Payvandlanuvchanlik




Download 1,07 Mb.
bet2/5
Sana14.05.2024
Hajmi1,07 Mb.
#231858
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.3. Metallarning payvandlanuvchanligi

Uglerodli konstruksion po‘latlarni payvandlash. Tarkibida 0,2% gacha uglerod bo’lgan kam uglerodli po’latlar tipaviy payvandlash materiallaridan foydalanib payvandlanadi. Payvandlanadigan buyumning mas‘uliyatlilik darajasiga qarab Э38, Э42 va Э42A tipli elektrodlardan foydalaniladi.
Э38 tipidagi elektrodlar mas‘uliyatsiz buyumlarni, Э42 – mas‘uliyatli buyumlarni va Э42A – alohida mas‘uliyatli buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Qalin listlardan (15mm) va payvandchi uchun noqulay vaziyatlarda buyumlarni payvandlash uchun (qurilishda montaj ishlarini bajarishda) suyuqlantirib qoplanadigan metalining mustahkamligi yuqori bo’lgan Э46 va Э46A tiplardagi elektrodlardan foydalanish lozim. Bu talabni quyidagilar bilan tushuntirish mumkin: noqulay vaziyatlarda katta kesimli ko’p qatlamli choklarni nuqsonsiz payvandlash qiyin. Mustahkamligi yuqori bo’lgan chok metalini hosil qiluvchi elektrodlardan foydalanib garantiyalangan mustahkamlikdagi birikmalar olish mumkin.
Kam uglerodli po’latlarni biriktiruvchi choklar (yoy yordamida va gaz alangasida payvandlashning barcha turlari bilan bajarilgan) darzlarning hosil bo’lishiga qarshi to’la qoniqarli turg’unlikka ega.
Tarkibida 0,2 dan 0,45% gacha uglerodi bor o’rtacha uglerodli po’latlar qo’shimcha texnologik priyomlarni qo’llab shunday payvandlanadiki, bunda payvandlanayotgan paytda darzlar hosil bo’lmasin. Turli darajada oksidsizlanuvchi va har xil kategoriyadagi ВСт4 markali va 25 markali po’latlar noto’g’ri tanlangan payvandlash issiqlik rejimida darzlar hosil qilishi mumkin. Darzlar asosan burchak choklarda yoki listlar orasida zazor qoldirmasdan payvandlangan ko’p qatlamli uchma-uch chokning birinchi qatlamida yoki katta bikrlikka ega bo’lgan buyumlarning oxirgi choklarida yohud payvandlash past haroratli havoda bajarilsa va boshqa hollarda paydo bo’ladi. Barcha bu hollarda po’latlarning ko’rsatilgan markalari uchun payvandlash texnologiyasini shunday tashkil etish kerakki, chok metalining sovitilish tezligi iloji boricha yuqori bo’lmasin.
Ст5 markali po’lat tarkibida 0,29 dan 0,37% gacha uglerod bo’ladi, shuning uchun bu po’latning payvandlanuvchanligi Ст4 markali po’latning payvandlanuvchanligidan yomon. Ст5 po’latidan tayyorlanadigan buyumlarni qo’shimcha qizdirib payvandlash kerak. Yаxshisi buyumni bir yo’la chok o’qidan ikkala tomonga 50 – 70mm masofada 100 – 200 °С haroratgacha qo’shimcha qizdirish kerak: qalinligi 15mm atrofida bo’lgan listlar uchun qizdirish harorati 100 °С ni qalin listlar uchun 200 °С ni tashkil qiladi.
УОНИ-13/45, УОНИ-13/55, AНO-7, AНO-8, AНO-11 va boshqa
elektrodlar chok metalining darzlarga qarshi yuqori turg’unligini va payvand birikmaning zarur bo’lgan yuqori mexanik xossalarini ta‘minlaydi.
Ст6 va 40 markali po’latlarning payvandlanuvchanligi ancha yomon bo’ladi. Bu po’latdan tayyorlanadigan buyumlar qizdirib payvandlanadi, payvandlangandan keyin esa termik ishlanadi.
Odatda, ko’p uglerodli po’latlardan (С=0,46 – 0,70%) payvand birikmalar tayrlanmaydi. Bu po’lat quyma detallarda qo’llaniladi.



Download 1,07 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,07 Mb.