|
Amir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal qilgan
| bet | 23/179 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #265905 |
Bog'liq O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw mAmir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal qilgan:
-
Har erda va har vaqtda islom dinini qo’llab-quvvatlagan.
-
Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan.
-
Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan.
-
Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib boshqargan.
-
Amirlar va sipohiylarga hurmat ko’rgazgan.
-
Adolat va insofga tayangan.
-
Fuqarolarga izzat-hurmat ko’rgazgan.
-
Azmu jazm bilan ish tutgan.
-
Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo’lgan.
-
Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat ko’rsatgan.
-
Do’stlarni unutmagan va ularga yordam bergan.
-
Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan.
“TEMUR TUZUKLARI”DAGI O’GITLARNI MOHIYATI VA VAZIFASIGA KO’RA QUYIDAGI GURUHLARGA AJRATISH MUMKIN:
|
“TEMUR TUZUKLARI”DAGI O’GITLARNING AXLOQ VA ODOBGA DOIR TURLARI:
|
1. Din va shariatga doir.
2. Davlat va uni idora etishga doir.
3. Kengash o’tkazishga oid.
4. Podsho va vazirlarga doir.
| -
Adolat va adolatsizlik.
2. So’z va ishonch birligi.
3. Do’st va dushmanlik.
4. Botirlik va qo’rqoqlik.
5. So’z va shirin-suxanlik.
|
“Temur tuzuklari”dagi hikmatlardan namunalar:
-
Adovat emas, adolat engadi.
-
So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin.
-
Ota bo’lmagan, ota qadrini bilmas.
-
Do’shmandan qo’rqma, munofiqdan qo’rq.
-
Ishon. Ammo shubha qil.
-
Kuch – adolatdadir.
-
Do’stlik sinovda chiniqadi.
-
Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l.
-
Toy mingan – ot ham minadi.
-
Botir jangda bilinar, dono – mashvaratda.
-
Birliksiz kuch bo’lmas.
|
| |