Turtki impuls mexanizmlari




Download 1.15 Mb.
bet2/2
Sana20.05.2023
Hajmi1.15 Mb.
#62566
1   2
Bog'liq
Ozgaruvchan-tokni-togrilash-mexanizmlari
2-лаб, xusanov fizika 16

Turtki impuls mexanizmlari

  • Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi kundan kunga raqamli uskunalar,
  • EHM, nazorat mexanizmlari, avtomatik elektr yuritmalar va hokazolar bilan jihozlanmoqda.
  • Barcha raqamli uskunalarning ishlash prinsipi turtki rejimda ishlovchi mexanizmlarga asoslangan. Turtki impuls deb, qisqa vaqt ichida qiymatini o‘zgartirib turuvchi elektr (tok, kuchlanish, quvvat va hokazo) kattalikka aytiladi. Turtkining shakli 32-rasm, a va b da ko‘rsatganimizdek har xil bo‘lishi mumkin. Turtkini xarakterlovchi kattaliklar: t – davr va turtkining o‘zgarish tezligi; U – chastotadir. Turtkining chastotasi har xil uskunalarda har xil bo‘ladi. Masalan, EHMda bu chastota qancha katta bo‘lsa, EHMning ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Turtki mexanizmining chastotasi amplituda-chastota egri chizig‘i bilan xarakterlanadi.

Turtkilar majmuasi axborotni mujassamlaydi. Masalan, turtki «1» raqamli bo‘lsa, turtki bo‘lmagan vaqtni «0» deb olamiz. Mana shu ikki raqam orqali barcha kattaliklar, tushunchalar, mantiq elementlari, xullas, istalgan fikr, raqam va hokazo ifodalanadi. Raqamli EHMning asosi mana shu prinsipga, ya’ni barcha tushuncha, raqam, matn va mantiq tushunchalarini ikki raqam bilan ifodalashdir. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, EHMning asosi bo‘lmish raqamli tuzilma hozirgi vaqtda radio-teleapparaturaga, avtomatik yuritmalarga, elektr o‘lchash va nazorat asboblariga, uy-ro‘zg‘or uskunalariga, xullas, turmushning barcha sohalariga kirib kelyapti. Turtki mexanizmlarining asosiylaridan biri – bu trigger hisoblanadi. Uning sxemasi 33-rasmda ko‘rsatilgan. Birinchi tranzistorga boshlang‘ich turtki berilganda birinchi T1 ochiladi, turtki ma’lum kattalikka yetgandan keyin T1 yopiladi va T2 ochiladi. Shunday qilib, T1 va T2 navbatma-navbat ochilib-yopiladi, natijada chiqish kuchlanishi U2 turtki ko‘rinishida (32-rasm) o‘zgaradi. Arrasimon kuchlanish ishlab chiqaruvchi mexanizm ham turtki mexanizmiga kiradi.

  • Turtkilar majmuasi axborotni mujassamlaydi. Masalan, turtki «1» raqamli bo‘lsa, turtki bo‘lmagan vaqtni «0» deb olamiz. Mana shu ikki raqam orqali barcha kattaliklar, tushunchalar, mantiq elementlari, xullas, istalgan fikr, raqam va hokazo ifodalanadi. Raqamli EHMning asosi mana shu prinsipga, ya’ni barcha tushuncha, raqam, matn va mantiq tushunchalarini ikki raqam bilan ifodalashdir. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, EHMning asosi bo‘lmish raqamli tuzilma hozirgi vaqtda radio-teleapparaturaga, avtomatik yuritmalarga, elektr o‘lchash va nazorat asboblariga, uy-ro‘zg‘or uskunalariga, xullas, turmushning barcha sohalariga kirib kelyapti. Turtki mexanizmlarining asosiylaridan biri – bu trigger hisoblanadi. Uning sxemasi 33-rasmda ko‘rsatilgan. Birinchi tranzistorga boshlang‘ich turtki berilganda birinchi T1 ochiladi, turtki ma’lum kattalikka yetgandan keyin T1 yopiladi va T2 ochiladi. Shunday qilib, T1 va T2 navbatma-navbat ochilib-yopiladi, natijada chiqish kuchlanishi U2 turtki ko‘rinishida (32-rasm) o‘zgaradi. Arrasimon kuchlanish ishlab chiqaruvchi mexanizm ham turtki mexanizmiga kiradi.

Download 1.15 Mb.
1   2




Download 1.15 Mb.