PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2024 – PART 33 /
157
METALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Andijon davlat pedagogika instituti Fizika va texnalogiya fanlar kafedra
oʻqituvchisi
Mamajonova Guluzro Abdurashitovna v/b dotsent
Andijon davlat pedagogika institutining Texnalogik talim yo`nalishi 2-bosqich
talabasi
Berdimamatova Zuxraxon Oybek qizi
Andijon davlat pedagogika institutining Texnalogik talim yo`nalishi 2-bosqich
talabasi
Tursunova Zarnigor Abduhalilovna
Andijon davlat pedagogika institutining Texnalogik talim yo`nalishi 2-bosqich
talabasi
Abdusalomova Shodiyaxon Otabek qizi
Annotatsiya:
Odatda tabiatdagi moddalar shartli ravishda Metallar va
metallmaslarga bo`linadi. Metallar
— tabiatda eng ko`p uchraydigan moddaiardir.
YA’ni D.I.Mendeleyev davriy jadvalida ko`rsatilgan 104 ta elementdan 83 tasi
metalldir. Harorat pasaygani sari elektr tokini o`tkazuvchanligi ortadigan, issiqlikni
yaxshi o`tkazadigan, bolg`alanuvchanlik va o`ziga xos yaltiroqlikka ega bo`lgan
elementlar metallar deb ataladi.
Kalit so‘zlar:
Metallar, D.I.Mendeleyev, Po`lat, Cho`yanlarning xossalari.
Metallarning asosiy xossalaridan biri ularning elektr o`tkazuvchanligidir. Harorat
ko`tarilishi bilan ularning elektr o`tkazuvchanligi ortadi. Metallarning issiqlik
o`tkazuvchanligi ham shunday xususiyatga ega. Metallarning muhim xossasi ularning
plastikligi, ya’ni bolg`alanuvchanligidir, chunki ularni yupqa tunuka (list) tarzida yoyish
va sim bo`lib cho`zilishi ko`p jihatdan mana shu xususiyatiga bog`liqdir. Metallarga
ishlov berish usullarini qo`llanilishida ularning ana shu xossalari hisobga olinadi.
Barcha metallar ikkita katta guruhga bo`linadi: qora Metallar va rangli metallar. Qora
metallar guruhiga temir va uning qotishmalari: cho`yan va po`lat kiradi. Dunyoda
sanoatda ishlatiladigan metallarning 93% ini qora metallar tashkil etadi.
Tabiiy birikmalardan metallni ajratib olib, uni ishlab, aniq zaruriy xususiyatga ega
bo`lgan Metallarni olish texnologik jarayoni Metallurgiya deb aytiladi. Metallurgiyada
temir ajratib olinadigan birikmalar temir rudalari deb ataladi. Rudalarning asosiy
qismini temir tashkil qiladi. Temir tabiatda eng ko`p tarqalgan element hisoblanib, yer
qatlami og`irligini 4,7% tashkil etadi. Lekin sof temir yumshoq bo`lganligidan undan
turli qurilmalarni tayyorlab bo`lmaydi. Shuning ucliun mashinalar va boshqa turli xil
qurilmalarni tayyorlashda sanoatda asosan temir qotishmalari, ya’ni cho`yan va
po`latdan foydalaniladi, chunki ularning xususiyatlari temirnikiga qaraganda ancha
yuqoridir. Cho`yan va po`lat asosan tog` jinslari - rudalarni pechlarda eritish yo`li
bilan olinadi.
|