PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2024 – PART 33 /




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.06.2024
Hajmi0,69 Mb.
#262062
1   2   3   4
Bog'liq
Berdimamatova Zuxraxon Oybek qizi

 PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2024 – PART 33 / 
158 
Po`lat haqida tushuncha. Po`lat deb tarkibida 2,14% gacha uglerod bo`lgan 
temir-uglerod qotishmasiga aytiladi. Po`latning tarkibida bundan tashqari doimiy 
aralashma sifatida oz miqdorda marganes, mis va fosfor kabi elementlar ham 
bo`ladi. Po`latning tarkibidagi uglerod miqdori ortib borishi bilan uning 
mustahkamligi va qattiqligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Shuningdek zarbiy 
qovushqoqligi, issiqlik va elektr o`tkazuvchanligi hamda magnitlanish hususiyatlari 
kamayadi, lekin uglerodning miqdori 1,0% dan ko`p bo`lsa mustahkamlik ham 
kamayadi. Po`lat tarkibidagi qo`shimchalar ham foydali yoki zararli bo`ladi. 
Masalan, marganes, mis va alyuminiylar foydali. Uglerod, fosfor kabilar, agar 
ko`payib ketsa, zararli moddalar hisoblanadi. Ular ta’sirida po`latning issiq va sovuq 
holdagi mo`rtligi ortadi, plastikligi va qovushqoqligi esa kamayadi. Lekin fosfor 
foydali ham bo`lishi mumkin. Chunki u po`latga ishlov berishni yengillashtiradi, mis 
esa po`latni zanglamaslik (korroziyabardoshlik) xususiyatini oshiradi. 
Po`latlarning turlari. Po`latlar turlicha bo`ladi. Masalan: 1) ishlab chiqarish uslubiga 
qarab: konvertor, marten va elektr po`latlari; 2) kimyoviy tarkibiga qarab: uglerodli yoki 
legirlangan po`latlar; 3) vazifasiga ko`ra: konstruksion, asbobsozlik va maxsus po`latlar; 
4) uglerod miqdoriga qarab: kam uglerodli, o`rtacha uglerodli va yuqori uglerodli po`latlar 
bo`ladi. Demak, po`latlar olinish usuli va tarkibiga ko`ra bar xil bo`ladi. Po`latlarning 
tarkibiga qo`shilgan boshqa elementlar ularning turli xossalarini, masalan, qattiqlik
zanglamaslik, olovga bardoshlilik kabi xossalarini oshiradi. Po`latlarning bu xossalaridan 
texnikada kerakli joylarda qo`llaniladi. 
Cho`yanlar va ularning turlari. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, tarkibidagi uglerod miqdori 
2,14% foizdan ko`p bo`lgan temir-uglerod qotishmalari cho`yanlar deb ataladi. Cho`yan 
tarkibida uglerod miqdori 4 % gacha, ayrim hollarda esa 6 % gacha bo`ladi. Cho`yanlar 
quyidagi belgilariga qarab turlarga bo`linadi: 
1.
Vazifasiga qarab: qayta ishlanadigan va quymakorlik cho`yanlari. 
2.
Strukrurasi (tuzilishi)ga qarab: oq, kulrang va oraliq cho`yanlar. 
3.
Uglerodning cho`yandagi holatiga qarab: kulrang, bog`lanuvchan (teriluvchan), 
yuqori mustahkam cho`yanlar. 
4.
Metall strukturasiga qarab: ferritli va perlitli cho`yanlar. 
5.
Kimyoviy tarkibiga qarab: legirlanmagan cho`yanlar; oz, o`rtacha va yuqori 
legirlangan cho`yanlar. 
Cho`yanlarning xossalari. Qayta quyish cho`yanlari asosan oq cho`yanlar 
bo`lib, 
ularning 
katta 
qismi 
po`lat 
ishlab 
chiqarishga 
sarflanadi. 
Ularga 
texnik ishlov berib bolg`alanuvchan cho`yanlar ham olish mumkin. 
Quymakorlik cho`yanlaridan har xil detallar quyishda foydalaniladi. Oq cho`yanlardan 
tayyorlangan quymalar ishqalanishga chidamli bo`ladi. Cho`yanlar po`latlardan tarkibidagi 
uglerod miqdoridan tashqari yaxshi quyilish hususiyatlari bilan ham ajratib turadi. Ularni 
oddiy sharoitda bosim ostida ishlab bo`lmaydi, lekin po`latdan arzon. Cho`yanning 
tarkibida mis, uglerod, fosfor kabi aralashmalar va nikel, xrom, mis, molibden kabi 
legirlovchi elementlar ham bo`ladi. Ular cho`yandagi grafit miqdoriga, bu esa o`z navbatida 
uning st
rukturasi va xossalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari cho`yanning xossalari uni 



Download 0,69 Mb.
1   2   3   4




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2024 – PART 33 /

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish