Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklarning orasidan olib o‟tiladi,
chigitlar esa o‟ta olmay to‟xtab qoladi, shunda tolalar chigitdan ajraladi. Arra
tishlaridagi tolalar soplodan chiqqan havo oqimi bilan ajratilib, umumiy tola
tortish trubasiga uzatiladi. Kolosniklarning ish qismida tirqishlar kengligi 3,2
mm dan (eng kichik chigitning o‟lchamlaridan) katta bo‟lmagani uchun chigit
o‟tib ketadi va hamma tolalar ajralmaguncha aylanishda davom etadi.
Jin mashinlaridan keyin tolalarni tozalash uchun 1ВПУ tola tozalash
mashinalari o‟rnatilgan. Tolani tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Tola qabul qiluvchi orqali birinchi arrali silindrga tushadi,
unda arralar tishi
tolani ilib olib qobirg‟alardan urib olib o‟tadi, shunda ular oralig‟idan xas-
cho‟plar aralashmalar ajralib tushadi. Arrali silindr oldiga yopishtiruvchi
cho‟tkalar o‟rnatilgan. Bu cho‟tkalar yordamida tola taraladi va undan yuza
qismida bulgan chiqindilar ajratiladi.
Tozalangan tola arrali silindrdan yo‟naltiruvchi moslama yordamida
yuqoriga ko‟tarilib so‟rib oluvchi quvurga tushadi. Tola tozalagichning ichki
qismidagi aerodinamik xolatni yaxshi saqlash uchun,
xamda tozalangan
tolaning yaxshi yo‟nalishi uchun arrali silindrlarning oralig‟iga aylanuvchan
qaytargichlar o‟rnatiladi. qobirg‟alarga urilib ajralgan xas-cho‟p aralashmalar
chiqindilar bo‟linmasiga sirg‟alib tushadi va olib ketuvchi moslamalar
yordamida mashinadan chiqariladi.
Hamma tolalaridan ajralgan chigitlar o‟zining ilashish qobiliyatini
yo‟qotadi, chigitli paxta valigidan ajralib, kolosnik sirtiga so‟ngra
uning
tirqishlaridan pastga tushadi. Jindan chiqqan chigit linterlanishdan oldin
tozalanishi kerak. Chunki chigit orasida mayda toshlar, iflosliklar aralashgan
bo‟ladi. Linterlashdan olinadigan momiqning toza bo‟lishi uchun oldin chigit
tozalanishi kerak. Bundan tashqari chigit tozalanmasa, linterga tushganidan
so‟ng uning tarkibidagi toshlar linterdagi arra tishlarni
sindirib yuborishi
mumkin. Arra tishlarining sinishi esa linterlash ish unumiga va chigitga salbiy
ta`sir ko‟rsatadi
Linterlash jarayoni, 4 dona 2 qatordan o‟rnatilgan 5ЛП rusumli linterlash
mashinalarida amalga oshiriladi. Momiq – bu jinlashdan keyin chigit ustida
qolgan qisqa tolalardir. 5ЛП – bu arrali momiq ajratgich. Arralar soni 160 ta.
Arra diametri 320 mm.
Linterning jindan farqi ishchi kamerasida tuzitgich o‟rnatilgan. Arra
tishlari esa ikki tamonlama emas, bir tomonlama charxlanadi. Linterning ishchi
kamerasiga jinlashdan keyingi chigit keladi. Ishchi kamerada xom ashyo
valigini to‟zitgich hosil qilib beradi. Tuzitgichning yana bir vazifasi chigitni
arra tishiga bir tekis qilib berishni ta`minlaydi. Demak, xom ashyo valigining
aylanishi momiq chiqish darajasiga ta`sir ko‟rsatadi.
Bundan tashqari ishchi
kamerada zichlik klapani xam mavjud. Agar ishchi kamerada chigit miqdori
oshib ketsa zichlik klapani siqib ta`minlovchi vakillarga signal beradi va chigit
bilan ta`minlanish to‟xtatiladi, agar ishchi kamerada chigit miqdori kamaysa
zichlik kamerasi bo‟shab, ta`minlovchi valiklarga signal boradi va chigit bilan
ta`minlanish davom ettiradi. Uruglik chigit ishlash maxsus texnologik jarayon
tuzish bilan olib boriladi. Texnik chigitdan farqi urug‟lik chigitni paxta 1 nav
namligi 9%dan oshmagan pishgan paxtadan iborat. Mashina va uskunalar
chigitning siniqlik darajasini 5%dan oshmaydigan darajada ishlab chiqarishlari
kerak.
Jinlashdan keyin tola tozalagichdan o‟tgan
tolalar va linterlashdan
keyingi momiq press bo‟limidagi kondensorlar yordamida press yashigiga kelib
tushadi. Korxonada 2 ta press qurilmasi bor. Tola uchun ДП8237, momiq uchun
esa ДА8237 gidropress qo‟llaniladi.