O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir




Download 134.26 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi134.26 Kb.
#81598
  1   2
Bog'liq
ELEKTRONIKA M.ISH
NEXIA 3 LTZ, PJN UMK asosiy, 10.sinf mat monitoring2

Elektr mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektr-mexanik o‘zgartgich (EMO‘)dir. Elektr mashinalarida energiyaning elektr-mexanik o'zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangarv, shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashinalari deyiladi.
O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir. Elektr-mashinaviy o ‘zgartgichlar (masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan,) va kam quwatli elektr signallar vositasida nisbatan katta quwatli obyektlami boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o'tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlami amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan. Elektr mashinalarining tasnifi. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra 0 ‘zgaruvchan va o ‘zgarmas tok mashinalariga bo’linadi.
O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog‘liq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo‘linadi (1- rasm). Asinxron mashinalar tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f = 50 Gz) 0‘zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generatorlar va mustaqil elektr energiya iste’molchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi. 0 ‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tkakollektor qurilmasining tez-tez profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy xo‘jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi.

Aylanuvchi qismli induktiv elektr mashinalarining tasnifi va qanday maqsadlarda qo’llanilishiga oid sxema

O‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida aylanish chastotasi keng ko’lamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash sistemalarida esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida keng foydalaniladi.



Download 134.26 Kb.
  1   2




Download 134.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir

Download 134.26 Kb.