Toshkent 2022 O‘quv amaliyoti mundarijasi




Download 41,49 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2024
Hajmi41,49 Kb.
#142481
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdulaziz Amaliyot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Amaliy ish

Bajardi: Samigjonov Abdulaziz


Tekshirdi: Xamroyev Gulnoza


Toshkent 2022
O‘QUV AMALIYOTI MUNDARIJASI:
Bajariladigan ishlar tartibi
1. Ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogning innovatsion faoliyati.
2. Baloniya kelishuvi va Yevropa oliy ta’lim tizimi (germaniya fransiya shvetsariya
3. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etishning dolzarbligi (Moodle, LMS, Smart ta'lim, E-learning)
4. Dasturlash tushunchasi. Dasturlash turi asosiy dasturlash bo'limlari
5. Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini o'qitish metodikasi.
6. Zamonaviy dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari.
7. Elektron ta’lim resusrslari ishlab chiqish. Asosiy yondashuvlar va vositalar.
8. Elektron ta’lim resusrslarini ishlab chiqishda dizayin -ergonomikasi. Qoidalar va talablar.
9. Elektron ta’lim resusrslari interfeysini ishlab chiqish. Talablar va tamoyillar.
10. Elektron ta’lim resusrslari ishlab chiqish. Asosiy yondashuvlar va vositalar.
11. Elektron ta’lim resusrslarini ishlab chiqishda dizayin -ergonomikasi. Qoidalar va talablar.
12. Elektron ta’lim resusrslari interfeysini ishlab chiqish. Talablar va tamoyillar.


Mavzu: Ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogning innovatsion faoliyati.

Maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.


Bunda innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu boʻyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgani muhimdir.


Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.

Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʻzining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʻyicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi esa soʻzsiz va izchil taʼminlanyapti.


Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. Oʻzbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʻlgan ilgʻor usullarni qoʻllash,shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Xulosa qilib aytganda, pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.

Boʻlgʻusi oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.


O‘qituvchining innovatsion faoliyati masalasi pedagogika fanining o‘ta
muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu- zamoniy ta’lim sharoitda
innovatsion hisoblanadigan mazmun, texnologiyalar, yondashuvlar majmuidan
iborat bo‘lib, o‘qituvchi o‘z innovatsion faoliyatini isbotlash (asoslash),
tasvirlab berish (tasavvur qilish) bilan bir qatorda yakuniy natijalarni
kafolatlashni nazarda tutadi. Garchi innovatsiya–bu dalilning qayd qilishning
o‘zidangina iborat emas, balki pedagog ishidagi innovatsiya orqali echilishi
lozim bo‘lgan muammo mazmuni, maqsadi, amalga oshirish muddatining qayd
qilinishi va natijalar diagnostikasidan iborat bir butun tizimdir.
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni qo‘llanilishiga ko‘ra shartli ravishda
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
-umumiy (zamonaviy ta’limning global konsepsiyalari: o‘quv tarbiya
jarayonini optimallashtirish, insonparvarlik va amaliy texnologiyalar, pedagogik
jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish sohasida, axborot texnologiyalari);
-alohida (zamonaviy ta’lim paradigmasi sharoitida yaratilgan va
bevosita ta’lim tizimida qo‘llaniladigan mualliflik yangiliklari).



Download 41,49 Kb.
  1   2   3   4




Download 41,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent 2022 O‘quv amaliyoti mundarijasi

Download 41,49 Kb.