• Masalan
  • Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/54
    Sana16.12.2023
    Hajmi5,37 Mb.
    #120490
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
    Bog'liq
    7.LaTexga kirish fanidan Laboratoriya

    LATEX GRAFIKASI BILAN ISHLASH 
     
    8.1. LATEX GRAFIKASI BILAN ISHLASH. GRAFIK RASMLAR. 
    Ishdan maqsad: Latex grafikasi bilan ishlashni va grafik rasmlarni hosil qilish
    tashqi grafik fayllardan foydalanishni o‘rganish. 
    Nazariy ma’lumot 
    Rasmlar picture tanasi orqali hosil qilinadi.Quyidagi misolni ko‘ramiz:
     
    Bu yerda picture tanasidagi aylana qavs ichida vergul bilan ajratib yozilgan 
    sonlar rasm chizilishi kerak bo‘lgan sohani aniqlash uchun ishlatiladi.Bunda 
    birinchi son rasmning vertikal uzunligini, ikkinchi son esa rasm balandligini 
    aniqlaydi. Bu sonlar manfiy ham bo‘lishi mumkin. Masalan (-150, 36) kabi. \put 
    buyrug‘i esa rasm yoki yozuvni tegishli kordinatalarga joylashtirish uchun xizmat 
    qiladi.
    Agar ko‘rsatilgan kordinata band bo‘lsa, tegishli rasm yoki yozuv undan 
    keyingi kordinatalarda joylashtiriladi. Bu buyruqning argumentida joylashgan 
    \vector buyrug‘idan turli ko‘rinishdagi vektorlar chizish uchun foydalaniladi.
    Yuqoridagi misolda) \vector (-2,1){40} ko‘rinishidagi aylana qavs ichida 
    vergul bilan ajratib yozilgan raqamlar \put buyrug‘idagi kordinataga nisbatan 
    simmmetrik chizilishini aniqlaydi.Bu sonlar kattaligi -4 va 4 orasida bo‘ladi. 
    Figurali qavs ichida yozilgan son esa vector uzunligini aniqlaydi.
    Yozuvlarni picture tanasida joylashtirishda ortiqcha qiyinchilik ko‘rinmaydi. 
    Shuningdek yozuvlarga turli shrift va ko‘rinish berish ham murakkab emas.


    91 
    Masalan
     
    Bu yerda yozuvlar shriftini aniqlashda birinchi bo‘limda ko‘rib o‘tgan 
    buyruqlardan foydalandik. Yuqoridagi misolda Qalinroq yozuvini oldin yozgan 
    bo‘lsakda kordinatasi keyingi yozuvdan so‘ng yozilishi haqida malumot bergani 
    sababli, bu yozuv Oddiy yozuvidan keyin yozildi. Biz chizayotgan rasmlar 
    sahifaning chap tomonidan chiziladi. Agar biz rasmni sahifaning o‘ng tomonidan 
    chizmoqchi bo‘lsak flushright tanasidan foydalanishimiz mumkin. Markazdan 
    chizish uchun esa center tanasidan foydalanish mumkin. Rasm chizishda ham 
    yozuv va matematik formulalar yozishda bo‘lgani kabi ichma-ich tanalarni 
    ishlatish mumkin. Masalan center tanasini picture tanasi ichiga joylashtirish va 
    teskarisi kabi. 
    Kesmalar Texda kesmalar \line buyrug‘i orqali hosil qilinadi. Bu buyruq 
    ham xuddi \vector buyrug‘i kabi kordinataga nisbatan simmetriklikni va chiziq 
    uzunligini aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan: 
    Bu yerda 100 x 50 rasm chiziladigan soha (60,50) rasm kordinatasini 
    bildiradi. \line buyrug‘idagi (1,-2) esa “burchak koeftisienti”ni bildiradi. Burchak 
    koeftisientini qiyalik burchagi sifatida tushunish mumkin. Agar qiyalik burchagi 
    (0,1) bo‘lsa gorizontal chiziq, agar (1,0) bo‘lsa vertikal chiziq hosil bo‘ladi. 
    Aylana, doira va ovallar Aylana \circle buyrug‘i yordamida chiziladi. Doira chizish 
    uchun esa \circle* buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bunda doira ichi qora rang 
    bilan bo‘yaladi. Aylana va doira chizish uchun uning diametrini aniqlash kifoya. 


    92 
    Masalan
    Bunda aylana kordinatasi aylana markazidan hisoblanadi. Oval (qirralari 
    o‘tkir bo‘lmagan to‘rtburchak) chizish uchun \oval buyrug‘idan foydalaniladi. Bu 
    buyruqga parametr sifatida gorizontal va vertikal uzunliklari aniqlanadi. Kordinata 
    oval markazidan belgilanadi.Masalan: 
    Kiritish majburiy bo‘lmagan parametrlardan biri bu ovalning bir qismini 
    o‘chirishdir. To‘liq bo‘lmagan oval chizish uchun \oval buyrug‘i parametriga yana 
    bir parametrni qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu parametr orqali ovalning bir qismini olib 
    tashlash mumkin. Bu parametrlar quyidagi to‘rtta harf bilan ifodalanadi. 
    t yuqori yarmi
    b pastki yarmi
    r o‘ng yarmi
    l chap yarmi
    Bu to‘rtta harfni nafaqat yakka balki birdaniga ham kiritish mumkin. 
    Masalan 
    tr 
    yuqori 
    o‘ng 
    burchakni 
    bildiradi. Misol: 


    93 
    Qo‘shimcha imkoniyatlari Ayrim hollarda rasm chizishda bir necha 
    obyektlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda \put buyrug‘idan 
    foydalanib bo‘lmaydi. Lekin \put buyrug‘i orqali hosil qilingan obyektni \multiput 
    buyrug‘idan foydalanib o‘zgartirish kiritish mumkin. Bu buyruq ko‘rinishi 
    quyidagicha 
    Bu yerda x va y natijaviy obyekt kordinatasi(xuddi \put dagi kabi) , ∆x va ∆y 
    esa ko‘rsatilgan obyektning gorizontal va vertikal siljish kordinatalari , n – 
    obyektlar soni , obyekt – tanlangan obyekt.Masalan: 
    Bu yerda foydalanilgan % (foiz) belgisi yangi qator tashkil etish uchun 
    xizmat qiladi.Bunda yetarlicha bo‘sh joy qoldirish orqali qatorlar mosligi 
    ta’minlanadi.Boshqa hollarda bu belgi izoh vazifasini bajaradi. Endi \multiput 
    buyrug‘i yordamida yaratilgan yana bir rasmni ko‘raylik. 
    Bu misolda gorizontal qiya va vertikal tik chiziqlardan foydalanib 
    yuqoridagi rasm hosil qilindi. Endi \put buyrug‘iga qaytamiz.U orqali quyidagi 
    rasmni chizamiz. Bir qarashda bu rasmni chizish murakkabdek tuyuladi. Lekin bu 
    rasmni oddiy \put buyrug‘i orqali ham chizish mumkin. Buning uchun ma’lum 
    tartibga rioya qilish kerak xolos. 

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish