|
O'zbeklston respublikasi axborot texnologiy
|
bet | 32/50 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #239889 |
Bog'liq Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov
Ovoz kodeklari qaerda ishlatiladi?
Ovozni paketga aylanishi qanday amalga oshiriladi?
Xizmat ko‘rsatish sifati nima?
IP kanalning o‘tkazuvchanlik xususiyati nima?
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TRANSPORT POG‘ONASI PROTOKOLLARI
Transport pog‘onasi protokollari: UDP, TCP va SCTP
Transport pog‘onasining asosiy maqsadi – o‘zining foydalanuvchilariga ishonchli, tejamli (resurs va kanallardan foydalanish rejasi asosida) va foydali xizmatlarni taqdim etishdan iborat (amaliy pog‘onada, 4.1-rasm).
– rasm. Transport pog‘onasi protokolini qo‘llanilishi Transport pog‘onasining funksiyasi:
foydalanuvchiga ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazib berilishini tekshirish;
ulash, o‘rnatish;
qabul qilganligi haqida hisobot;
yo‘qotilgan yoki noto‘g‘ri yuborilgan ma’lumotlarni qayta jo‘natish;
oqimlarni boshqarish.
Qabul qiluvchining manzilini to‘g‘riligini tekshirish uchun psevdosarlovha
tuzilishi (UDP va TCP uchun)dan foydalanadi.
Transport pog‘ona protokollaridan ommaboplari TCP va UDP protokollari hisoblanadi:
TCP protokoli – bu ishonchli protokol, ma’lumotlarni tartibli uzatish ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta’minlaydi.
UDP protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‘ljallangan, ma’lumotlarni uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini nazorat qilmaydi (4.2-rasm).
Lekin UDP protokoli tez ishlaydigan protokol hisoblanadi va xabarlar chegarasini ta’minlaydi.
– rasm. UDP sarlovha tuzulishi
|
| |