Keywords:
taxes, tax policy, tax code, investments, mandatory payments,
information and communications, benefits, liberalization, simplification
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1439
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda
mamlakatning
investisiyaviy
jozibadorligini
yaxshilash
-
soliq
siyosatini
takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik
va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga,
shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yig’iluvchanligining zarur darajasini
ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko’rsatdi, xususan:
1
✓
birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to’lovchilar uchun soliq yuki
darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va
umumbelgilangan tizimida soliqlarni to’laydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;
✓
ikkinchidan, qo’shilgan qiymat solig’ini undirishning samarasiz tizimi, soliq
to’lovchilarning aylanma mablag’larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol
mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik
va kichik biznes o’rtasidagi kooperasiyaning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan
majburiy to’lovlarning mavjudligi;
✓
uchinchidan, soliq to’lovchilar tomonidan xodimlarning Real sonini va
mehnatga haq to’lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to’lash fondi
soliq stavkalarining yuqoriligi;
✓
to’rtinchidan, imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish
bo’yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog’lom raqobatni ta’minlashga
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni soliq va bojxona, shu
jumladan individual xususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar hisobiga qo’llab-quvvatlash
amaliyotining keng tarqalganligi;
✓
beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o’rtasida axborot almashish
mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga
oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi;
✓
oltinchidan, o’tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatuvchi va insofli tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga aralashishlarni
kamaytirishga to’sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni
tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo’qligi;
✓
ettinchidan,
mahalliy
soliq
va
yig’imlarning
ma’muriyatchiligi
mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig’iluvchanlik darajasi etarli
emasligi, shuningdek, ko’chmas mulk va er uchastkalarini to’liq hisobga olish va
qiymatini ob’ektiv aniqlashning mavjud emasligi.
1
Tilabov N.T.
Liberalization of tax policy - guarantee of ekonomic stability. "Science and Education" Scientific Journal.
MAY 2021/VOLUME 2 ISSUE 5. 1097-1112. www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1440
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining "O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida"gi 2017 yil 07-fevral PF-4947-sonli
2
va "2022-2026 yillarga
mo’ljallangan yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi to’g’risida"gi 2022 yil
28-yanvar PF-60-sonli
3
Farmonilari asosida belgilangan soliq yukini kamaytirish va
soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish
vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi
natijalari hamda xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning
tavsiyalaridan kelib chiqib quyidagilar O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish asosiy yo’nalishlari etib belgilandi;
✓
iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo’yicha soliqlarni
to’laydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi soliq yuki darajasidagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
✓
soliqlarni unifikasiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish,
shuningdek, o’xshash soliq solish bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birlashtirish, soliq
hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operasion xarajatlarni minimallashtirish;
✓
makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;
✓
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-
huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq
to’lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
✓
soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti
hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini
hamda O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi normalarining to’g’ridan-to’g’ri amal
qilishini ta’minlash, shu jumladan Kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
stavkalarining miqdorlarini belgilash;
✓
xorijiy investorlar va investisiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni
har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
✓
soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish
ob’ektlari hamda soliq to’lovchilarni yanada to’liq qamrab olish va hisobini
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish
hisobiga
takomillashtirish,
transfer
narxlarni
shakllantirish
bilan
bog’liq
operasiyalarga soliq solish tartibini joriy etish, kabi soliq siyosatining eng muhim
asosiy yo’nalishlari belgilab olindi.
2
https://lex.uz/docs/3107036
3
https://lex.uz/docs/5841063
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1441
Dunyo tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotni soliq siyosatini takomillashtirish
orqali tartibga solish instrumenti har qanday mamlakatning eng muhim yo’nalishi
hisoblangan moliyaviy siyosatning dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Chunki sof fiskal funktsiyadan tashqari soliq siyosati ijtimoiy ishlab chiqarishga,
uning tarkibiy tuzilishiga va dinamikasiga, joylashishiga, ilmiy-innovasiya
taraqqiyotini jadallashtirishga iqtisodiy ta’sir ko’rsatuvchi asosiy mexanizm bo’lib
ham xizmat qiladi.
