• 1. Qo‘zg‘almas va harakatchan
  • 2. Sorbsiya mexanizmiga qarab xromatografiya
  • 3. Xromatografiyalash usullari
  • Xromatografik tahlilning mohiyati quyidagilardan iborat.
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari. Mavzu




    Download 69,28 Kb.
    bet2/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi69,28 Kb.
    #107941
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari (3)

    Barcha xromatografik usullarning mohiyati shundaki, tarkibiy qismlarga ajratiladigan modda harakatchan faza (suyuq yoki gazsimon) bilan birgalikda harakatsiz sorbent (harakatsiz faza)qatlami orqali o’tadi, yutilishi turlicha bo’lgani uchun sorbent orqali turlicha tezlikda o‘tadi. Aralashmalarni ajratishning ba’zi turlaridan farqli ravishda xromatografik usullarning o'ziga xos xususiyati sorbsiya va desorbsiya jarayonlarning sorbentning yangi qatlamlarida ko‘p marta takrorlanishidadir. Bu esa ajratishning juda samarali bo’lishini ta’minlaydi. Demak. xromatografiya aralashmalarni ajratishning dinamik, sorbsion usuli bo’lib, u moddalarni ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (fazalardan biri harakatchan bo’lib, ikkinchisi qo‘zg‘almas) va sorbsiya hamda desorbsiya jarayonlarining ko‘p marta takrorlanishi bilan bog’liq. Xromatografik usullarni klassifikatsiyalashning turli yo’llari mavjud. 1. Qo‘zg‘almas va harakatchan fazalaming fizik tabiatiga qarab suyuqlik xromatografiyasi (harakatchan faza suyuq bo’lganida) va gaz xromatografiyasi (harakatchan faza gaz bo’lganida). Suyuqlik xromatografiyasini o‘z navbatida qo‘zg‘almas fazaning agregat holatiga qarab qattiq-suyuq fazali xromatografiyaga (QSX) (qo‘zg‘almas faza qattiq modda) va suyuq-suyuq fazali xromatografiyaga (SSX) (qo‘zg‘almas fazasi suyuqlik) ajratish mumkin. ≪Suyuqlik-suyuqlik≫ xromatografiyasi (SSX) ko‘pincha taqsimlovchi xromatografiya, deb yuritiladi. Gaz xromatografiyasi qo‘zg‘almas fazaning agregat holatiga qarab ≪gaz-adsorbsion≫ (GAX) va ≪gaz-suyuqlik≫ xromatografiyasiga (GSX) yoki gaz taqsimlovchi xromatografiyaga bo’linadi.

    2. Sorbsiya mexanizmiga qarab xromatografiya molekular va xemosorbsion xromatografiyaga bo’linadi. Molekular xromatografiyada qo'zg'almas (sorbent) bilan ajratilayotgan aralashmaning tarkibiy qismlari orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlari tabiati bo‘yicha molekulalararo Van-der-Vaals kuchlaridir. Xemosorbsion xromatografiyaga ion almashish. cho‘ktirish, kompleks hosil qilish (yoki ligand almashish), oksidlanish-qaytarilish xromatografiyasi kiradi. Xemosorbsion xromatografiyada tegishli kimyoviy reaksiyalar sorbsivaga sabab bo’ladi. 3. Xromatografiyalash usullari bo‘yicha frontal, ochiltirish (elyuent) va siqib chiqarish xromatografiyalariga bo’linadi. Tahliliy kimyoda ko'pincha, ochiltirish usuli qo’llaniladi. 4. Bajarish texnikasi bo‘yicha kolonkali (nayli) xromatografiya (qo'zg’almas faza nayda joylashtirilgan) va yuza qog‘oz xromatoyrnfiyasi hamda yupqa qatlamli xromatografiyalarga (qo‘zg‘almas fa za sobent qog’oz varagiga yoki shisha va metall plastinkaga yupqa qatlam qilib joylashtirilgan) ajratiladi. Xromatografik tahlilning mohiyati quyidagilardan iborat. Kolonkaga (sorbentning yupqa qatlamiga, yoki qog‘oz lentaga) ajratiladigan aralashmadan ozgina (qo‘zg‘almas faza sig’imidan juda kichik hajmda) solinadi. Aralashmaning tarkibiy qismlari sorbentning yuqori qatlamlarida (tekis yuzadagi xromatografiyada esa namuna solingan joyda) yutila boshlaydi. Bunda yaxshi yutilmaydigan component kolonka bo‘ylab keyingi qatlamlarga (qog‘ozda dog‘ning chekkalari tomon) yaxshi yutiladiganlariga nisbatan kattaroq tezlik bilan o’tadi. Dastlabki xromatogramma hosil bo’ladi, unda aralashma tarkibiy qismlarga hali to’liq ajralmagan bo’ladi. Aralashmani tarkibiy qismlariga to’liq ajratish uchun dastlabki xromatogrammani ochiltirish (aralashma tarkibiy qismlarini erituvchida eritish) kerak. Buning uchun xromatografik kolonka biror erituvchi bilan yuviladi.


    Download 69,28 Kb.
    1   2   3   4




    Download 69,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari. Mavzu

    Download 69,28 Kb.