Payvandlanuvchanlik




Download 1,07 Mb.
bet4/5
Sana14.05.2024
Hajmi1,07 Mb.
#231858
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.3. Metallarning payvandlanuvchanligi

2-rasm. Nuqtali payvandlash (partabel) mashinasi.

Nuqtali payvandlar uchun kleshlar - ishchi va xizmatchilarni payvandlashda


tajribalari past bo'lsa ham, foydalanish qiyin qiyin bo‘lmagan jixozlar qatoriga kiradi.
Plastik quvurlarni kontaktli payvandlash apparati polimer materiallardan
tayyorlangan mahsulotlarni germetik yelimlash va kesishda ishlatish imkonini beradi.
Maxsus nasadkalar yordamida quvurlar bir vaqtning o'zida qizdiriladi, so'ngra ulanib va sovutilish tizimlari mavjud. Ushbu jarayon oddiy va tezligi bilan xozirgi kunda kommunikatsion jarayonlarni ishga tushirishda asosiy tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llanilmoqda. Hatto uyda yangi boshlovchi ham bunday payvandlash mashinasini tez o‘rganib kichik biznesni shakllantirishi mumkin.

3-rasm. Nuqtali payvandlar uchun avtomat robot manipulyator kleshlari.

Volfram elektrod yordamida - argon yoyli payvandlash. Metallni himoya qilish uchun inert gaz (odatda argon) ishlatiladi. Korxona deyarli har qanday metallni ishlatishi yoki maxsulot ishlab chiqarishida qo‘llashi mumkin. TIG payvandlashning asosan kichik ta'sir doirasiga ega bo'lgan yuqori qizdirib eritish xususiyatiga ega jixoz xisoblanadi. Buning yordamida qismlar ish paytida deformatsiyalanmaydi. Ammo yaxshi natijaga erishish uchun ishchi-xizmatchilardan juda yuqori mahoratni talab etadi. Argonyoyli payvandlash asosan ishlab chiqarishda qo'llaniladi: metallurgiyada, quvurlarni payvandlashda, konditsioner ishlab chiqarish, energetika, mashinasozlik, samolyotsozlik va hatto kosmik sanoatida foydalanilmoqda.


Payvandlash jarayonida payvand yoyi flyus qatlami ostida naplavkalash. Shu
sababli, yuqori tok kuchiga ega bo'lgan yoydan foydalanish mumkin. Buning
yordamida, hatto o'tga chidamli metallar bilan ishlaganda ham, yuqori tezligni olish mumkin bo‘ladi. Barcha talablarga ko‘ra, mashina detallari va qismlari har qanday salbiy ta'sirlardan himoyalangan bo‘ladi. Bu usul, asosan, o'tga chidamli metallarni payvandlashda katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun foydalaniladi: kemasozlikda, tanklar ishlab chiqarishda, yuqori bosimli quvurlarni tortishda, massivli metal konstruktsiyalarini ishlab chiqarish va boshqalarda.

4-rasm.Payvand yoyi flyus qatlami ostida yonishi.

Ta'mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktika ishlari. Payvandlash


uskunalariga o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatish, parvarish qilish va oldini olish uzoq muddatda undan foydalanish uchun muhim jarayondir. Ushbu ishlarning muntazam bajarilishi jixozni yaxshi ishlashini ta'minlaydi va kelajakda jiddiy zararlardan ximoyalanishiga yordam beradi.
Quyidagi harakatlarni amalga oshirish talab etiladi:
• nosozlikning tashqi belgilarini aniqlash uchun qurilmaning asosiy elementlarini muntazam tekshirish (izolyatsiyaning buzilishi, kontaktlarning erishi va boshqalar);
• qismlarni tozalash va moylash;
• sinov va ishlarni tahlillash.
Xavfsizlik oqibatlarga olib kelmaslik uchun quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish kerak:
• Elektr toki urishining oldini olish uchun quruq himoya kiyimi va leggings
kiyish. Yalang qo'l bilan elektrodlarga va kuchlanish ostida uskunaning tanasiga
tegishlik taqiqlanadi. Yuqori namlik sharoitida ishlaganda ayniqsa ehtiyot bo'lish
zarur;
• Payvandlash ximoya vositasi(Maskasi) yoy nurlanishidan va payvandchi
yuzining shikastlanishidan himoya qilishi tajribadan o‘tganligi ko‘rsatilishi lozim;
• Gaz va tutundan zaharlanishning oldini olish uchun ish joyi yaxshi
ventilyatsiya qilinishi kerak;
• Shovqin darajasi yuqori bo'lsa, eshitish himoyasi muhim ahamiyatga ega;
• Payvandlash ishlari yaqinida yonuvchi yoki portlovchi moddalar bo'lmasligi kerak. Yong'in o'chirish moslamalari yaqin atrofda bo'lishi kerak.
Payvandlash kabellari ulangan terminal blokida yomon kontaktklar sodir
bo‘lishi. Ulanishning kuchli qizishi, izolyatsiyani yo'qolishi va qisqa tutashuvga olib keladi. Bu qizib ulanishini oldini olish, kontakt guruhini ajratish va qattiqroq
zichlanishini ta’minlash uchun ularni qisish orqali yo'q qilinadi. Uskunaning o'z o'zidan o‘chib qolishi. Himoya vositasini ishga tushishi tufayli qurilma tarmoqqa
ulangandan so'ng darhol paydo bo'ladi. Mumkin sabablar yuqori kuchlanish pallasida, kuchlanish tufayli burilishlar orasidagi qisqa tutashuv, shuningdek, kondansat kichlarning noto'g'ri ishlashidan kelib chiqadi. Ta'mirlash uchun qurilmani elektr tarmog'idan uzish va izolyatsiyani tiklash yoki kondansat kichlarni almashtirish orqali nuqsonni bartaraf etish kerak.
Transformatorning haddan tashqari shovqini. Ko'pincha qizib ketish bilan birga keladi. Ehtimol sabab bo'shashgan murvat yoki transformatorning ortiqcha
yuklanishi. Shuningdek, shovqin kabellari yoki magnit pallasining varaqlari orasidagi qisqa tutashuv tufayli paydo bo'ladi.

Download 1,07 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,07 Mb.