|
Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Statik va Dinamik marshrutlash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar
|
bet | 7/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 124,3 Kb. | | #149444 |
Bog'liq Paket va kanallarda doimiy va dinamik kommitasiyalashKOMPYUTER TARMOQ TURLARI
Kompyuter tarmoqlarini turlarga ajratishda turli belgilarga asoslanish mumkun: tanlangan texnologiyasiga, xududiy о’lchamiga, masofasi, tadbiq soxasi, xavola qilingan xizmatlar tafsilotiga, foydalanilgan qurilmalari va dasturiy ta‟minotiga vaxokazo.
Global tarmoqlar. Kompyuter tarmoqlarini turlashning eng oddiy usuli ularni xududiy joylashishlariga qarab maxalliy (lokal) va global tarmoqlarga ajratishdir.
Global tarmoqlar (Wide Area Network, WAN) bir-biridan katta masofalarda joylashgan (turli shaxarlardagi, turli davlatlardagi va turli qitalardagi) kompyuterlarni birlashtiradi.
Global tarmoqlar maxalliy tarmoqlarga qaraganda ancha avval paydo bо’lgan, - bu meynfreymlar deb ataluvchi katta kompyuterlar xukumronlik qilgan davrida 60 yillarning ikkinchi yarmida sodir bо’lgan. Katta korxonalar odatda turli shaxarlarda joylashgan bо’limlarda bittadan kompyuterga ega bо’lganlar. Bu kompyuterlarni о’zaro ulash korxonaga katta ustunlik bergan, masalan korxona xizmatchilarining barchasiga qayerda bо’lishlaridan qatiy nazar yagona markaziy axborotlar omboridan foydalanish imkoniyatini yaratgan. U vaqtda korxona maxalliy tarmoqni yaratishga zarurat sezmagan, bir bino doirasida tarmoqqa ulash uchun xech qandek boshqa kompyuter bо’lmagan, sababi kompyuterlarning narxi juda yuqori bо’lganligi tufayli korxona kо’p kompyuter sotib ola olmagan.
Global kompyuter tarmoqlarini yaratish ancha oddiy masalalarni xal qilishdan boshlangan – kompyuterga terminal orqali uzoq masofadan (yuzlab va xatto minglab kilometr) turib ega bо’lish. Terminallar kompyuter bilan telefon tarmog’i orqali modem yordamida ulangan. Bundek tarmoqlar kо’p sonli foydalanuvchilarga bir necha quvvatli kompyuterlarning taqsimlanuvchi resurslariga masofaviy ega bо’lishni ta‟minlagan. Terminal – kompyuter turidagi masofaviy ulanishlar bilan bir qatorda bir oz vaqtdan sо’ng kompyuter – kompyuter turidagi masofaviy aloqa tizimlari paydo bо’ldi.
Kompyuterlar avtomatik ish tartibida axborotlar bilan almashish imkoniyatiga ega bо’ldi, bu esa xar qandek xisoblash tarmog’ining asos belgisidir. Birinchi tarmoqlarda ushbu mexanizm asosida xozirgi vaqtda ananaviy tarmoq xizmatlari bо’lib qolgan fayllar bilan almashish, axborotlar bazasini sinxronizatsiyalash, elektron pochta va boshqa xizmatlar joriy etilgan.
1969 yili AQSH mudofa vazirligi tomonidan mudofa vazirligining va ilmiy- tadqiqot markazlarining superkompyutrerlarini yagona tarmoqqa birlashtirish bо’yicha ishlar amalga oshirildi. Bu tarmoq ARPANET nomini olgan va u xozirda birinchi va ommabop bо’lib qolgan global tarmoq –
|
| |