|
Payvandlash mmetallurgiyasi” o‘quv fani bo‘yicha Labaratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo`llanma
|
bet | 5/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #232975 |
Bog'liq PM LabaratoriyaNazorat uchun savollar.
1. Payvandlashda qo`llaniladigan magnit maydoni turlari?
2. Yoy razryadiga va payvandlash vannasi metaliga ko`ndalang v abo`ylanma magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
3. Payvand yoyi shakliga tashqi magnit maydonining ko`rinishi,turi va qutublanishi qanday ta’sir ko`rsatadi.?
4. Metall chokini shakllanishiga o`zgarmas, o`zgaruvchan va impulsli magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
5. Metall chokining tangachasimon shakllanishiga magnit impulslarining chastotasini tartibi va izi qanday tasir ko`rsatadi.?
6. Payvand chokining geometric o`lchamlariga magnit maydoninig impulslari kattaliklari qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu ta’sirlarni qanday tushunish mumkin?
Labaratoriya ishi № 3
ELEKTROD QOPLAMALARINING TAShKILIY QISMLARINI IONLOVChI TA’SIRINI TADQIQOT QILISh.
Ishdan maqsad: Yoy razryadi turg`unligiga elektrod qoplamalari komponentlarini ionlashish xususiyatlarini ta’sirini o`rganish
Ishning mazmuni.
Yoy razryadlanishining normal turg`un kechishi uchun, elektrodlar o`rtasida hamisha yetarli darajada zaryadlangan zarrachalar- ionlar va elektronlar bo`lishi kerak. Elektronlar yoy ichiga issiqlik electron emissiyasi va avto electron emissiya hisobiga katoddan va elektrod qoplamasi materialining ionlashishidan xosil bo`lib kirb qoladi. Ionlashish jarayonida elektronlardan tashqari ionlar ham hosil bo`ladi. Ionlashish atom va zarrachalarning bir biri bilan to`qnashishi, nurlar ta’siri(fotoionizatsiya) va qizishi (issiqlik ionizatsiyasi) ta’sirida yuz berishi mumkin. Yoy razryadining turg`unligi ionlashishning oson kechishi bilan bog`liq bo`lib, buni ionlashish potensiali belgilab beradi. Ionlashish potensiali deb elektronlarni atom yoki molekuladan ajralishi uchun kerak bo`ladigan energiyaga aytiladi va ular voltlarda anqrog` electron voltlarda beriladi. Quyida ayrim elementlarning ionlashish potensiali berilgan. jadval 3.1.
jadval 3.1.
Birlamchi ionlashish potensiali, V
Cs
|
K
|
Na
|
Ca
|
Fe
|
H
|
H2
|
O
|
N
|
Ar
|
F
|
Ne
|
He
|
3,88
|
4,30
|
5,11
|
6,08
|
7,83
|
13,53
|
15,40
|
13,56
|
14,5
|
15,7
|
18,6
|
21,5
|
24,5
|
Yoy razryadini turg`unligini oshirish uchun elektrod qoplamalari tarkibiga ionlashish potensiali past bo`lgan materiallar qo`shiladi(tuz tuproqlari va yer tuproq metallari). Elektrod qoplamalarining bunday materiallari ion hosil qiluvchi deb ataladi. Elektrod qoplamalari tarkibiga ionlastiruvchi komponentlardan tashqari payvand vannasini tashqi muxit tasiridan himoyalash uchun, suyuq metalga metallurgic ishlovlar berish uchun va chokni shakllantirish uchun ham komponentlar qo`shiladi. Komponentlarning turli maqsadlarda qo`shilish natijasida ular orasida ionlashishi turlicha bo`lgan materiallar qo`shilib qolishi mumkin. Masalan aytrim komponentlarning ionlashish potensiali yuqori bo`lishi mumkin( ftor birikmalari) Bu yoy razryadi turg`unligini pasaytiradi.
Yoy razryadini turg`unligiga komponentlarning umumiy ta’sirini baholash uchun ionizatsiya potensiali effektivligi tushunchasidan foydalanamiz, u aloxida komponentlarning ionlashish potensialigagina emas balki ularni qoplamadagi konsentratsiyasiga bog`liq. Ionizatsiya potesiali effektivligi U0 quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu yerda T – temperatura, ° K;
γ – komponentlar kosentratsiyasi (molyar hajim);
Ui – komponentning ionlashish potensiali, V.
Tayyor elektrodlarning va elektrod qoplamalarining ionlashish hususiyatlarini taqqoslash uchun yoyning uzulish uzunligi aniqlanadi.
|
| |