4
Mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil da’vom
ettirish, milliy iqtisodiyotni rivojlangan zamonaviy bozor iqtisodiyoti darajasiga
ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish,
jahon iqtisodiyoti integrasiyasiga jadal kirib borishda moliyaviy siyosatning asosiy
ustivor yo’nalishi bo’lgan soliq siyosati dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Soliq siyosatining o’zi nima, uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari
nimalardan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish
kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish
maqsadga muvofiq?
Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda, bizningcha, uning
quyidagi jihatlariga e’tibor bermoq lozim:
✓
makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy bir qismi. Uning bunday
ko’rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko’rinish)larining ma’lum bir belgilarga iqtisodiy
siyosatning qaysi darajada ketayotganligiga qarab turkumlarga ajratish natijasi
hisoblanadi;
✓
moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy bir qismi. Uning bunday
ko’rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko’rinishlarining boshqa bir belgi iqtisodiy siyosatni
amalga oshiruvchi instrument)larga qarab turkumlarga ajratish natijasidir;
✓
ma’lum ma’noda va ba’zi bir istisnolarni hisobga olgan holda, bir vaqtning
o’zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyosatning va makroiqtisodiy siyosatning ham
tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin;
✓
xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosat to’g’risida gap ketganda,
uning konkret mazmuni byudjet-soliq siyosati orqali namoyon bo’layotgan bo’lishiga
qaramasdan, bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy
siyosatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilishiga etarli darajada asos bo’laolmaydi.
Chunki aslida, o’shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy siyosatdan
ajratib bo’lmaydi.
Ko’p hollarda, haqiqatdan ham xorij amaliyotida "fiskal siyosat" deyilganda
"moliyaviy siyosat" nazarda tutiladi va aksincha;
4
Tilabov N.T.
Liberalization of tax policy-guarantee of ekonomic stability. "Science and Education" Scientific Journal.
MAY 2021/VOLUME 2 ISSUE 5. 1097-1112. www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1442
✓
byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosatdan ajralgan holda, mustaqil ravishda,
iqtisodiy siyosatning ham va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiga bevosita
(to’g’ridan-to’g’ri) kiraolmaydi;
✓
iqtisodiy siyosat doirasida soliq siyosati xususida gap ketayotganda moliyaviy
siyosat to’g’risida gap ketmayapti, deb bo’lmaydi;
✓
makroiqtisodiy siyosat doirasida ham soliq siyosati to’g’risida gap ketganda
uni moliyaviy siyosatdan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas
✓
har bir mamlakatda soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq
etilishi, o’z-o’zidan emas, balki ob’ektiv reallikka asoslanadi. Bu erda, eng avvalo,
inobatga olinishi lozim bo’lgan narsa shu mamlakatda bozor munosabatlari unga
o’tishning qanday modeliga borib taqalishi bilan belgilanadi.
Bozor iqtisodini shakllantirish modellari sun’iy tarzda emas, balki tabiiy ravishda
mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan, soliq siyosatiga ham o’z ta’sirini
ko’rsatmasdan qolmaydi. Chunki bozor iqtisodini shakllantirishning har bir modeli
faqat o’ziga xos bo’lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular, albatta, siyosatda o’z izini
qoldiradi.
Byudjet siyosati doirasidagi eng dolzarb muammolarning barchasi, beixtiyor,
byudjet defisitiga borib taqaladi. Birgina uning darajasiga qarab turib, byudjet
siyosatining ahvoliga makrodarajada baho berish mumkin. Bir vaqtning o’zida, byudjet
defisitining darajasi har qanday davlatning moliyaviy mustaqilligini belgilashda
muhim ahamiyatga ega
Soliq siyosati o’rganishda zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni
hayotga tadbiq etishning fundamental asoslariga jiddiy e’tibor qaratilishi muhim o’rin
tutadi.
Ular soliqlar,
✓
soliq tizimi va soliq siyosatidagi vaziyat;
✓
soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati;
✓
soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining
printsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta’siri;
✓
iqtisodni tartibga solish instrumenti sifatida soliqlar va soliq siyosati;
✓
soliq siyosati va xorijiy investisiyalarni jalb qilish masalalari kesimida bayon
qilindi.
