Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari. Mavzu




Download 69,28 Kb.
bet1/4
Sana29.11.2023
Hajmi69,28 Kb.
#107941
  1   2   3   4
Bog'liq
Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari (3)

Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari.

Bajardi: B21-06u-005-OOX guruh talabasi Qo’chqarov Umidjon

Xromotografiya va xromotografik taxlil usullari REJA: 1.Xromatografiyaning kelib chiqishi. 2. Xromatografiyaning turlari 3. Xromatogramma haqida tushuncha.

Xromatografiya ko'p komponentli aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish va moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o'rganish usuli tarzida juda keng qo'llaniladi. Bu usul murakkab tarkibli suyuq va gazsimon aralashmalarni tahlil qilishning samarali usulidir. Bu usulda qattiq moddalar suyuq yoki gazsimon holatga o'tkazilgandan keyin tahlil qilinadi. Xromatografiya usuli faqat kimyoda va biologiyadagina emas, balki fan va texnikaning boshqa ko'pchilik sohalarida ham muvaffaqiyat bilan qo'llanilmoqda. Gaz xromatograflari Venera (Zuhra) atmosferasiga tushirilgan asboblarda yaxshi ishladi. Tahlilning xramatografiya usuli ajratish va tekshirish usuli bo'libgina qolmay, shuningdek, ilmiy tadqiqot usuli hamdir. Xromatografik tahlil usullari soddaligi, samaradorligi, tanlovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik-kimyoviy usullar bilan birgalikda avtomatlashtirish mumkinligi tufayli keng tarqalgan. Xromatografiya usullarining o'ziga xos xususiyati ularning universalligida bo’lib, turli konsentratsiyalarda olingan anorganik va organik qattiq, suyuq hamda gazsimon moddalarni ajratish va aniqlashga imkon beradi. Bu usullarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular yordamida xossalari bir-biriga yaqin bo’lgan birikmalarni to’la va oson ajratish mumkin. Xromatografiya tekshiriluvchi obyektlarni sifat va miqdoriy tahlil qilishga, moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o'rganishga, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik boshqarishga imkon beradi. Keyingi vaqtlarda xromatografiya atrof-muhitni nazorat qilishning asosiy usullaridan biri bo’lib qoldi.

Xromatografiyaga birinchi bo’lib, rus botanik olimi M.S. Svetning tadqiqotlari va 1003-yilda bosib chiqarilgan ≪Adsorbsion hodisalaming yangi kategoriyasi hamda ularning biokimyoviy tahlilda qilinishi≫ nomli maqolasi orqali asos solindi. O’zi taklif etgan usulning asoslarini Svet quyidagicha ta ’riflaydi: ≪Aralash eritma adsorbent ustuni orqali filtrlanganda pigmentlar turli rangdagi alohida zonalarga ajraladi. Murakkab pigmentning turli tarkibiy qismlari spektrdagi yoruglik nurlari singari adsorbent ustunida ma’lum qonuniyat asosida bir-biridan har xil rangli qavatma-qavat bo’lib ajraladi va ularni sifat jihatdan aniqlash imkoni tug’iladi. Bunday rang-barang preparatni men xromatogramma deb, tegishli usulni esa xromatografik usul deb atadim. Moddalarni xromatografik ajratish usullari sorbsiya jarayonlariga asoslangan. Bu yerda sorbsiya deganda gaz, bug‘ yoki erigan moddalarning qattiq yoki suyuq yutuvchilarga (sorbentlar) vutilishi tushuniladi. Teskari jarayon desorbsiya deyiladi. Sorbsiya tushunchasi umumiy bo’lib, u adsorbsiya (fazaning sirtiga yutilish) va absorbsiya (fazaning hajmiga yutilish) dan iborat. Sorbsiyani ikki yo’l bilan: statik va dinamik sharoitda amalga oshirish mumkin. Statik sorbsiya ikkala fazaning nisbiy harakatsiz holatida ro'y beruvchi sorbsion jarayon bo’lib, moddaning fazalar orasida taqsimlanish muvozanati qaror topishi bilan yakunlanadi. Dinamik sorbsiya harakatchan faza harakatsiz fazaga nisbatan bir yo‘nalishda siljiydigan sorbsion jaravondir. Moddalar aralashmasini xromatografik ajratish usuli dinamik sorbsiya jarayoniga asoslangan.


Download 69,28 Kb.
  1   2   3   4




Download 69,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari. Mavzu

Download 69,28 Kb.