|
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 1,45 Mb. | | #265175 |
Bog'liq islom
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
DAVRIY USULDA YILIGA 1,8 MLN DAL PIVO ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI
Rahbar: Zokirov B.
Bajardi: Raxmatov I
Shahrisabz - 2023
Pivo qadimiy ichimlik bo‘lib, uning kelib chiqish tariхi arхeologik topilma va qazilmalarga asosan bundan 7000 yil avval paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Pivo to‘g‘risidagi eng qadimiy eslatmalar eramizdan avvalgi 2800 yil (Mesopotamiya) Shumer qo‘lyozmalarida uchraydi. Bunda ishchilarning kunlik ovqatlanish ratsioni pivo va non hisoblangani aytib o‘tilgan.
Keyinchalik pivo ishlab chiqarish ko‘pchilik arхeologik topilmalar va rasmlardan qadimiy Misrda rivojlanganligidan dalolat bermoqda.
Yevropada pivo qadimiy germaniyaliklar hamda skif va keltlarning sevimli ichimligi hisoblangan. Pivo kunlik ovqat singari uy sharoitida tayyorlangan. O‘rta asrga kelib pivo tovar holda ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asr o‘rtalarida Yevropa va Amerikada pivo ishlab chiqaruvchi ko‘plab sanoat korхonalariga asos solindi, eski korхonalar moderinizatsiya qilindi. O‘sha davrdagi ko‘pgina pivo ishlab chiqaruvchi korхonalar hozirgi kunda sanoat gigantlariga aylandi.
Pivo sharbati olishda solod, arpa va boshqa undirilmagan mahsulotlar ishlatiladi. Demak pivo sharbatini olish uchun donli mahsulotlar ishlatilar ekan. Bu donli mahsulotlarni barchasi selyuloza qobiq eldoskaridaldan tashkil topgan. Doim bu ikkinchi komponenti fizik kimyoviy hossalarga ega. Qobiq qismi – seliloza tarkibida bo’lgan uglevodga boy moddalar va kul moddalardan tashkil topgan.
Qobiq qismi – gemiselilozali va peptin moddalardan tuzilgan qobiq qismining selilozadan iboratligini inobatga oladigan seliloza suvda erimaydi, ishqalanish jarayonida kirishmaydi, lekin qobiq ichidagi ohlovchi va taxir moddalar suvda erib pivo sharbatini ta’miga va rangiga yomon tasir ko’rsatadi. Shuning uchun hozirgi texnologiyada – solodning ekstraksiyalanishi 78.9% bo’lsa uning ekstraktivligi 88.9%, mayda yormaniki – 15.3% yirik yormaniki esa 22.2%.
|
| |