|
Yangi rasm keltirib qo'yish
|
bet | 8/14 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #230314 |
Bog'liq PHOTO PAINTX5 dasturi va unda ishlash.Yangi rasm keltirib qo'yish. Buning uchun, masalan, yangi hosil qilingan rasmni boshqa joyga nusxalash uchun «Правка» buyruqlar to'plamiga kirib, «Копировать» (yoki [Ctrl]+[C]) bandi yoki «Вставить» [Ctrl]+[V] bandidan foydalaniladi.
Rasmni kattalashtirish. Bu holat uchun «Вид» buyruqlar to'plamiga kirib, «Масштаб» bandi tanlanadi hamda «sich qoncha» chap tugmachasi bosiladi.
Rasmni kichiklashtirish. Buning uchun «Вид» buyruqlar to'plamiga kirib, «Масштаб» bandida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Chiziqlar qalinligini tanlash. Bu holatni bajarish uchun «Вид» buyruqlar to'plamiga kirib, «sichqoncha» ko'rsatkichi «Набор инструментов» bandida bosiladi so'ngra kerakli qalinlik tanlanadi.
Bo'yoq (ranglar)ni tanlash. Buning uchun «Вид» buyruqlar to'plamiga kirib, «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Hosil bo'lgan bo'yoqlardan kerakli rang tanlanadi.
Rasm yoniga(tagiga, ustiga, yoniga va ichiga) yozish. Rasm tevaragiga (yoniga, tagiga, ustiga va ichiga) yozish uchun ko'rsatkich dastlab yozilishi lozim bo'lgan joyga keltiriladi, «Обычный» bandi yordamida oddiy, yarim quyuq belgi (yozuv)lar - «Полужирные» bandi yordamida, og'ma belgilar kursiv yordamida klaviatura qurilmasidan teriladi.
Yozishda turli xil shriftlardan foydalanish. Buning uchun «Текст» buyruqlar to'plamiga kirib, «Шрифты» bandida «sich qoncha» tugmachasi bosiladi va kerakli shrift turi tanlanadi.
Katta rasmlarni ekranda to'liq ko'rish. Buning uchun «Просмотр» to'plamiga kiriladi va «sichqoncha» ko'rsatkichi «Просмотреть рисунок» bandiga keltirilib, chap tugma bosiladi, natijada ekranda rasm to'liq ko'rinadi.
Ranglarni tahrir qilish. Buning uchun «Параметры» buyruqlar to'plamiga kiriladi va «Редактирование цветов» bandida «sichqoncha» chap tugmachasi bosiladi. So'ngra ko'rsatkich yordamida rangni tahrir qilish (o'chirish, boshqa rangga almashtirish) mumkin.
Rangni qo'yish va saqlash. Bu holatni bajarish uchun dastavval «Параметры» buyruqlar to'plamiga kiriladi. So'ngra mos holda «Получить цвета» (rangni qo'yish uchun) va «Сохранить цвета» (rangni saqlash uchun) bandlarida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Bosmaga chiqarish qurilmasini tanlash. Buning uchun «Файл» buyruqlar to'plamiga kiriladi va «Выбор принтера» bandida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi hamda kerakli bosmaga chiqarish qurilmasi tanlanadi.
Rasmni bosmaga chiqarish. Buning uchun «Файл» buy ruqlar to'plamiga kiriladi va «Печать» bandida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Buning uchun oldindan bosmaga chiqarish qurilmasi yoqilgan bo'lishi lozim.
Paintdan chiqish. Dasturdan chiqish uchun «Файл»
|
| |