Soliq yuklamasiga nisbatan bo’lgan munosabat masalasi soliq siyosatida eng
muhim o’rin tutadi. Amaliyotda unga nisbatan befarq bo’lgan soliq to’lovchini
topishning iloji yo’q. Ko’pchilikning nazarida barcha iqtisodiy muammolarning
echimi, oxir-oqibatda, soliq yuklamasiga borib taqaladi.
Soliq
siyosatining
zamonaviy
dolzarb
muammolari,
ularga
nisbatan
bildirilayotgan e’tirozlar, muammolarni hal etish va e’tirozlarni yumshatish yo’llari
ham hozirgi sharoitda soliq siyosatinig dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1443
Shuningdek, byudjet defisitini kamaytirish soliq siyosatining Markaziy masalasi
hisoblanadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat
ko’rsatishi, odatda, unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini
taqozo etadi.
Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet
shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga
oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi
byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi.
Byudjet daromadlari va xarajatlarining o’zaro to’g’ri nisbati xususidagi muammo
moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir
to’xtamga kelinmagan.
Munozaralarda ishtirok etuvchilarni, eng umumiy ko’rinishda, ikki guruhga
ajratish mumkin bo’lib, ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi:
✓
keynschilar maktabining vakillari;
✓
neoklassik yo’nalishdagi maktabning vakillari.
Keynschilar maktabining vakillari tizimli yoki doimiy byudjet defisiti
kontsepsiyasini qo’llab-quvvatlab, ular bunda q byudjet defisiti milliy iqtisod uchun
xavf tug’dirmaydi, degan ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar.
Buning sababi shundaki, byudjet defisiti sharoitida barcha xarajatlar, shu
jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo’lgan qismi ham shu byudjet defisiti
mavjud bo’lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa, o’z navbatida,
undagi turmush sharoitining oshishi (yaxshilanishi)ga o’zining ijobiy ta’sirini
ko’rsatadi. Albatta, milliy iqtisoddan chetga chiqib ketuvchi mablag’larning oqib
ketishini anglatuvchi tashqi savdo balansining salbiy qoldig’i bundan mustasno.
Byudjet defisiti, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, o’z navbatida, byudjet
mablag’larini oluvchilar, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi daromadlarining
oshganligini anglatadi. Bu byudjet defisitining ular sotib olish qobiliyatining
o’sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko’lamining kengayganligiga ijobiy ta’sir
ko’rsatganligini bildirib, bularning hammasi, oxir oqibatda, byudjetga kelib tushishi
mumkin bo’lgan soliq to’lovlari hajmi (miqdori)ning kengayishi (oshishi)ga olib
keladi.
5
Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar
maktabining qarashlariga butunlay teskari bo’lib, ular byudjet defisitiga nisbatan
quyidagi xavflarning mavjud ekanligini ko’rsatib o’tadilar:
✓
hozirgi kun (davr)da mavjud bo’lgan byudjet defisiti, pirovardida, (yaqin)
kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo’lishini taqozo etadi;
5
Tilabov N.T.
At the current stage, the budget is a tax policy and its distinctive features. FINANCE Materials of the
international scientific and practical conference May 20, 2021. ISBN 978-9943-13-999-7. 102-107 bet. © “IQTISOD-
MOLIYA”, 2021 © TMI, 2021.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1444
✓
byudjet defisitini qoplash (moliyalashtirish) uchun favquloddagi daromadlar -
pul va qarzlar emissiyasi, kreditlar va boshqalar - jalb qilinib, bu o’z navbatida,
mamlakatning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyasion jarayonlarning
kuchayishiga, davlat qarzlarining o’sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-
oqibatda, milliy iqtisod va davlatning rivojlanishiga o’zining salbiy ta’sirini
ko’rsatmasdan qolmaydi.
Byudjet defisiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv (strategiya)
quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
✓
byudjet defisitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodni "davolash" o’rniga uning kasalligi
kuchayadi;
✓
byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisoddan dalolat bermaydi.
Byudjet defisitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy (ichki)
mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq
qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak, ya’ni byudjet
defisitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat moliyaviy siyosatini qayta ko’rib chiqib
soliq siyosatida o’zgarishlarni amalga oshirish kerak.
Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish
maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskuna
(stanok)ni ishga solmaslik kerak.
