|
Paint grafik muharriri va uning imkoniyatlari
|
bet | 5/14 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #230314 |
Bog'liq PHOTO PAINTX5 dasturi va unda ishlash.«Правка» bo'limi.
«Правка» bo'limi buyruqlar to'plami yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin (4-rasm):
«Отменить» [Ctrl]+[Z] - oxirgi buyruqni bekor qilish; «Повторить» [Ctrl]+[Y] - takrorlash; «Вырезать» [Ctrl]+[X] - rasm yoki shaklni qirqib olish; «Копировать» [Ctrl]+[C] - rasm yoki shaklni nusxalash; «Вставить» [Ctrl]+[V] - kerakli joyga rasmni o'rnatish; «Очистить выделение» [Del] - ajratilgan qismini olib tashlash; «Выделить все» [Ctrl]+[A] - barcha qismni ajratish;
«Копировать в файл» - boshqa faylga rasmni yoki uning qismini ko'chirib o'tkazish;
«Вставить из файла» - fayldan olib kelib qo'yish.
Demak, menyuning «Правка» bo'limi yordamida oxirgi buyruqni bekor qilish, takrorlash, rasm yoki shaklni qirqib olish, nusxasini olish, uni kerakli joyga qo'yish, ajratilgan qismini olib tashlash, boshqa faylga nusxalash yoki boshqa fayldan olib kelib joriy faylga nusxalash kabi ishlar majmuini bajarish mumkin.
«Bид» bo'limi.
«Вид» bo'limi buyruqlar to'plami yordamida quyidagilarni bajarish mumkin (5-rasm):
«Набор инструментов» [Ctrl]+[T] - uskunalar majmuasi;
«Палитра» [Ctre]+[L] - bo'yoqlarni tanlash;
«Строка состояния» - qator holatini tanlash;
«Масштаб» - rasm masshtabini aniqlash;
«Просмотреть рисунок» [Ctrl] + [F] - rasmni ko'zdan kechirish;
«Панель атрибутов текста» - matn atributlarini o'rnatish;
Demak, «Вид» bo'limi ko'magida uskunalar majmualaridan biri, bo'yoqlar va qator holati tanlanadi hamda rasm tevaragiga yoziladigan matn atributlari o'rnatiladi, rasm masshtabi aniqlanadi.
«Рисунок» bo'limi
«Рисунок» bo'limi buyruqlar to'plami yordamida quyi-dagilarni bajarish mumkin (6-rasm):
«Отразить / повернуть» [Ctrl]+[R] - rasmni akslantirish va burish;
«Растянуть/наклонить...» [Ctrl] + [W] - tortish yoki og’malashtirish;
«Обратить цвета» [Ctrl]+[I] - ranglarni qarama-qarshisiga almashtirish;
«Атрибуты ...» [Ctrl]+[E] - atributlarini rnatish;
«Очистить» [Ctrl]+[Shift]+[N] - ekranni rasmdan tozalash;
«Непрозрачный фон» - yorqin bo'lmagan fon.
Shunday qilib, «Рисунок» buyruqlari yordamida rasmni burish, cho'zish, qiyalashtirish, ranglarni qarama-qarshisiga almashtirish, atributlarni o'rnatish, ekranni rasmdan tozalash kabi ishlar majmuini bajarish mumkin.
|
| |