• PAKETLAR KOMMUTATSIYALANADIGAN TARMOQLAR
  • Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Statik va Dinamik marshrutlash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar




    Download 124,3 Kb.
    bet5/8
    Sana31.01.2024
    Hajmi124,3 Kb.
    #149444
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Paket va kanallarda doimiy va dinamik kommitasiyalash

    Statik va Dinamik marshrutlash
    Kompyuter tarmog'ida marshrutlash kompyuter tarmog'ining to'g'ri ishlashini ta'minlaydigan eng muhim narsalardan biridir. Statik marshrutizatsiya - bu boshqaruvchi marshrutlash yozuvlarini qo'lda sozlashi kerak bo'lgan jarayon. Boshqa tomondan, dinamik marshrutlashda marshrutlash jadvallari RIP va OSPF kabi marshrutlash algoritmlari yordamida avtomatik ravishda yaratiladi. Katta murakkab tarmoqlar uchun statik marshrutizatsiyadan foydalanish juda zerikarli va shuning uchun dinamik marshrutlash uchun borish kerak. Dinamik marshrutlashning afzalligi shundaki, marshrutlash jadvallari vaqti-vaqti bilan tuziladi va shuning uchun ular tarmoqdagi har qanday o'zgarishlarga mos keladi. Ammo ahvolga tushgan narsa shundaki, dinamik marshrutlashda hisob-kitoblar ko'proq ishlov berish kuchini talab qiladi.

    1. PAKETLAR KOMMUTATSIYALANADIGAN TARMOQLAR

    Asosi paketlarni kommutatsiyalash bо’lgan tarmoqlar nisbattan yoshdir, ular birinchi global tarmoqlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida 60 yillar oxirida paydo bо’lgan.
    Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar xuddi kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar kabi jismoniy aloqa yо’llari bilan ulangan kommutatorlardan tashkil topgandir. Biroq bu tarmoqlarda axborotlarni uzatish butunlay boshqacha amalga oshiriladi. Masalan, u axborotlarni uzatish uchun bu axborotlar uzatiladigan yо’l bо’ylab aloqa yо’lini zaxiralash xaqida qayg’urmasdan va ta‟lab etilgan о’tkazish xususiyatini kafolatlamasdan xam axborotni qabul qila oladi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar о’z abonenlari uchun oldindan aloxida, faqat ular uchun ajratilgan aloqa kanallarini yaratmaydi. Axborotlar ushlanishi mumkun va xatto yо’lda yо’qolishi xam mumkun. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar bundek tartibsizlikda va noaniqlikda qanday qilib axborotlarni uzatishdek muxum vazifani bajara oladilar?
    Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarni ishlashining muxum tamoili, tarmoqdan uzatiladigan axborotni bir – biridan ajratilgan axborotlar bо’lagida xavola qilishdan iborat, uni paketlar (shu bilan bir qatorda ularni yana “kadr”, “freym”, “yacheyka” atamasi bilan xam nomlanadi) deb nomlanadi.
    Paket sarlovxa bilan ta‟minlangan, unda borishi kerak bо’lgan manzil va boshqa qabul qiluvchiga yetqazish uchun ishlatiladigan yordamchi axborotlardan (axborotlar maydonining uzunligi, nazorat yig’indisi va xokazolar) tashkil topgan bо’ladi.
    Paketlarni kommutatsiyalash texnologiyasining aniq bir muxitga joriy etilishiga qarab paketlar qayd qilingan yoki о’zgaruvchan uzunlikka ega bо’lishi mumkun, shuningdek paket sarlovxasida joylashgan axborot tarkibi xam о’zgarishi mumkun. Masalan, ATM texnologiyasida paketlar (unda yacheyka deb ataladi) qayd qilingan uzunlikka ega, Ethernet texnologiyasida esa paketni (kadrni) faqat minimal va maksimal bо’lishi mumkun bо’lgan uzunligi о’rnatilgan.
    Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda axborot oqimi bо’lib, umumiy belgilar tо’plami bilan birlashgan, ularni umumiy tarmoq trafigidan ajratib turuvchi paketlar jamlamasiga aytiladi. Kо’pincha oqim belgisi sifatida axborotni jо’natiladigan manzili xizmat qiladi. Shundek qilib, bitta manzilga yо’naltiriladigan barcha paketlar oqimni tashkil qiladi.
    Kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlaridagi kabi paketlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda xam xar bir oqim uchun qо’lda yoki avtomatik ravishda yо’nalish aniqlashtiriladi, ular kommutatorlarda saqlanuvchi ulanishlar jadvalida qayd qilinadi. Paketlar kommutatorlarga kelgach, sarlovxasidagi axborotga asosan va ulanishlar jadvaliga asosan ishlov beriladi va u yoki bu yо’nalish bо’yicha yо’naltiriladi


    1. Download 124,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 124,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Statik va Dinamik marshrutlash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar

    Download 124,3 Kb.