Paxta tolasining sifati bo`yicha klassifikatsiyasi




Download 150.5 Kb.
bet3/3
Sana26.05.2022
Hajmi150.5 Kb.
#21990
1   2   3
Bog'liq
3-Ma`ruza (4)
KT-1, Ekursion turizimni tashkil, 9-sinf-informatika, dars-ishlanma-informatika-9-sinf, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, 3-Mavzu, 86314, Mustaqil ish mavzulari, Qisloq xo\'jalik hayvonlarini oziqlantirish (1), elektr taminot asoslari, Lyusher ranglar testi, Mirtursunov Mirvoxid Farg‘ona Toshkent uslublari, Davronov ttb, seXFX2WmNi0tANHupKyegonftd3BGfaicBRRfVu4
Paxta tolasining sifati bo`yicha klassifikatsiyasi. G`o`za faqat paxta xom ashyosi olish uchungina ekiladi. G`o`za ekiladigan hududlarning yalpi gazlashtirilishi tufayli qishloq joylarda g`o`zapoyaning yoqilg`i sifatida ishlatilishi ilgarigi ahamiyatini yo`qotmoqda. Undan qurilish materiallari olish uchun g`o`za poyasini qayta ishlash qisman yo`lga qo`yilmoqda. Paxta xom ashyosidan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot paxta tolasi hisoblanadi. Shuning uchun dunyoda paxta tolasining sifati bo`yicha klassifikatsiyalanadi. O`zbekistonda paxtani tolasining sifati bo`yicha klassifikatsiyalash sistemasi qabul qilingan. Hozirgi vaqtda tolani klassifikatsiyalash usuli tiplarga (vertikal klassifikatsiyalash) va sanoat navlariga (gorizontal klassifikatsiyalash) bo`lishni nazarda tutadi. Shunga ko`ra paxta tolasining sifati bo`yicha ayrim tip va sanoat navlariga ajratiladi. Amaldagi me’yorlarga ko`ra tola taram massaviy uzunligi, nisbiy uzilish kuchi va chiziqli zichligi bo`yicha 9 ta tipga bo`linadi. Tola sifat ko`rsatkichlarining amaldagi me’yorlari tiplar bo`yicha jadvalda keltirilgan. O`z DSt 604:2001. «Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar». standartiga ko`ra paxta tolasining tipi shtapelь massaviy uzunligi yoki chiziqli zichligining eng past ko`rsatkichi bo`yicha aniqlanadi. Har qaysi tipdagi paxta tolasi tashqi ko`rinishi, rangi va pishib yetilganlik koeffitsiyenti ga qarab beshta sanoat naviga (I,II,III,IV,V) bo`linadi. Bunda pishib yetilganlik koeffitsiyenti uzun tolali selektsion navlar uchun sanoat naviga qarab 2,0 dan 1,2 gacha, o`rta tolali navlar uchun bu ko`rsatkich 1,8 dan 1,2 ga teng. Tolaning navi rangi va pishib yetilganlik koeffitsiyenti ning eng past ko`rsatkichi bo`yicha aniqlanadi. Bundan tashqari paxta tolasi iflosligi va nuqsonlarining miqdori bo`yicha sinflarga bo`linadi. I va II navlar – oliy, yaxshi, o`rta, oddiy, iflos; III va IV navlar – yaxshi, o`rta, oddiy, iflos va V nav – o`rta, oddiy, iflos sinflardan iborat. Dunyo bozorida trikotaj uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyo to`rtinchi tipdagi paxta tolasi bo`lib, unga talab juda kattaligicha qolmoqda. So`nggi yillarda 4-tipdagi paxta tolasini tayyorlash hajmi sezilarli darajada oshdi va umumiy hajmda 28 foizga (keng tarqalgan navlar Buxoro 6, S-6524, Xorazm 127) yetdi. Kelajakda 4-tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish 35 foizgacha ko`payishi kutilmoqda. Shuningdek dunyo bozorida sifatli V tipdagi paxta tolasi ham yuqori talabga ega. Tayyorlangan paxtaning hajmida 70 foizni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi bo`yicha keng tarqalgan serhosil yaxshi tolali navlar: Buxoro 6, Namangan 77, An-Boyovut 2, Oqdaryo 6.
3.1 –jadval
Paxta selektsion navlarining tolalari bo`yicha texnolgik xususiyatlari
Selektsion navi
Shtapel massaviy uzunligi, mm
Chiziqli zichligi, m∙tex
Nisbiy uzilish kuchi,
gf/tex
Mikroneyr
ko`rsat
kichi
Tipi
Uzun tolali navlar
Termiz 31
36,0
153
30,2
3
O`rta tolali navlar
S-6524
33,5
159
25,8
4,2
4
S-4727
31,7
177
25,1
4,5
5
Toshkent 6
31,9
169
24,6
4,5
5
An-Boyovut 2
31,8
171
25,1
4,3
5
Buxoro 6
32,5
167
25,5
4,0
5
Namangan 77
32,4
176
25,0
4,1
5
Xorazm 127
33,6
179
25,3
4,4
4
Omad
32,6
185
24,4
4,3
5
Oqqo`rg`on 2
32,6
167
25,4
4,1
5
Sharaf 75
32,7
157
24,5
4,5
5
Mexnat
32,1
172
24,6
4,4
5
Oqdaryo 6
34,0
178
25,1
5
G`o`zaning istiqbolli selektsion navlari. G`o`zaning selektsion navi ma’lum morfologik va agroxo`jalik belgilariga ega bo`lib, ilmiy-tadqiqot muassasasida selektsiyaning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab chiqarilgan va xo`jalik nuqtai nazaridan qiymatga ega bo`lgan g`o`za navidir. O`zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g`o`zaning 10 dan ortiqroq rayonlashtirilgan selektsion navlari ekilmoqda. Namangan 77 navi ko`proq Qashqadaryo viloyatida, Xorazm 127 navi-Xorazm viloyatida, Buxoro 6, Namangan 77, S-6524 kabi navlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida ekilib kelinmoqda.
Yangi navlarni ma’lum darajada cheklangan holda paxta ekiladigan xududlarga mo`ljallab yaratilishi maqsadga muvofiqdir, chunki har bir hudud sharoitiga moslashtirilib yaratilgan yangi navlar erta pisharligi, yuqori hosildorligi va tola chiqishining yuqoriligi, hamda kasalliklarga chidamliligi bilan amaldagi navlardan ustunligini ko`rsatsa maqsadga erishilgan hisoblanadi.
Paxtaning fizik-mexanika xususiyatlari. Bir necha yillar davomida asosiy maydonlarda ekilayotgan paxta navlarining tolalari bo`yicha umumlashtirilgan texnologik xususiyatlari 3.1-jadvalda keltirilgan.

Nazorat savollari.
1.Xo`jalik vakilining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2.Paxtani qabul qilishda tortish og`irligi necha tonnalik tarozilar ishlatiladi?
3.Paxta zavodida qabul qilingan paxta necha sortga ajratiladi?
4.Paxta namligi standart talabidan oshiq bo`lsa nima qilinadi?


Download 150.5 Kb.
1   2   3




Download 150.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta tolasining sifati bo`yicha klassifikatsiyasi

Download 150.5 Kb.