|
MS PAINT GRAFIK MUHARRIRI
|
bet | 3/14 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #230314 |
Bog'liq PHOTO PAINTX5 dasturi va unda ishlash.
Boshlang'ich ma'lumotlar. Grafik muharririning imkoniyatlari
Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida har xil shakl yoki grafiklar chizish, reklama, e'lonlar, taklif yoki tabriknomalar, matnli hujjatlarni illyustratsiyalash (bezash) kabi ishlar majmuini bajarishga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatda foydalanuvchidan Paint grafik muharririda ishlashni bilish taqazo etiladi.
Paint grafik muharriri yordamida quyidagi ishlar ko'lami bajariladi:
ish stolida yangi shakl (grafik) yoki rasm chizish;
rasmni xotiraga fay I tarzida yozish;
fayl (rasmli)ni xotiradan ish stoliga chaqirish;
rasm qismini ajratish;
ajratilgan qismni boshqa joyga nusxalash;
rasmni to 'laligicha boshqa joyga ko 'chirish;
yangi rasmni keltirib qo 'yish;
rasm (shakl)ni kichiklashtirish yoki kattalashtirish;
chiziqlarni ixtiyoriy qalinlikda tanlash;
bo'yoq (rang)larni tanlash;
rasm tevaragiga (yoniga, tagiga, ustiga va ichiga) main yozish;
turli shriftlardan foydalanish;
ranglarni tahrir qilish;
shablonga qo'shimcha rang kiritish;
rasmni ekranda to'la, qisman ajratilgan holda ko'rish va tahrir qilish;
rasmni chop qilish;
rasmni boshqa dasturlar (WORD, EXCEL, INTERNET) da chaqirish va foydalanish kabi bir qancha ishlar majmuini bajarish.
Odatda, Paint ishga tushgandan so'ng kompyuter ekranida Paint ish stoli, boshqarish darchasi hosil bo'ladi. Boshqarish darchasining satri, ikkinchi (Безымянный - Paint) sarlavha satri, keyingi qatorda menyu satri, ekranning chap tomonida usku nalar majmuasi (shakl va rasmlar chizish uchun) joylashgan. Ish stoli tagida ranglarni tanlash uchun bo'yoqlar alohida to'rtburchaklarda berilgan.
Foydalanuvchi ekranda kerakli uskuna va bo'yoqni tanlab, rasm yoki shakl hosil qiladi.
|
| |