28
банковское дело. Данная статья важна для формирования стратегии экономического
развития Узбекистана и представляет новости о последних научных исследованиях в
области цифровых технологий и их роли в экономике Узбекистана.
Ключевые слова:
цифровые технологии, экономическое развитие, Узбекистан,
влияние, анализ, развитие, цифровизация, экономика, инновации.
Kirish.
Raqamli texnologiyalar jahon iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularga doir
strategiyalar va dasturlar iqtisodiy rivojlanishni kengaytirishga qaratilmoqda. O‘zbekiston ham
o‘z iqtisodiy rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarni kengaytirish va samarali
foydalanishga e’tibor qaratyapti. Bu davrda O‘zbekistonda elektron tijorat, dasturlash va
texnologiyalarni o‘zlashtirish sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi, jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashish
va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotganida,
raqamli texnologiyalar va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirining tahlili
ko‘rsatkichlar ustida keng muhokama mavzulari bo‘lib turadi.
“RAQAMLI O‘ZBEKISTON-2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga
barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgani hamda eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va
ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy
hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni
raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan,
intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan jamiyat”
muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Ayni damda jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga
keltirdi. Kam o‘rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab
chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat
qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini
taqdim etadi. Iste’molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat hamda qulaylik yaratiladi. Bu
vaqtingiz tig‘iz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi
chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo‘natishdan ko‘ra kengroq imkoniyatlar bo‘lib,
transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham
qamrab oladi.
Mamlakatimiz uchun dolzarb sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish
jarayoni yurtimiz rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ro‘yxatda agrar soha muhim
o‘rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani
ro‘yobga chiqarish mo‘ljallanyapti. Aytish kerakki, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga raqamli
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo‘lgan masalalar oz
emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda
juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni,
yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik
tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi. [1]