• 3-MA’RUZA. RENTGEN VA GAMMA NURLARI BILAN NAZORAT QILISH Reja
  • Rentgen nurlanish.
  • Payvandlash sifat nazorati




    Download 3,83 Mb.
    bet9/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK
    0лппро, 9
    Nazorat savollari

    1. Dastlabki materiallarni nazorat qilishda nimaga e’tibor beriladi?


    2. Payvandlash jarayonida qanday parametrlar nazorat qilinadi?
    3. SHahodatlashda payvandchilarni malakasini sinash to‘g‘rsida so‘zlab bering.
    4. Tashqi kuzatishdan maqsad nima?


    3-MA’RUZA.
    RENTGEN VA GAMMA NURLARI BILAN NAZORAT QILISH


    Reja:
    3.1. Ionlovchi nurlanish
    3.2. Radiatsion defektoskopiyaning fizik asoslari.
    3.3. Apparatura va materiallar.
    Tayanch so‘zlar va iboralar: ionlovchi nurlanish, radiatsion defektoskopiya, rentgen va gamma nurlanishlar

    3.1. Ionlovchi nurlanish


    Rentgen va gamma nurlanishlar, yorug‘lik, ultrabinafsha va radioto‘lqinlar kabi elektromagnit tabiatiga ega. Biroq radioto‘lqinlar, yorug‘lik tebranishlari, rentgen va gamma-nurlanishlar to‘lqin uzunliklari bilan farq qiladi. Xususan, ko‘rinadigan yorug‘likning to‘lqin uzunligi (4  7) 10-7 m; rentgen nurlanishniki 6*10-13  10-9 m, gamma-nurlanishlarniki 10-13­­  4*10-12 m.


    Rentgen va gamma nurlanishlarining alohida hossalari shu bilan bog‘langanki, ular, masalan, ko‘rinuvchi yorug‘likka qaraganda ancha katta energiyaga ega, turli muhitlar ularni turlicha yutadi. Bu hossalari tufayli rentgen va gamma nuralnishlar buyumlarning defektoskopiyasi uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, ular elektr va magnit maydonlar ta’siriga berilmaydi, fotoplatinaga ta’sir qiladi, ba’zi kimyoviy birikmalarning lyuminessensiyasini vujudga keltiradi, gazlarni ionlantiradi, nurlantirilayotgan moddani qizdiradi, jonli organizmlarga ta’sir ko‘rsatadi.
    Rentgen nurlanish. Bu nurlanish tormozli va xarakteristik nurlanishlardan iborat. Uning paydo bo‘lishi rentgen trubkasining anodida katta tezlikka ega bo‘lgan (yadrodan tashqari jarayon) erkin elektronlarning tormozlanishi natijasida yuz beradi. Rentgen trubkasi ichidan havosi so‘rib olingan shisha ballondan iborat (3.1-rasm). Idish ichiga ikkita elektrod kavsharlangan anod 1 va katod 3. Spiral shaklidagi volfram simdan tayyorlangan katod tok manbai tomonidan yuqori temperaturalargacha qizdiriladi va elektronlar 2 nurlaydi. Trubkaning tormozli nurlanishni olish uchun foydalaniladigan anodi volfram va molibdendan qilingan plastina ko‘rinishda tayyorlanadi. Elektronlar zarur kinetik energiyaga ega bo‘lishlari uchun trubkaning anodi va katodiga yuqori kuchlanish (10 kV dan ortiq) beriladi.

    2.1-rasm. Rentgen trubkasining sxemasi:
    1 - anod, 2 - elektronlar, 3 - katod, 4 - katod uchidagi kontakt, 5 - rentgen nurlanish
    YUqori kuchlanishli elektr maydoni beradigan ma’lum tezlik bilan anodga tushayotgan elektronlar unda tormozlanadi va oxir oqibatda o‘z tezligini, binobarin, kinetik energiyasini ham yo‘qotadi. Bunda elektronlarning kinetik energiyasi qisman nurli energiyaga aylanadi, u buyumlar defektoskopiyasida foydlaniladigan tormozli nurlanish fotonlari ko‘rinishda ajralib chiqadi, uning katta qismi esa (~97%) issiqlik energiyasiga aylanadi. Hosil bo‘layotgan rentgen nurlanishning minimal to‘lqin uzunligi kvantning maksimal energiyasiga mos keladi. Elektronlar tezligi qanchalik katta bo‘lsa, kvant energiyasi shuncha katta bo‘ladi. Kvant energiyasi trubkasidagi kuchlanish bilan aniqlanadi:
    eU = h = h(c/min), bu erda e - elektron zaryadi, 1,6 ∙10-19(Kl) ga teng; U - trubkadagi kuchlanish, kV; h - Plank doimiysi, 6,625∙10-34 J/s; - chastota Gs; s - yorug‘lik tezligiga teng bo‘lib, 3∙1010km/s ga teng;  - to‘lqin uzunligi, sm. Keltirilgan formulaga son qiymatlari qo‘yilsa, min=12,4/U (sm) ni hosil qilamiz.
    Xarakteristik nurlanish amallarning energetik holati o‘zgarganda yuzaga keladi. Agar atomning ichki qobig‘idagi elektronlardan biri (K, L, M) tormozli rentgen nurlanishning elektroni yoki kvanti (h) tomonidan urib chiqarilgan bo‘lsa, u holda atom uyg‘ongan holatda o‘tadi. Qobiqda bo‘sh qolgan o‘rin yadrodan ancha uzoqdagi va katta energiyaga ega qobiqlardagi elektronlar bilan to‘ladi (4.2-rasm). Bunda atom normal holatga o‘tadi va energiyasi turli sohalarda energiyalar farqiga teng energiyali xarakteristik nuralinshli kvant chiqaradi: h = E2 E1 bu erda E1 - uyg‘onganda elektron uzilib chiqadigan sath; E2 – elektron bo‘shab qolgan joyga o‘tadigan sath. Bu nurlanish rentgenostruktur analizda foydalaniladi. Tormozli va xarakteristik nurlanish spektiriga misol 2.3-rasmda keltirilgan.


    2.2 - rasm. Rentgen nurlanish fotoni yutilishida fotoelektron va xarakteristik nurlanishning vujudga kelishi sxemasi


    2.3 - rasm. U =35kV da molibden anod uchun rentgen nurlanishning tutash (1) va chiziqli (2) spektrlari




    Download 3,83 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107




    Download 3,83 Mb.