‘g‘risida.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishning, ularning ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirishning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanishiga, respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanishiga, aholi turmush darajasi o‘sishiga ko‘maklashadigan yo‘nalishlari, yondashuvlari va mexanizmlarini belgilab olish.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- yo‘l qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish;
- amaldagi transport yo‘laklarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, shuningdek quyidagilarni ta'minlaydigan yangi transport yo‘laklarini yaratish:
- biror-bir mamlakatga qaramlikni istisno etadigan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga eng qisqa ko‘p variantli chiqish yo‘llari;
- qo‘shni mamlakatlar hududlarini kesib o‘tmay, respublika hududlari o‘rtasida avtotransportning samarali va to‘siqsiz harakatlanishi;
- respublika hududlarini birlashtiruvchi strategik avtoyo‘llarning tog‘li uchastkalari bo‘yicha yo‘lovchilar va yuklarni yil davomida ishonchli tashish;
- xalqaro transport marshrutlari va yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
- yo‘l xo‘jaligida mablag‘larni boshqarish, moliyalashtirish va sarflashning samarali tizimini amalga oshirish;
- mavjud yo‘l tarmog‘ini saqlab turish bo‘yicha ishlarni birinchi navbatda amalga oshirgan holda yo‘l tarmog‘i xavfsizligini ta'minlash;
- eskirgan yo‘l qoplamasi va boshqa yo‘l inshootlari tiklanishini ta'minlaydigan hajmlarda ta'mirlash ishlarini olib borish;
- yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, transport-yo‘l majmuasining atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish;
- iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, avtoyo‘llar tarmog‘ini takomillashtirish va kengaytirish hamda davlatning strategik vazifalarini hal etish;
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yo‘l industriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- davlat yo‘l siyosatining va yo‘l qurilishi rivojlanishini tartibga solishning asosi sifatida yo‘l xo‘jaligining normativ-huquqiy va texnik bazasini yanada takomillashtirish;
- an'anaviy avtoyo‘l yo‘laklarini rivojlantirish, zamonaviy avtotransport vositalari yuqori darajada qulay va xavfsiz harakatlanishini ta'minlash uchun mavjud yo‘llarni modernizatsiyalash orqali ularning texnik
- darajasini oshirish, yirik shaharlarga kirishda avtomagistrallarning eng serqatnov uchastkalarini rekonstruksiya qilish va aholi punktlaridagi tranzit oqimlarini bartaraf etish va atrof muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish maqsadida aholi punktlarini aylanib o‘tadigan yo‘llar qurish;
- xalqaro transport yo‘laklari tarkibidagi eng yirik markazlar o‘rtasidagi aloqani ta'minlash va ularni Yevropa hamda Osiyo xalqaro avtomobil yo‘llari tizimiga birlashtirish uchun ko‘p bo‘lakli avtomagistrallar va tez yurish imkonini beradigan yo‘llar tarmog‘ini shakllantirish hamda rivojlantirish, muhim transport tugunlariga, dengiz portlariga, terminallar va transport infratuzilmasining boshqa obektlariga kirishni ta'minlash orqali mamlakat transport tizimi uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashish;
- avtotransport ortiqcha yo‘l bosishiga barham berish va tuman markazlari hamda yirik aholi punktlari o‘rtasida eng yaqin marshrutlar bo‘yicha aloqani ta'minlash uchun mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘i shakllanishini yakunlash, mintaqaviy yo‘l tarmog‘ining yuzaga kelgan tuzilmasini to‘ldiradigan yangi xordali va bog‘lovchi yo‘llar qurish;
- trassalar o‘tish qobiliyati oqilona bo‘lishini ta'minlash va transport oqimlari serqatnov avtoyo‘l tugunlarini chetlab o‘tishini, rivojlanayotgan hududlarning avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘i bilan transport-iqtisodiy aloqasini ta'minlaydigan yangi avtoyo‘l yo‘nalishlarini shakllantirish;
- chegara tumanlarida chet mamlakatlarga transportda chiqish imkoniyatini ta'minlab, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish;
- urbanizatsiya yuqori bo‘lgan tumanlarning rekreatsion zonalarida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va obod qilish;
- eng yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yo‘l servisining an'anaviy xizmatlarini va harakatlanishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini rivojlantirish hisobiga yo‘llardan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish;
- avtomobil yo‘llariga tutashadigan hududlarning respublika hududlarida transport chiqindilari yetkazadigan salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish;
- avtomobil yo‘llarining ko‘kalamzorlashtirilishini va me'moriy-landshaft tuzilishini rivojlantirish.
Hozirda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida ham buyurtmachi, ham pudratchi, ham ekspluatatsiya qilish funksiyalari to‘planib qolgani oqibatida tizimdagi korxonalar xalqaro loyihalarda ishtirok eta olmayapti. Shu bois qurilish tashkilotlarini qo‘mita tarkibidan chiqarib, ular negizida “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, xususiy sheriklar ishtirokida tezkor avtobanlar qurishga katta e’tibor qaratiladi. Reklama qurilmalarini umumiy foydalanishdagi yo‘llarga joylashtirish uchun ruxsat berish vakolatini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga o‘tkazish taklif etilgan.
