Hujjatga tayyor rasm joylashtirish




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana16.12.2023
Hajmi5,37 Mb.
#120490
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
7.LaTexga kirish fanidan Laboratoriya

Hujjatga tayyor rasm joylashtirish 
Sahifaga 
rasm 
joylashtirishda 
graphics 
paketidagi 
maxsus 
\includegraphics[xususiyatlar]{fayl} buyrug‘idan foydalaniladi. Xususiyatlar-rasm 
xususiyatlarini aniqlaydi,bir necha xususiyatlar vergul orqali ajratiladi. 
Xususiyatlar xususiyat=qiymat ko‘rinishda aniqlanadi.Bu qismni kiritish 
majburiy emas. Bu buyruq ko‘rsatilgan faylni eps – kengaytmali(agar dvips 
drayveri o‘rnatilgan bo‘lsa) va pdf – kengaytmali(agar pdftex drayveri o‘rnatilgan 
bo‘lsa) rasmlar orasidan qidiradi.Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki ko‘rsatilgan rasmni 
qidirish faqat joriy hujjat tex kengaytma bilan saqlanayotgan manzilda amalga 
oshiriladi. Misol: 
\includegraphics{kapalak} 
Bunda asosiy faylimiz(tex kengaytmali) 
joylashgan katalogda kapalak.pdf fayli joylashgan. 
Shu sababli rasm kengaytmasiz(.pdf bo‘lgani 
uchun) ham chaqirilyapti. Rasm o‘lchamlarini 
o‘zgartirish Yuqorida ko‘rib o‘tgan \includegraphics buyrug‘i xususiyatlaridan 


96 
foydalanib rasm o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bunda rasm kengligi va 
balandligi aniqlanadi.Bular:
width=kenglik
height=balandlik
totalheight=balandlik 
Bunda o‘lchamlarni Texning barcha turdagi uzunlik birliklarida berilishi 
mumkin.Masalan: 
Agar rasm o‘lchamlarini aniqlayotgan paytda tasvir bilan bog‘liq muammolar 
uchraydigan bo‘lsa keepaspectratio parametridan foydalangan ma’qul. Yuqoridagi 
misol uchun \includegraphics[width=1in,height=1cm,%keepaspectratio]{a} kabi 
bo‘ladi.Rasm o‘lchamlarini aniqlashga doir parametrlardan yana biri
scale=o‘lcham parametridir. Bu parametr argumentiga rasm haqiqiy 
o‘lchamlariga nisbatan sonlar yoziladi. Agar biz rasmni o‘z o‘lchamlarida 
chiqarmoqchi bo‘lsak scale=1 yozish kifoya. Rasm o‘lchamlarini teng yarmicha 
qisqartirish esa \includegraphics[scale=0.5]{kapalak} orqali amalga oshiriladi.
Rasm qismlarini joylashtirish Rasmni sahifaning ixtiyoriy qismida (yozuvlar 
usti yoki ostidan ham) joylashtirish mumkin. Bunda bizga viewport parametri 
yordam beradi.Uning ko‘rinishi quyidagicha:
viewport=llx lly urx ury 
Bu yerda x va y lar rasmning chap pastki va o‘ng yuqori burchak 
kordinatalari. Bu buyruq qo‘llanilgandan so‘ng agar kordinatalar oldingi yozuvlar 
kordinatalari bilan ustma-ust tushib qolsa ular orqa fonda qolib ketadi va bizga 
faqat rasm ko‘rinadi. Ajoyib parametrlardan yana biri bu trim parametridir. Bu 
parametr rasmning tegishli qismini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bu parametr 
umumiy ko‘rinishi quyidagicha:


97 
trim=dl db dr du 
Bunda ham xuddi viewport buyrug‘i kabi ko‘rinishda uzunliklar 
aniqlanadi.Bu parametrga yordamchi kalit so‘z bu clip so‘zidir.Uning ko‘rinishi 
quyidagicha:
clip=mantiqiy
Bu kalitdagi mantiqiy qiymat rost(true) yoki yolg‘on(false) qiymat qabul 
qiladi. Agar biz bu ifodaga true qiymat bersak , u holda ko‘rsatilgan rasmning 
belgilangan qismini ko‘rsatib qolgan qismi ko‘rsatilmaydi. Masalan: 
2.17-Rasmni burish Rasmni burish angle parametri orqali amalga 
oshiriladi.Bu parametr umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
angle=burchak
Bu parametr soat strelkasiga teskari burchakga buradi. Masalan: 

Download 5,37 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish