• MA’RUZALAR MAVZULARI 1-MA’RUZA. KIRISH. Reja
  • Institut o`quv – uslubiy kengash rayisi __________________Q. M. Ermatov




    Download 3,83 Mb.
    bet2/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK
    0лппро, 9
    Institut o`quv – uslubiy kengash rayisi __________________Q. M. Ermatov


    O‘QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI



    1.

    O‘quvmateriallar:




    1.1.

    Ma’ruza kursi.




    1.2.

    Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish boyicha uslubiy ko‘rsatma.




    1.3

    Labaratoriya ishlari




    2.

    Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari:




    2.1.

    Mustaqil ta’lim bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.




    3.

    Glossariy.




    4.

    Ilovalar:




    4.1.

    Fan dasturi.




    4.2.

    Ishchi o‘quv dastur.




    4.3.

    Sillabus.




    4.4.

    Tarqatma materiallar.




    4.5.

    Testlar.




    4.6.

    Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.




    4.7.

    Fanning o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo’yicha boshqa materiallar.




    4.8.

    O‘UM ning elektron varianti.





    MA’RUZALAR MAVZULARI


    1-MA’RUZA.
    KIRISH.
    Reja:
    1.Defektoskopiya kiskacha rivojlanish tarixi
    2.Sinflarga tabaqalash.
    3.Defektoskopiyani rivojlanishida olimlarning ro`li, ko`llaniladigan soxalari.

    Mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlashning zamonaviy texnologik jarayonlari ko‘pchilik hollarda payvandlashning turli xil usullaridan foydalanish bilan qo‘yib amalga oshiriladi. Ularni takomillashtirish yoki birikmalarning yangi uslublarining qo‘llanishi tayyorlanayotgan konstruksiyalarning sifatini oshirish muamosini qisman hal etadi, chunki payvandlashning yaxshi ishlab chiqilgan texnologiyasida ham buyumlarning ishonchliligini va uzoq muddat ishlab olish qobiliyati pasayishiga olib keluvchi turli xil nuqsonlar bo‘lishi mumkin. SHu munosabat bilan tayyorlanayotgan konstruksiyalarning sifatini oshirish uchun buzmaydigan nazorat qilish uslublari muhim axamiyatga ega bo‘ladi.


    Bir qator sanoat tarmoqlarida payvand birikmalarni buzmaydigan nazorat mustaqil texnologik jarayon qilib ajratilgan, chunki ko‘pchilik hollarda nazorat qilishning og‘irligi (ko‘p mexnat talab ekanligi) payvandlash jarayoni qiyinligi bilan o‘lchovdoshdir. Bir qator konstruksiyalarni tayyorlashda nazoratga sarflanadigan xarakatlar ularni payvandlashga ketadigan xarajatlardan ko‘pdir, nazorat qilish operatsiyalarining qiymati esa konstruksiya umumiy qiymatining 25-35% ini tashkil etish mumkin. Buning sababi dastavval shundaki, payvandlash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi ancha yuqori (33 - 40%) bo‘lib, ayni paytda avtomatlashtirilgan buzmaydigan nazoratning ulushi juda ham kam (1 - 2%). SHuning uchun xozirgi vaqtda payvand birikmalarning sifatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan uslublarini tezkor joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
    SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, nazorat qilishning sanab o‘tilgan uslublari orasida payvandlashdagi barcha nuqsonlarni aniqlab berishga kafolat beradigani yo‘q. Bu uslublarning har birining o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor. Masalan, nazorat qilishning radiatsion uslubidan foydalanishda o‘lchami uncha katta bo‘lmagan (0,1mm va undan ortiq) va ancha yomon qorishmaganliklar, yoriqlar va tortilib qolgan pishmay qolishlar (30 -40%) hajmiy nuqsonlar ravshan ko‘rinadi. Ultratovush uslubi, aksincha, tekislikdagi nuqsonlarga ancha sezgir va o‘lchami 1mm va undan kichik g‘ovaklar ko‘rinishidagi nuqsoni bo‘lgan konstruksiyalarni nazorat qilishda samarasi kamdir. Sirtiy nuqsonlarni aniqlash uchun nazorat qilishning ham kapillyar, ham magnit usullaridan foydalaniladi.
    Nazorat jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek nazorat qilishda u yoki bu uslubdan yoki uslublar qo‘yilmasidan oqilon foydalanish payvand birikmalarining sifatini katta ishonchlilik bilan baxolashga imkon berishini amaliyot ko‘rsatmoqda.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bo‘lgan oshib borayotgan talab payvandlash texnologiyasi, nazorat qilish apparaturasi va nazorat xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash masalasini ilgari so‘rdi.



    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Institut o`quv – uslubiy kengash rayisi __________________Q. M. Ermatov

    Download 3,83 Mb.