Nazorat savollari:
1. Rentgen va gamma-nurlanishlarning hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring.
2. Ionlovchi nurlanishning tarqalishi sabablarini izohlang.
3. Ionlovchi nurlanishda nuqsonlarni aniqlash nimaga asoslangan?
4. Radiografiyada sezgirlikka qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5. Impulsli apparatlarning issitilagn katodli apparatlaridan qanday farqi bor?
6. Rentgen plyonkalarning turlarini va ularning asosiy xarakteristikalarini ayting
7. Ekranlarning vazifasi nimada va kuchaytirish prinsipi nimaga asoslangan?
8. YOritib ko‘rishda qanday etalonlardan foydalaniladi?
9. Kserografiya va fluorografiyaning afzalliklari va kamchiliklari nimada?
10. Radioskopik nazoratning asosiy sxemalarini aytib o‘ting.
11. Tomografiya prinsipini tushuntring.
5-MA’RUZA.
Ultratovush yordamida nazorat qilish
Reja:
5.1. Fizik asoslari
5.2. Apparatlar
5.3. Nazorat texnologiyasi
5.4. Ultratovush bilan nazorat qilishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
Tayanch so‘zlar va iboralar: ultratovush, pezoplastina, ultratovush yordamida nazorat qilish
5.1. Fizik asoslari
Ultratovush to‘lqinlarining tarqalishi. Ultratovush tebranishlari deb chastotasi inson qulog‘ining eshitish bo‘sag‘asidan tashqarida yotuvchi, yani 20000 Gs (20 kGs) bo‘lgan qayishqoq tebranishlarning mexanik tebranishini aytiladi. Ultratovush yordamida nazort qilish uchun 0,5 – 10 MGs chastotali tebranishlardan foydaniladi.
Ultratovush nurlangichlari va priyomniklari (qabul qilgichlari) sifatida pezoelektrik keramika yoki pezokvarsdan tayyorlangan pezoplastinalar ishlatiladi. Ultratovush tulkinlari nurlagichlari va qabul šilgichlari pezoutkazgichlar deyiladi. Pezoplastinaga elektr kuchlanishi berilganda teskari pezoelektrik effekt tasirida plastinaning qalinligi o‘zgaradi. Agar kuchlanishning ishorasi o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda plastina ana shu o‘zgarishlar bilan bir taktda tebranib atrof muhitda qayishqoq tebranishlar hosil qiladi. Bunda plastina nurlangich kabi ishlaydi. (3.1-rasm, a) va aksincha, basharti pezoelektrik plastina bosim impullarini qabul qilsa (qaytarilgan ultratovush to‘lqini), u holda to‘g‘ridan to‘g‘ri pezoelektrik effekt tasirida uning qoplamalarida elektr zaryadlari paydo bo‘lib, ularning qiymatlarini o‘lchash mumkin. Bu holda pezoplastina qabul qilgich singari ishlaydi (3.1-rasm, b). Elektr maydonini qo‘yish va olish uchun pezoplastinaning qarama qarshi yuzalariga kumush elektrodlar qoplangan.
3.1-rasm. Ultratovush nurlanayotganda (a) va qabul qilinayotganda (b)
pezoplastinaning ishlash sxemasi
1. Kuchning tasir yo‘nalishi 2. Kuchning tasir yo‘nalishi
Ultratovushning fazoda tarqalish jarayoni to‘lqinsimon bo‘ladi. Muhitning tebranayotgan zarralarini hali tebrana boshlamagan zarralaridan ajratib turuvchi chegara to‘lqin fronti deyiladi. Qayishqoq to‘lqinlar tarqalish tezligi S, to‘lqin uzunligi λ va chastotasi ƒ bilan tavsiflanadi. Bunda to‘lqin uzunligi deyilganda, bir xil tarzda (bir xil fazada) tebranayotgan eng yaqin zarralar o‘rtasidagi oraliq tushuniladi. Ushbu fazoning berilgan nuqtasidan xar sekundda o‘tadigan to‘lqinlar soni ultratovush chastotasini belgilaydi. To‘lqin uzunligi uning tarqalish tezligi va tebranish chastotasi bilan λ=s/ƒ nisbat bilan bog‘liqdir.
Zarralarning tebranish yo‘nalishiga qarab to‘lqinlarning bir necha turi bo‘ladi. Agar muhit zarralari to‘lqinning tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab tebransa, u holda bunday to‘lqinlar (32-rasm, a) bo‘ylama to‘lqinlar (cho‘zilish – siqilish to‘lqinlari) deyiladi. Basharti muhit zarralari to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar tarzda tebransa, u holda bunday to‘lqinlar (4.2-rasm, b) ko‘ndalang to‘lqinlari (siljish to‘lqinlari) deb ataladi. Ko‘ndalang to‘lqinlar siljish qarshiligiga ega bo‘lgan muhitdagina paydo bo‘lishi mumkin. SHu bois suyuq va gazsimon muhitda faqat bo‘ylama to‘lqinlar yuzaga keladi. Qattiq muhitda ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang to‘lqinlar paydo bo‘lishi mumkin. Metallarda ko‘ndalang to‘lqin tezligi St taxminan bo‘ylama to‘lqin tezligi Sl ning 0,55 ini tashkil etadi.
3.2-rasm. To‘lqin turlarining sxematik tasviri.
a – bo‘ylama to‘lqin, b – ko‘ndalang to‘lqin, v – yuzadagi to‘lqin
Qattiq jismning bo‘sh yuzasi bo‘ylab sirtiy to‘lqinlar (Reley to‘lqinlari) tarqalishi mumkin. Ular ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinar kuramasi (kombinatsiya) xisoblanadi. Qutblanish tekisligi, ya’ni muhit zarralari tebranadigan tekislik ularda yuzaga perpendikulyar bo‘ladi. Ushbu to‘lqinlarning jismda tarqalish chuqurligi tahminan to‘lqin uzunligiga, tarqalish tezligi esa 0,9 St ga teng (3.2-rasm, v, 3.1-jadval). Qalinligi to‘lqin uzunligi bilan o‘lchovdosh bo‘lgan qoplama bimetall qatlamalarida normal to‘lqinlar, yoki ba’zan Lemb to‘lqinlari deb ham ataladigan to‘lqinlar tarqaladi. Ular plastinaning butun qalinligini to‘ldiradi. Bimetall listlarning qoplama qatlamlari gorizontal qutblanishli sirtiy to‘lqinlar (Lyav to‘lqinlari) tarqalishi mumkin.
Ultratovush tebranishlarining kalta (zondlovchi) impulslarining muhitda o‘tish jarayonini qarab chiqamiz. Diametri 2a ga teng dumaloq disk ko‘rinishidagi p’ezoelement (3.4-rasmga qarang) bir vaqtning o‘zida ultratovush nurlangichi va qabul qilgichi bo‘lib hizmat qiladi. Pezoelement ultratovush tebranishlari (UTT) impulsini nurlantirganda muhitda ultratovushli nurlanish maydoni yuzaga keladi, uning muayyan fazoviy chegaralari bo‘ladi va tovush bosimi dasta ichida taqsimlanadi.
3.1-jadval
|