• 2.5. Tashqi ko‘zdan kechirish
  • Payvandchilarning malakasini nazorat qilish




    Download 3,83 Mb.
    bet6/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK
    0лппро, 9
    2.4 Payvandchilarning malakasini nazorat qilish

    Buyumlarni payvandlashga tayyorlashni va payvandlash jarayonini sinchiklab reja asosida nazorat qilish payvandchilarning tayyorgarlik darajasini tekshirmasdan turib samarli bo‘lmaydi. Bir qator ishlab chiqarishlar uchun (masalan, montaj qilish vaqtida quvurlarning payvandlash) braklarning 70% dan ortig‘i payvandchilarning aybi bilan vujudga keladi. SHuning uchun konstruksiyalarni tayyorlashning texnologik jarayonining barcha bosqichlarida ularning malakasini bilish kerak. Buning uchun tibbiy fiziologik va malakaga oid ko‘rsatkichlarni tekshirib turish lozim. Dastavval, payvandchilarning malakasini ularni ma’lum bir payvandlash ishlarini bajarishga ruxsat berishdan oldin hisobga olish zarur. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida payvandchilar takroriy sinovlardan davriy ravishda o‘tkazib turilishi kerak.


    Payvandchilarning malakasini tekshirish uchun korxona ma’muriyati ba’zan davshaxtexnazorat yo‘riqchisi ishtirokida malakani tekshirish komissiyasini tashkil etadi. Sinovlar tegishli buyum namunalarini payvandlashni kirishgan holda payvandlash ishlari nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda namunalar xuddi haqiqiy buyum kabi o‘shanday sharoitda va fazoviy holatda payvandlanadi. Payvandlangan namunalar tashqi ko‘rikdan so‘ng buzmaydigan nazoratning barcha usullari bilan tekshiriladi, shuningdek mexanik sinovdan o‘tkaziladi. Sinovlar uchun namunalar soni “Payvandchilarni attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari” bilan belgilanadi.


    2.5. Tashqi ko‘zdan kechirish

    Tashqi kuzatish orqali zagotovkalarni payvandlashga tayyorlash va yig‘ish sifati payvandlash jarayonida choklarni bajarishi sifati va tayyor payvand birikmalarning sifati tekshiriladi. Odatda nazorat qilishning boshqa ko‘rinishlaridan qa’tiy nazar tashqi ko‘zdan kechirish orqali barcha payvand buyumlar nazorat qilinadi. Tashqi ko‘zdan kechirish ko‘pchilik hollarda etarlicha informativ bo‘lib, nazorat qilishning eng maqsadga muvofiq va operativ usuli hisoblanadi.



    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandchilarning malakasini nazorat qilish

    Download 3,83 Mb.