Byudjet defisitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun,
birinchi navbatda, iqtisodning o’zini "davolamoq" lozim. Aks holda, ana shu maqsadga
erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi.
Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida zamonaviy soliq siyosatini ishlab
chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental asoslari byudjet defisitining
darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim
bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari ishlab chiqib u quyidagilardan
iborat bo’lishi lozim:
✓
byudjet xarajat (mablag’)larining investision yo’nalishini o’zgartirish, ularni
eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish;
✓
xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
✓
davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodi sohasini qisqartirish, xorijiy
davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
✓
harbiy xarajatlarni qisqartirish;
✓
eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1445
✓
qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish;
✓
xorijiy sarmoyalarni jalb etish va va boshqalar.
Hozirgi global sharoitda zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga
tadbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Soliqlar muammosi bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar amaliyotidagi eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi
kunda juda keskin tanqidga uchrayotgan, juda qaynoq munozaralarga sabab
bo’layotgan, isloh qilish bo’yicha tahlil ob’ekti va qarama-qarshi g’oyalarga ega
bo’layotgan soliqlardan bo’lak islohotlarning boshqa bir yo’nalishi yo’q. Tabiiyki,
ideal (benuqson) soliq tizimini jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos
xususiyatlari, undagi yaratilgan ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga oluvchi
muhim nazariy asos yordamidagina yaratish mumkin.
6
Soliq tizimi tadbirkorlikning taraqqiy etishiga yordam berishi va bir vaqtning
o’zida aholining kam ta’minlangan qatlami turmush tarzining pasayib ketishiga
to’sqinlik qilishi kerak.
Ana shunday sharoitda soliq tizimini tashkil qilishning asosiy printsiplari
tariqasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
✓
yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlari, ularning mulkiy ahvolini
hisobga olish imkonini beruvchi soliq tizimi, ularning turlari, to’g’ri (bevosita) hamda
egri (bilvosita) soliqlar nisbatining bozor iqtisodining rivojlanishiga mos tarzda
rivojlanishi;
✓
mulkchilik shakliga va uning tashkiliy-huquqiy shakllariga bog’liq bo’lmagan
holda xo’jalik yuritishning samaradorligi uchun barcha soliq to’lovchilarga nisbatan
yagona talablarni o’rnatish maqsadida soliqqa tortish uslublarini universallashtirish;
✓
daromad olishning manbai, xo’jalik yuritish sohasi va iqtisodning tarmog’iga
bog’liq bo’lmagan holda soliq miqdorini hisoblashda bir xil yondoshish;
✓
soliqqa tortishning bir martalilik tamoyilini ta’minlash va ikki martalik soliqqa
tortishga yo’l qo’ymaslik;
✓
soliq to’lovchiga korxona va tashkilotning sog’lom rivojlanishini
ta’minlaydigan, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkonini beruvchi soliqqa
tortishning hissasini (qismini) hamda soliq stavkasini belgilashning (o’rnatishning,
aniqlashning) ilmiy jihatdan asoslanganligi;
✓
uzoq vaqt davomida soliq stavkalarining barqarorligini, ularni hisoblashning
oddiyligini ta’minlash;
6
Tилабов Н.T.
Ҳозирги глобал инқироз шароитида Ўзбекистон иқтисодиётида бюджет-солиқ сиёсатининг
долзарб масалалари. “Инновацион иқтисодиёт шароитида молия тизимини ривожлантиришнинг замонавий
тенденциялари ва истиқболлари” мавзуcидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари
тўплами. –Т.: ТМИ., 2020. - 356 б. 81-82 бетлар.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1446
✓
tadbirkorlik faoliyatiga mablag’larni investisiyalashtirish jarayonini Real
rag’batlantiradigan va bir vaqtning o’zida ijtimoiy adolat printsiplariga javob
beradigan, fuqarolarga kun (hayot) kechirish minimumini kafolatlaydigan soliq
imtiyozlari tizimini o’rnatish;
✓
soliq to’lovchilarning barcha toifalariga nisbatan soliq imtiyozlarining
yagonaligi;
✓
kuchli, aniq ishlaydigan, texnik jihatdan yaxshi jihozlangan soliq xizmatini
yaratish;
✓
davlat boshqaruv darajasi bo’yicha soliqlarning aniq taqsimlanishi.
|