• Quyoshning yozgi turish kuni
  • Quyoshning qishki turish kuni
  • Yerning quyosh atrofida aylanishi




    Download 4.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/93
    Sana08.12.2022
    Hajmi4.48 Mb.
    #33808
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
    Bog'liq
    5-sinf geografiya uzb
    F2RHiywULrwp938yYOLdq6tmEAaxlClEPr4riDad (1), Oliy-talimda-matematika-fanlarini-oqitish-metodikasi, 2 5332514769171648861, 10-sinf olimpiada, Документ Microsoft Word, 4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205, 3 52 01 02 Аппарат ва дастурий таъминот созловчиси УД OZGARTIRILGAN, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, jfjnjh, elektronika 10 MDYa (1), imtixon natijalari[ matem, OBYEKTIVKA. Ozoda, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, анкета талабгор учун 4 docx63ca356b6c424
    Yerning quyosh atrofida aylanishi. Yer Quyosh atrofini 365 kun 
    (sutka) va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri 
    bo‘lishi uchun bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 
    soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun 
    har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili 
    deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
    Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 13-rasmni 
    tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan oylardagi 
    holati tasvirlangan. Iyun oyida Yerning Shimoliy yarimshar qismi 
    Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyun Quyoshning yozgi turish 
    kuni 
    deyiladi. Bu kuni Quyosh Shimoliy yarimsharda ufq ustida eng 
    baland ko‘tariladi, kunduz uzun, tun esa qisqa bo‘ladi. Shimoliy qutb 
    atrofidagi yerlarda Quyosh butunlay botmaydi. Shimoliy yarimsharda 
    yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi.
    22-dekabr kuni Quyosh Janubiy yarimsharda ufqdan eng baland 
    ko‘tariladi. Janubiy yarimsharni eng ko‘p, Shimoliy yarimsharni esa, 
    http://eduportal.uz


    20
    ye
    r

    quyosh 
    si
    st
    emasi
    dagi
    sa
    yyor
    a
    aksincha, eng kam yoritadi va isitadi. Shimoliy yarimsharda kunduz 
    eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Shuning uchun bu kunni Shimoliy 
    yarimsharda Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.
    21-mart va 23-sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir 
    xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi tengkunlik deyiladi.
    Yer yuzida turli fasllarda Quyoshning turlicha baland ko‘tarilishi 
    oqi batida fasllarning almashinishi kishilar hayotiga, o‘simliklarga, hay-
    vonlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi (bolalar, siz yashaydigan joyda 
    turli fasllarda ob-havo qanday bo‘lishini eslang).

    Download 4.48 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




    Download 4.48 Mb.
    Pdf ko'rish