• Plyonka turi.
  • 3.3. Apparatura va materiallar
  • Payvandlash sifat nazorati




    Download 3,83 Mb.
    bet15/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK
    0лппро, 9
    Kuchaytiruvchi ekranlar. 2.14-rasmdan ko‘rinadiki, metall ekranlardan foydalanish manbai nazorat qilinayotgan materialning o‘zi hisoblangan ikkilamchi nurlanish ta’sirining kamayishi bilan shart qilingan sezgirlikning biroz oshishini ta’minlaydi. YOyilgan ikkilamchi nurlanish ob’ekt tasvirining aniqligini va kontrastligini kamaytiradi. Qo‘rg‘oshinga o‘xshash og‘ir elementlardan yoyiq nurlanish nisbatan uncha katta emas, ularga o‘ziga xos filtr vazifasini bajaradi, ayniqsa past energiyalarning birlamchi nurlanishlari uchun.

    2.11-rasm. Kuchaytiruvchi ekranlarning po‘latni  - nurlari bilan yoritishda Eu154 radiografik uslubning sezgirligiga ta’siri 1 - fluoressent ekranlar, 2 - ekransiz; 3 - metall ekranlar (qo‘rg‘oshin 0,1mm)
    Plyonka turi. Donasining o‘lchami va nurlanishga reaksiyasiga bog‘liq bo‘lgan plyonkaning turiga bog‘liq holda boshqa teng sharoitlarda (nurlanish energiyasi, materialning jinsi va qalinligi) radiografik nazoratning sezgirligi 0,5% (RT-5) dan 3% (RT-2) gacha o‘zgrishi mumkin. YAxshi sezgirlikni ta’minlovchi plyonkalar mayda donali tuzilishga va nurlanishga nisbatan kuchsiz reaksiyaga ega, ammo yoritish uchun ko‘proq vaqtni talab etadi.


    3.3. Apparatura va materiallar

    Rentgen va gamma nurlanishlarni olish hamda foydalanish uchun turli hil radiatsion texnik: rentgen apparatlari, gamma-apparatlar, chiziqli tezlatgichlar va betatronlar qo‘llaniladi.


    Rentgen apparatlari. Umumiy ko‘rinishda rentgen apparati himoya g‘ilofidagi rentgen trubkasidan, yuqori voltli generatordan va boshqarish pultidan iborat. YUqori voltli generator yuqori voltli transformator, trubkaning cho‘g‘lanma transformatori va to‘g‘irlagichdan iborat. Boshqarish pultiga odatda avtotransformator, kuchlanish va tok regulyatori, o‘lchov asboblari signal sistemasi va boshqarish sitemasi kiradi.
    Radiatsion defektoskopiya amaliyotida doimiy yuklanishli apparatlar va impulsli apparatlar qo‘laniladi (2.2-jadval). Doimiy (o‘zgarmas) yuklanishli apparatlar o‘z navbatida monobloklarga va kabel turidagi apparatlarga bo‘linadi.
    Rentgen trubkasi va yuqorivoltli transformatori bo‘lgan apparatlar-monobloklar moy quyilgan yoki gaz to‘ldirilgan yagona blok-transformatorlarga montaj qilingan. Bunday apparatlarga asosiy talablar minimal gabarit o‘lchamlar va massa.


    2.2-jadval

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




    Download 3,83 Mb.