Mamlakatda jami yuklarning 98 foizi va yo‘lovchilarning 88 foizi avtomobil yo‘llari orqali tashiladi.
Avtomobil yo‘llarini qurish yoki ta’mirlash ishlariga xalqaro tashkilotlar va xususiy sheriklarni faol jalb qilish zarurligi aytilgan. Jumladan, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega 1 ming 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llarga doir 18 ta yirik loyihani shunday hamkorlik asosida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portali hamda ommaviy axborot vositalariga, shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Transport vazirligi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tajriba-sinov natijalariga ko‘ra ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilgan taqdirda, 2025-yil 1-dekabrga qadar keyingi yillar uchun autsorsing asosida ekspluatatsiya qilinadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini autsorsing asosida ekspluatatsiya qilish ishlari 2024-yil 1-maydan boshlab davlat budjetidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ekspluatatsiya qilish hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va ularning oldini olish ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq moliyalashtiriladi.
Transport vazirligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat transport universitetida yo‘l xo‘jaligi xodimlari, shu jumladan, xususiy sektor vakillari uchun “Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish” yo‘nalishida malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etadi.
Bunda avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etishning umumiy tamoyillari, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jihozlashda eng ilg‘or texnologiyalarni va zamonaviy usullarni tanlash, avtomobil yo‘llari holatini monitoring qilish va baholash, ekspluatatsiya qilish xarajatlari smetasini hisoblash, eng maqbul texnologiyalarni tanlash, sifat menejmentini joriy qilish bo‘yicha o‘quv modullari inobatga olinadi.
Autsorser davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq eng yaxshi takliflarning davlat xaridlari elektron tizimi orqali amalga oshiriladigan tanlash (keyingi o‘rinlarda — tanlash) yoki tender savdolari asosida aniqlanadi.
Umum foydalanadigan yo‗llarining zichligi km 1000 kv km hududiga
Talabgorlar quyidagi holatlarda tanlash yoki tender savdolarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
- yo‘l qurilish-ta’mirlash yo‘nalishida uch yildan kam tajribaga ega bo‘lgan tashkilotlar;
- ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar;
- buyurtmachi rahbar xodimlarining yaqin qarindoshlari ta’sisligida tashkil etilgan tashkilotlar;
- xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining rahbari yoki ta’sischisi buyurtmachi va uning rahbarlariga nisbatan bevosita bog‘liq bo‘lsa yoxud ulardan birortasi ushbu tashkilotning ta’sischisi yoki rahbari hisoblansa;
- talabgor davlat xaridlari to‘g‘risidagi maxsus axborot portalining insofsiz ishtirokchilari yagona reyestriga kiritilgan bo‘lsa;
- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslari hamda boshqa resurslarning mavjud emasligi;
- soliqlar, yig‘imlar hamda kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi;
- o‘ziga nisbatan joriy etilgan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib taomillarining mavjudligi;
- talabgorning oldingi yo‘l-qurilish obyektlari bo‘yicha bajarilmay qolgan majburiyatlari bo‘lgan taqdirda.
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga autsorser javobgar hisoblanadi.
Xulosa
Avtomobillarning ishlash sharoitida yuqori texnik tayyorligi ishlab chiqarish texnika negizi tomonidan ta’minlanadi.
Avtomobillar texnik tayyorligini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan korxonalar majmuiga avtotransport tarmog‘i korxonalari (ATTK) deyiladi. Avtotransport tarmog‘i korxonalari ish bajarish funksiyalariga kО‘ra quyidagi 4 guruhga bО‘linadi:
-Avtoekspluatatsion -Xizmat kО‘rsatish -Avtota’mirlash -Yordamchi
1. Avtoekspluatatsion korxonalar avtomobillarning ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) yuk yoki yО‘lovchi tashish; b) Avtomobillarni saqlash;
v) TX va T xizmati kО‘rsatish; g) Yonilg‘i - moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash.
Agar yuqoridagi 4 ta funksiya tО‘liq bajarilsa, kompleks korxona deb ataladi, agar bironta funksiya yoki uning bir qismi bajarilmasa u nokompleks korxona hisoblanadi va kooperatsiyalashgan korxona deb ataladi.
Avtomobillar soniga qarab avtoekspluatatsion korxonalar quyidagilarga bО‘linadi:
- avtotransport korxonalari (tarkibida 100-500 avtomobili bО‘ladi);
- avtokombinatlar (tarkibida 800-1500 avtomobili bО‘ladi);
- ishlab chiqarish avtotransport birlashmalari (shahar va viloyatlarda 600 dan 3000 gacha avtomobili Bо‘ladi).
Foydalanilgan adabiyotlar
1.G.M.Hapolskiy "Texnologicheskoye proyektirovaniye ATP i STO", Uchebnik dlya vuzov. - M., Transport, 1993.
2.L.L.Afanasyev i dr. Garaji i stansii texnicheskogo obslujivaniya avtomobiley. M., Transport, 1980.
3."О‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakatdagi tarkibining texnik xizmat va ta’miri hakidagi Nizom" - Toshkent, korporatsiya "Uzavtotrans". 1999.
|
| |