|
Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari. Mavzu
|
bet | 3/4 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 69,28 Kb. | | #107941 |
Bog'liq Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari (3)Xromatogramma ochiltirilganda aralash zonalar alohida zonalarga ajraladi, ularning har birida alohida modda bo’ladi, keyin bu zonalar kolonka bo'ylab aralashib ketadi. 1-rasm. Xro’latografik kolonka I- adsorbent (yutuvchi modda); 2-3- harakatchan ( tekshirilayotgan) faza. Bunda qo'zg‘almas va harakatchan fazalar orasida taqsimlanish koeffitsiyenti katta bo’lgan moddalar kolonka bo‘ylab tezroq harakatlanadi va kolonka harakatchan faza bilan yetarli darajada yuvilganda kolonkadan birinchi bo’lib chiqadi. Kolonkadan chiqayotgan elyuat filtrat tarkibida aralashmaning alohida komponentlari bo’ladi, ularni biror idishga yig’ish va mos keluvchi usullar bilan tekshirish mumkin. Har qanday sorbsiya jarayonining o‘ziga xos taqsimlanish konstantasi (Ktaqs) bo’ladi. Bu konstanta ma’lum bir shakldagi moddaning qo‘zg‘almas fazadagi muvozanat konsentratsiyasining (Si) moddaning harakatchan fazadagi konsentratsiyasiga (S2) nisbatidan iborat; Xromatografiyada adsorbentlar va ularni qo’llash usullari Hozirgi tez bajariladigan suyuqlik adsorbsion xromatografiyasida (SAX) yuqori tanlovchanlik va samaradoriikni ta’minlabgina qolmay, shuningdek, xromatografiya jarayonini gaz xromatografiyasidagi kabi tezlikda olib borishni ham ta'minlovchi adsorbentlardan foydalaniladi. Buning uchun adsorbent sirtining tegishli yutish xossalaridan tashqari, ma’lum o‘ziga xos tuzilishi (g‘ovaklarining diametri, chuqurligi, soni) ham muhimdir. Bulardan tashqari, adsorbent yana quyidagi xossalarga ega bo’lishi kerak: 1) yetarli darajada tanlovchan, 2) kimyoviy va katalitik jihatdan inert; 3) adsorbsiya izotermasi to‘gri chiziqlikka yaqin; 4) mexanik pishiqligi ancha katta bo’lishi kerak. Arsorbentning tanlovchanligi birinchi navbatda uning sirtining yutiluvchi modda bilan o’zaro ta sir kuchiga bog’liq. Qutbsiz adsorbentlarda bu o‘zaro ta’sir kuchlari dispersion kuchlar bo’ladi.Moddaning qutbli adsorbent sirtiga yutilishida vodorod bog’lanish hosil bo’lishi yoki boshqa qutbli o‘zaro ta’sir kuchlari muhim ahamivatga ega bo’ladi.Klassifikatsiyalash jihatdan adsorbentlarni uch turga bo’lish mumkin: Birinchi turi: nospesifik adsorbentlar, ularga grafitlangan qurum kiradi. Bu turdagi adsorbentlar sirtida almashinishga qodir funksional guruh va ionlar bo’lmaydi. Yuqori molekular uglevodorodlarni,masalan, polietilenni ham shu turga kiritish mumkin. Ikkinchi turi: spesifik adsorbentlar, ularning sirtida ma’lum joylarda musbat zaryadlar, masalan silikagellarda gidroksil guruhlar,seolitlarda kationlar to‘plangan bo’ladi. Bu turdagi adsorbentlarga ayrim chetki zvenolarida elektron zichligi to‘plangan molekulalar bilan o'z iga xos ta’sirlanish xarakterlidir.
|
| |