• Payvandlash jarayonini kuzatish.
  • Zagotovkani va yig‘ishni nazorat qilish




    Download 3,83 Mb.
    bet7/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK
    0лппро, 9
    Zagotovkani va yig‘ishni nazorat qilish. Ezilgan joylar, chiziqlar, kuygan joylar, zanglangan joylar va sh.k. larni aniqlash (ularning yo‘qligini bilash) uchun payvandlangan materiallar tashqi ko‘zdan kechiriladi. Uchlarning payvandlashga tayyorgarlik sifati va zagotovkalarning yig‘ilishi tekshiriladi. Payvandlash uchun yig‘ilgan detallar (buyumlar) ning asosiy nazorat qilinadigan o‘lchamlariga uchlar orasidagi oraliq va uchlarning o‘tmaslashuvi kiradi – uchma uch birikmalar uchun uchlarni ajratmasdan: uchlar orasidagi oraliq (zazor) uchlarning o‘tmasligi va ajratish burchagi uchlari ajratilgan birikmalar uchun; ustma ust qo‘yish eni va listlar o‘rtasidagi oraliq ustma ust birikmalar uchun; list bilan uch orasidagi oraliq, payvandlanayotgan elementlar orasidagi burchak, shuningdek uchlarning o‘tmaslashishi va og‘ish burchagi tavrli birikmalar uchun; payvandlanayotgan elementlar o‘rtasidagi oraliq va ular orasidagi burchak burchakli birikmalar uchun. YUqorida ko‘rsatiligan parametrlarni o‘lchash va tekshirish uchun maxsus andozalar yoki universal asbob (1.1-rasm) qo‘llaniladi. Texnik shart yoki belgilangan texnologik jarayondan chetga chiqib payvandlashga yig‘ilgan detallar, uzellar yoki buyumlar brakka chiqariladi. Nazorat qilish vositalari, tartibi va metodikasi ishlab chiqarishning texnologik jarayonida ko‘zda tutiladi.

    1.1-rasm. Payvand birikmalarni yig‘ishni tekshirish uchun andoza:
    a – uchma uch ulash uchun; b – ustma ust qo‘yib ulash uchun.


    Payvandlash jarayonini kuzatish. Bu bosqichda payvandchi payvandlash tartibini (tok, kuchlanish, payvandlash tezligi va x.k.) va yoyning barqaror yonishini nazorat qilishdan tashqari ko‘p qatlamli choklarda valiklarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatadi.
    Bu bosqichda ayniqsa muhimi qatlamlar miqdori istalgancha bo‘lganda ham birinchi qatlamni sinchiklab ko‘zdan kechirishdir. Birinchi qatlamni payvandlash sifatini zarur bo‘lganda lupa yordamida baholanadi, ma’sul vazifani bajaruvchi konstruksiyalarning sifatini baholash uchun esa ba’zan kapillyar yoki magnit defektoskopiyasidan ham foydalaniladi.

    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zagotovkani va yig‘ishni nazorat qilish

    Download 3,83 Mb.