-rasm. Paxtani g`aramlash jarayoni




Download 150.5 Kb.
bet2/3
Sana26.05.2022
Hajmi150.5 Kb.
#21990
1   2   3
Bog'liq
3-Ma`ruza (4)
KT-1, Ekursion turizimni tashkil, 9-sinf-informatika, dars-ishlanma-informatika-9-sinf, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, 3-Mavzu, 86314, Mustaqil ish mavzulari, Qisloq xo\'jalik hayvonlarini oziqlantirish (1), elektr taminot asoslari, Lyusher ranglar testi, Mirtursunov Mirvoxid Farg‘ona Toshkent uslublari, Davronov ttb, seXFX2WmNi0tANHupKyegonftd3BGfaicBRRfVu4
3-rasm. Paxtani g`aramlash jarayoni.
Har yilgi paxta tayyorlash Davlat rejasini bajarish uchun, dalalardan keltirilgan paxtani o`z vaqtida qabul qilib olish, markazlashgan usulda quritish- tozalash, yaxshi saqlash uchun paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlari quyidagi talablarni bajarishlari kerak:
-paxta ekadigan jamoa, shirkat va boshqa xo`jaliklar bilan har yili butun hosilni davlatga sotish uchun kontraktatsion shartnoma tuzishi va uning bajarilishini tekshirishi;
-xo`jaliklarda qo`lda va mashinada teriladigan paxtaning sifatini qanday qilib yaxshilash va sortlarga to`g`ri ajratish haqida tushuntirish o`tkazish;
-paxtani qabul qilishda davlat standartlarida belgilangan qoida va normalarga qat’iy rioya qilish;
-quritish-tozalash tsexlarining to`xtovsiz va unumli ishlashini ta’minlash;
-qabul qilingan paxta uchun paxta topshiruvchilar bilan to`g`ri va o`z vaqtida hisob-kitob qilish;
-qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat sortlari bo`yicha uning usuliga va dala gruppalariga qarab alohida partiyalarga ajratish va urug`lik paxtalarni ham reproduktsiyasi bo`yicha alohida partiyalarga ajratish;
-saqlanayotgan paxtaning sifatini o`z vaqtida tekshirib turish va zavod planiga muvofiq yuklab jo`natib turish;
- paxtani saqlash, quritish, tozalash va zavodga jo`natish vaqtlarida uning sifatini buzmaslik va isrof bo`lishiga yo`l qo`ymaslik kerak;
-zavodga yuborilayotgan paxtani tayyorlash punktida va zavodda tarozida tortish va uning sifatini aniqlash yo`li bilan tayyorlash punktida saqlanayotgan paxtaning hisobini to`g`ri olib borish; paxtani qabul qilish, saqlash, quritish va tozalash hamda zavodga yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish choralarini ko`rish;
-paxta tayyorlash ishining hamma bosqichlarida yong`indan saqlash va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tadbirlarini ko`rish paxtani qabul qilish, omborlarga joylash va ularni tashish davrida ishlatiladigan mexanizmlardan to`liq unumli foydalanish choralarini ko`rish;
-paxta tayyorlash davrida ishlatiladigan transport uskunalari, brezentlar, qop-qanorlar, laboratoriya jixozlari va boshqa xo`jalik materiallarini tejab-tergab sarflash choralarini ko`rish;
-paxta tayyorlash punktlarining vazifasiga paxta tozalash zavodidan keltirilgan urug`lik chigitni vaqtincha saqlash va ularni o`z vaqtida xo`jaliklarga qoidaga muvofiq tarqatish.
Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqariladigan paxta tolasi davlat standartiga muvofiq yettita sortga bo`linadi. Shu sababli chigitli paxtani qabul qiluvchi klassifikatorlar har bir sort paxta ichidan uning tashqi ko`rinishiga qarab yaxshi sifatli tola beradigan qismini quyidagicha ajratib olinib, aloxida partiyaga to`plab boriladi:
I sort paxtadan-pallalarining yirikligiga, rangiga, yaxshi ochilganligiga, vazminligiga qarab a’lo sort tola beradigan qismini;
III sort paxtadan – ko`proq IV sort tola beradigan qismini;
IV sort paxtadan – ko`proq IV va V sort tola beradigan qismini;
Mashinada terilgan paxta ichidan esa ko`proq I sort tola olish uchun uning yaxshi pishgan qismi alohida ajratib olinadi.
Paxta tayorlash punktining teritoriyasi zavod direktorining buyrug`iga muvofiq ikki yoki uch zonaga bo`linadi. Uch zonalik tayyorlash punktlarining kirish darvozasi yoniga joylashgan 1- zonada klassifikator paxtaning sifatini aniqlab, laboratoriya uchun namuna oladi; 2 - zonada paxta tarozida tortiladi va katta klassifikator qabul qilish hujjatini yozib beradi; 3 – zonada qabul qilingan paxta partiyasiga qarab ochiq yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta sifati tekshiriladi.
Paxta qabul qilish ikki zonali sistemada bajarilsa, katta klassifikator 1-zonada turib paxtaning sifatini tekshiradi va tarozida tortadi. Agarda paxtaning sifati standart talabiga javob bermasa 1-zonadan nariga o`tkazilmaydi va quritish, tozalash uchun qaytariladi. Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir partiyasi uchun passport-kartochkasini tuzadi. Pasportda paxtaning selektsion va sanoat sorti, reproduktsiyasi, dala guruxi, ombor nomeri, partiyaning boshlangan va tugallangan vaqti, uning og`irligi va klassifikatorning familiyasi ko`rsatiladi.

Download 150.5 Kb.
1   2   3




Download 150.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Paxtani g`aramlash jarayoni

Download 150.5 Kb.