|
I. Kolbasa mahsulotlari va qazini tekshirish usullari
|
bet | 85/107 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #125754 |
Bog'liq portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursiI. Kolbasa mahsulotlari va qazini tekshirish usullari
So‘yishdan oldin mallein bilan tekshirilmagan ot go‘shtidan qazi tayyorlash ta’qiqlanadi. So‘yishdan oldingi mallenizatsiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi veterinariya hujjatlarisiz sotish uchun keltirilgan qazilar veterinariya-sanitariya ekspertizasidan va boshqa laboratoriya tekshirishlaridan o‘tkazilmaydi. Ular olib qo‘yiladi va utilizatsiya qilinadi
1. Tashqi ko‘rinishi, rangi va yuzasining holatini aniqlash vizual — ko‘z bilan tashqi tomondan qarash yo‘li bilan aniqlanadi.
2. Hidini (xushbo‘yligini) aniqlash.
Mahsulot yuzasida aniqlanadi. Zarur hollarda mahsulot ichidagi hidni aniqlash maqsadida maxsus yog‘och yoki metall igna olinib mahsulotning ichki qatlamiga sanchiladi, so‘ngra igna tezlik bilan sug‘urib olinadi va ushbu igna yuzasida qolgan hid aniqlanadi. Xuddi shunday usulda, texnologiyaga muvofiq, suyak bilan tayyorlanadigan mahsulotlardagi suyakka yopishgan mushak to‘qimasi qatlamidagi hid aniqlanadi.
3. Konsistensiyasini aniqlash.
Barmoqlar yoki shpatel yordamida bosib (ezib) ko‘rish orqali aniqlanadi.
4. Kesilgan mahsulotning sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash:
— ayni paytda uzunasiga hamda ko‘ndalangiga kesilgan kolbasa, go‘sht noni, zels, ilviralar va ko‘ndalangiga kesilgan cho‘chqa, qoramol, qo‘y, parranda va boshqa so‘yiladigan hayvonlar go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi (strukturasi va ingradiyentlarning taqsimlanishi), rangi vizual aniqlanadi;
— go‘sht mahsulotlarining hidi (xushbuyligi), ta’mi va shiradorligi ular kesib bo‘laklangan zahoti tatib ko‘rish orqali aniqlanadi, shu bilan birgalikda yot hid, ta’m, ziravorlarning xushbuyligi, dudlash, tuzlash darajasi aniqlanadi. Sosiska va sardelkalarning hidi, ta’mi va shiradorligi qizdirilgan holda aniqlanadi, buning uchun ular qaynab turgan suvga solinib, mahsulot o‘rtasidagi harorat 60 — 70°S darajagacha qizdiriladi. Odatdagi qobiqqa o‘ralgan sosiska va sardelkalarning shiradorligi ularni teshib ko‘rish orqali aniqlanadi. Sanchib teshilgan joydan suyuqlik tomchisi chiqishi shart;
— mahsulotning konsistensiyasi: bosib, kesib, chaynab, surtib (pashtetlar) ko‘rish orqali aniqlanadi.
Konsistensiyasini aniqlashda: zichligi, g‘ovakligi, yumshoqligi, qattiqligi, uvalanishi, massaning bir xilligi (pashtetlar uchun) qayd qilinadi.
5. Natriy xlorid (osh tuzi) miqdorini aniqlash usuli:
a) qaynatilgan kolbasalar uchun: kimyoviy stakanga maydalangan o‘rtacha namunadan q 0,01 g aniqlikda 5 g o‘lchab olinadi va 100 ml distillangan suv qo‘shiladi. 40 daqiqa tindirib qo‘yilgandan so‘ng (vaqti-vaqti bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtirilgan holda) suvli qismi qog‘oz filtr orqali filtrlanadi.
Pipetka bilan 5 — 10 ml filtrat konussimon kolbaga solinadi va byuretkadan 0,05 n kumush nitrat eritmasi bilan 0,5 ml 10 foizli kaliy xromat eritmasi ishtirokida to‘q sariq rangga kirgunga qadar titrlanadi;
b) yarim dudlangan, qaynatib-dudlangan, dudlangan kolbasa, qazi, tuzlangan bekon, cho‘chqa, qo‘y va qoramol go‘shtidan tayyorlangan (xom dudlangan, dudlama-qaynatma, dudlama-yopilma, yopilgan va qovurilgan) mahsulotlar uchun: kimyoviy stakanga maydalangan o‘rtacha namunadan q 0,01 g aniqlikda 5 g o‘lchab olinadi va 100 ml distillangan suv qo‘shiladi. Suv hammomida 40°S gacha qizdiriladi, ushbu haroratda 45 daqiqa (vaqti-vaqti bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtirilgan holda) saqlanadi va qog‘oz filtr orqali filtrlanadi.
Xona haroratigacha sovutilgandan so‘ng 5 — 10 ml filtrat 0,05 n kumush nitrat eritmasi bilan 0,5 ml 10 foizli kaliy xromat eritmasi ishtirokida to‘q sariq rangga kirgunga qadar titrlanadi.
Natriy xloridning miqdori foizda (X) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
0,00292 — natriy xloridning 1 ml 0,05 n kumush nitrat eritmasiga ekvivalent miqdori, g;
K — kumush nitratning 0,05 n eritmasi titriga tuzatma;
v — kumush nitratning 0,05 n eritmasidan sinalayotgan eritmani titrlash uchun sarflangan miqdori, ml;
v1 — titrlash uchun olingan suvli ajratma miqdori, ml;
m — o‘lchanma, g.
Parallel sinovlar o‘rtasidagi farq 0,1 foizdan oshmasligi shart. Ikki parallel sinov natijalarining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi yakuniy natija deb qabul qilinadi.
6. Kraxmal miqdorini aniqlash usuli
a) sifat ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlash:
Kolbasa yoki konservaning yangi kesilgan yuzasiga bir tomchidan Lyugol eritmasi tomiziladi. Kraxmal mavjud bo‘lsa kesma yuzasi ko‘k yoki qoramtir ko‘k rangga bo‘yaladi.
II. Qazining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Ta’rifi va me’yori
|
“O‘zbekiston” qazisi
|
“Toshkent” qazisi
|
Kabob (shashlik) kolbasasi
|
Tashqi ko‘rinishi
|
Batonlarning yuzasi toza, biroz nam, qobig‘i zararlanmagan, dog‘larsiz
|
Konsistensiyasi
|
Zich
|
Hidi
|
Ziravorlar solingan yaxshi sifatli go‘shtga xos bo‘lib, keskin yoki yot hidlarsiz.
|
Batonlar shakli va o‘lchami
|
Batonlar shpagat bilan, ichki diametri 10 — 15 sm qilib, halqa ko‘rinishida bog‘langan, bir uchida ko‘ndalang bog‘lamsiz yoki bita ko‘ndalang bog‘lamli
|
Batonchalar uzunligi 10 — 12 sm qilib bog‘langan, 4-5 tadan batonchalar halqa qilib ulangan
|
Osh tuzining massa ulushi foizda, ko‘p emas
|
4,0
|
4,0
|
3,0
|
|
| |